Abdurashidova k toshkent-2021 mundarija kirish


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə2/15
tarix02.01.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#42696
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
praktika hisobot

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………..……………………27

KIRISH

Hozirgi kunda yurtimizda axborotlashtirish sohasida yaratilgan qonunchilik bazasi jamiyatimizning barcha jabhalari qatori bank tizimiga ham kompyuter va axborot texnologiyalarini keng joriy etish imkonini berdi. Bank tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarining joriy etilishi mijozlarga bank xizmatining yangi turlarini ko‘rsatish, xizmatlar samaradorligi va mijozlarning bankka bo‘lgan ishonchini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Bank ishining asosiy yoʻnalishlari deposit (omonat) qabul qilish, kreditlarberish va mijozlarga kredit-hisob xizmati koʻrsatishni amalga oshirish hisoblanadi. Bank qimmatbaho qogʻozlarni saqlash, saqlashga oʻtkazilgan qimmatbaho qogʻozlarni joriy boshqarish, birja topshiriqlarini bajarish, seyflarni ijaraga berish kabi pulli xizmatlar ham koʻrsatadi. Turli iqtisodiy xizmatlarni amalga oshiruviga koʻra hozirgi vaqtda bankning quyidagi asosiy turlari faoliyat koʻrsatadi: markaziy (emissiya) banki va tijorat banki.

Mamlakatimiz bank tizimida mijozlarga pul jo‘natmalarining elektron to‘lovlar tizimidan foydalangan holda qisqa vaqt ichida amalga oshirish imkoni yaratilgan. Shuningdek, bank mijozlariga mobil aloqa vositalari va internet tarmog‘i orqali interaktiv xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga, banklar tomonidan statistik ma’lumotlarni qayta ishlash, elektron hujjat aylanishi, xususan, elektron raqamli imzo texnologiyalari qo‘llanib kelinmoqda.

Tadbirda AKT asosida bank xizmatining yangi turlarini kengaytirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga oid qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish, bank amaliyotiga ilg‘or texnologiyalarni faollik bilan kiritishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, zamonaviy xizmat turlarini kengaytirish orqali banklarning investitsiya faolligini kuchaytirish yuzasidan atroflicha fikr yuritildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda mazkur palata deputatlari, Markaziy bank, tijorat banklari va axborot texnologiyalari sohasi vakillari, mutaxassislar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi A.Jo‘raboyev boshqargan anjumanda bank xizmatining yangi turlarini joriy etish, aholi va xo‘jalik subyektlarining bo‘sh mablag‘larini banklarning depozitlariga jalb qilishni ko‘paytirish, mamlakat iqtisodiyotiga kiritiladigan uzoq muddatli kredit qo‘yilmalari ulushini ichki manbalar hisobidan oshirish uchun mustahkam asos yaratish ustuvor vazifalardan ekani ta’kidlandi.


Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin