ABDURAUF FITRAT ASARLARIDA MUSTAQILLIK MAVZUSI MUNDARIJA: KIRISH……………………………………………………………………..2 I BOB. ABDURAUF FITRAT ASARLARINING PEDAGOGIKANING O’ZIGA HOSLIGI…………………………………………………….....……….4 Abdurauf Fitrat asarlarining ilmiy pedagogik tavsifi…………..……..4
Abdurauf Fitrat asarlarida ta’lim-tarbiya masalalarining o’rni ……...13
II BOB. ABDURAUF FITRAT ASARLARIDA MUSTAQILLIK MAVZUSI ……………………………………………………………….………23 2.1. Abdurauf Fitrat asarlarida bolada mustaqillik tushunchasini
Shakllantirish……………………………………………………….………23
2.2. Abdurauf Fitrat asarlarida ijtimoiy masalalarni ochiqlanganligini pedagogik ahamiyati……………………………………………………….……..26
XULOSA ……………………………………………………………….….28 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI………………… 30
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng mamlakat hayotining barcha jabhalarida tub o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ibratlidir. Aslida ham kelajakni ana yoshlar yaratadi. Davlatimiz rahbarining birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XVI sessiyasidagi nutqida “Erkin fuqarolik ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir. Boshqacha aytganda biz o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan atrofi, atrofda sodir bo’layotgan voqyea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlari bilan uyg’un holda ko’radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak.
Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, hayotimizning boshqa sohalaridagi ahvol, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samaradorligi avvalo xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o’rganilishi, an’analarimizning saqlanishi madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy bog’liqdir”, - deb aytdi.
Respublikamiz hukumati tomonidan mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, jismonan sog’lom, ma’nan yetuk shaxs yaratishga e’tibor berila boshlandi. Bu boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik dasturlar, rejalar ishlab chiqildi.
Prezidentimiz ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida jamiyatimizda ma’naviyat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga to’xtalib, “Eng asosiy vazifamiz – milliy qadriyatlarimizni tiklash, o’zligimizni anglash, milliy g’oya va mafkurani shakllantirishning, muqaddas dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o’rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlangan orzu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko’tarish va ta’sirchanlikni kuchaytirishdir”, - deb ta’kidlagan. Ma’naviyat – uzluksiz da’vom etadigan jarayon. Ma’naviyat yuksak shaxslar yurtini tanitadi. Shaxsning esa uning ma’naviy qiyofasi tanitadi. Ma’naviyat tarbiyadan boshlanadi. Ta’lim-tarbiyasiz ma’naviyatning bo’lmasligi ko’pchilikka ayon haqiqatdir. Milliy pedagogikamizning asoschilaridan biri Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir!”, - degan so’zlari fikrimizga dalil bo’ladi.
Alloma Fitrat ham ma’rifatchilik yo‘lidan borib, Turkiston maorifini yuksaltirish va uni millat ehtiyojiga xizmat qildirish uchun kurashadi. O‘lkadagi mavjud eski maktab va madrasalarni, ulardagi o‘qitish usullarini isloh qilishni talab qiladi. Jadid ziyolilari bilan birgaliqda yangi usul maktablarni tashkil etishda, ularda ta’lim-tarbiya berishda ishtirok etadi. Adib yangi maktablar va boshqa ta’lim muassasalari uchun darslik va qo‘llanmalar yozadi. U o‘zbek tili qoidalarini ishlab chiqish va adabiyot tarixini yaratishga, Turkiston matbuoti, dramaturgiyasi, teatr va musiqa san’ati rivojiga munosib hissasini qo‘shadi.