Abdurauf Abdurahmon oʻgʻli Fitrat



Yüklə 163,27 Kb.
səhifə6/6
tarix26.09.2023
ölçüsü163,27 Kb.
#148843
1   2   3   4   5   6
Fitrat

Tarixshunoslik[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bundan tashqari Fitrat tarixshunoslik va sharqshunoslik sohalariga oid fors tilida maqola va risolalar ham yozdi, „Amir Olimxonning hukmronlik davri“ (1930) shular jumlasidandir. 1921-yilda B.Soliyev va B. S. Sergeyev bilan birgalikda Buxoro amiriga qarashli nodir qoʻlyozmalar, vaqf hujjatlarini yigʻish, ularga tartib va tavsif berish ishlarida ishtirok etdi. B. S. Sergeyev bilan birgalikda V. L. Vyatkin arxivida saqlangan qozilarga oid hujjatlarni oʻrganib, rus tilida “Казыйские документы XVI века” (1937) nomli kitobni nashr ettirdi.
Musiqa sanʼati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Fitratning sanʼatshunoslikka oid xizmatlari ham tahsinga sazovordir. U 1921-yil Buxoroda Sharq musiqasi maktabini tashkil etib, bu maktabning birinchi direktori lavozimida ishlaydi. Maktabga mumtoz musiqa bilimdonlari (sozanda, xonandalar) bilan birga Viktor Uspenskiy singari musiqashunoslarni ham taklif etdi. U shu vaqtdan boshlab „Shashmaqom“ kuylarini toʻplash va notaga yozib olish ishlariga rahbarlik qildi. Fitratning tashabbusi bilan ota Jalol va ota Gʻiyosdan Buxoro Shashmaqomi V. Uspenskiy tomonidan ilk bora notaga olinib, nashr etildi. Fitrat „Shashmaqom“, „Oʻzbek musiqasi toʻgʻrisida“ maqolalari va „Oʻzbek klassik musiqasi ham uning tarixi“ (1927) risolasi bilan XX asr oʻzbek musiqashunoslik fanini boshlab berdi.
SSSR Oliy Sudi tomonidan Fitratga oʻlim jazosini berish toʻgʻrisida chiqarilgan qaror, 1938-yil 5-oktabrda imzolangan
Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Fitratning otasi Abdurahimboy savdogar va sarrof boʻlgan. Onasining ismi Bibijon (toʻla nomi Nastarbibi, ayrim manbalarda Mustafbibi) boʻlgan. Onasi 1866-yilda tugʻilgan. Oʻgʻli Abdurauf hibsga olingan vaqtda yaʼni 1937-yilda u hayot boʻlgan. Oilada Abduraufdan tashqari yana ikki farzand boʻlgan: ukasi Abdurahmon va singlisi. Singlisi Mahbuba Rahim qizi nomi bilan sheʼrlar yozgan, 1920-yillarning faol ayollaridan boʻlgan. Ukasi Abdurahmon 1910-yillarda Kogon bosmaxonasida harf teruvchi boʻlib ishlagan. Fitrat uch marta uylangan. Birinchi xotinidan ajrashgan. Ikkinchi xotini vafot etgan. Uchinchi marta Buxorodagi Burhonovlar sulolasidan Fotima Burhonova (Mutal Burhonovning opasi)ga uylanadi[8].
Qatagʻon qilinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
20-yillarning 2-yarmidan boshlab vaziyat o‘zgaradi. Sovet davlati mustahkam oʻrnashib borgan sari erkin fikrlashlar kamayib bordi. Ziyolilarni, ayniqsa jadidlarni qoralash boshlandi. Har qanday hodisaga sinfiy-partiyaviy yondashish nuqtayi nazari paydo boʻldi. 1929-yili „Qizil O‘zbekiston“ roʻznomasining 3-sonida (13-, 14-, 15-may) J.Boybo‘latov qalamiga mansub „O‘zbek adabiyotida chig‘atoychilik“ nomli maqola nashr etilgan. Maqola Fitratning „O‘zbek adabiyoti namunalari“ asariga tanqidiy ruhda yozilgan. Yaʼni Fitrat marksizmni inkor qilishda, o‘tmishni ideallashtirishda, burjua millatchiligi g‘oyalari tashviqotida ayblanadi. Maqola muallifi boʻlgan Fitrat va kitobga so‘zboshi yozgan Otajon Hoshim matbuotda qarshi javob raddiya bilan chiqadilar. 1930-yildan esa unga siyosiy ayblovlar qo‘yila boshlandi. Yozgan bir qancha ishlari uning „aksilsho‘roviy“ faoliyatiga „ashyoviy dalil“ sifatida tilga olindi. „Sharq haqiqati“ roʻznomasining 1930-yilgi 180-, 182-, 183-sonlarida J.Boybo‘latovning „O‘zbeklarning adabiy merosi“ bayrog‘i ostidagi panturkizm" sarlavhali maqolasi bosildi. J.Boybo‘latov yana Fitratning iziga tushdi. 1923-yildagi „ayb“larini qo‘zg‘adi, sudga tortilmay qolganini eslatdi, shoirni „sinfiy dushman“ deb eʼlon qildi. „O‘zbeklarning adabiy merosi“ asarini „Qur’on“ni nashr qilish proletariat ishiga qanchalik xiyonat bo‘lsa, mazkur „O‘zbek adabiyoti namunalarining chop etilishi ham shunchalik jinoyatdir“, degan xulosa chiqardi. Ushbu maqolaning ruscha tarjimadagi bir nusxasi keyinchalik Fitratni ayblovchi hujjat sifatida uning „Jinoiy ishi“ga ilova qilingan. Matbuotdagi ayblovlarga qaramasdan F.Xo‘jayev 1923-yildagi singari doʻstini yana bir marta saqlab qoldi. 1937-yilning 24-apreliga kelib Abdurauf Fitrat O‘zbekiston prokurorining ko‘rsatmasi bilan Davlat Xavfsizligi Boshqarmasi toʻrtinchi bo‘limining boshlig‘i Davlat Xavfsizligi leytenanti Og‘abekov tomonidan hibsga olindi[9].
Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Fitrat ilgʻor demokratik gʻoya va fikrlari uchun koʻpchilik jadidlar qatorida shakkoklik va isyonkorlikda ayblandi. Chor maʼmurlari esa uni mustamlakachilikka qarshi turganlikda aybladilar, kommunistik mafkura humron boʻlgan shoʻrolar davrida esa, millatchilikda, panturkizm gʻoyasi tarafdori, „xalq dushmani“ degan tuhmatlar bilan aybladilar. Professor H.Yoqubovning hikoya qilishicha, Fitratni 1937-yilgacha uning doʻsti Fayzulla Xoʻjayev oʻz himoyasiga olib kelgan. 1937-yilda koʻpchilik qatori Fitrat ham NKVD tomonidan qamoqqa olingan. Iosif Stalinning 1938-yil 28-martdagi „Otuvga eʼlon qilinganlar roʻyxati“ga tushgan.
Abdurauf Abdurahim oʻgʻli Fitrat 1938-yil 4-oktabr kuni Toshkent shahrining hozirgi Yunusobod tumani Boʻzsuv qirgʻogʻidagi qatlgohda otib oʻldirildi[10]. Uni oʻlimga mahkum qilish haqidagi sud qarori bir kundan keyin yaʼni 1938-yilning 5-oktabrida imzolandi.
Fitrat 110 yillik yubileyi sharafiga chiqarilgan pochta markasi.
1963-yil Iosif Stalin vafotidan soʻng Fitrat nomi oqlandi.
Xotira[tahrir | manbasini tahrirlash]
1991-yil 25-sentabrda Abdurauf Fitratga oʻzbek dramaturgiyasini rivojlantirishdagi, realistik adabiy tanqidchilik hamda adabiyotshunoslik maktabiga asos solishdagi xizmatlari uchun Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti berildi. Mustaqillik ordeni berildi. Toshkent va Buxoroda Fitrat nomidagi koʻchalar, maktablar ochildi. Buxoro shahrida Fitrat bogʻi va uy-muzeyi tashkil qilindi (1996)[11]Buxoro shahrida Fitrat haykali oʻrnatildi. 1996-yilda Abdurauf Fitrat tavalludining 110-yilligi mamlakat miqyosida nishonlandi, „Oʻzbekiston pochtasi“ tomonidan Fitratga bagʻishlangan pochta markalari chiqarildi.

Nashr qilingan asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]



  • Fitrat. Sheʼrlar. „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“, 1987-yil 11-dekabr.

  • Fitrat. Sheʼrlar. „Sharq yulduzi“, 1991, 6-son.

  • Fitrat. Hind ixtilolchilari. „Sharq yulduzi“, 1990, 4-son.

  • Fitrat. Turkistonda ruslar. „Sharq yulduzi“, 1992.

  • Fitrat. Oʻzbek klassik musiqasi tarixi. T.: „Fan“, 1993.

  • Fitrat. Tanlangan asarlar, Ikki jildlik. T.: „Maʼnaviyat“, 2001.

  • Fitrat. Chin sevish. T.: „Adabiyot va sanʼat“, 1996.

  • Fitrat. Najot yoʻli. T.: „Sharq“, 2002.

Yüklə 163,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin