Abdurauf fitrat asarlarida mustaqillik mavzusi


II BOB. ABDURAUF FITRAT ASARLARIDA MUSTAQILLIK MAVZUSI



Yüklə 71,44 Kb.
səhifə4/6
tarix21.10.2023
ölçüsü71,44 Kb.
#158758
1   2   3   4   5   6
ABDURAUF FITRAT ASARLARIDA MUSTAQILLIK MAVZUSI

II BOB. ABDURAUF FITRAT ASARLARIDA MUSTAQILLIK MAVZUSI
2.1. Abdurauf Fitrat asarlarida bolada mustaqillik tushunchasini
Shakllantirish
Fitrat o‘zining Turkiston maorifini rivojlantirish va uni millat extiyojiga xizmat qildirish sohasidagi ma’rifatchilik faoliyatini quyidagi yo‘nalishlarda olib bordi:

  • o‘z asarlarida ma’rifatni targ‘ib etish va xalqni ma’rifatga chorlash;

  • yangi usul maktablar tashkil etidi va ularda ta’lim-tarbiya berishda ishtirok qilish, ular uchun darsliklar yozish;

  • gazeta va jurnallar chiqarish, matbuot organlari orqali ma’rifat tarqatish;

  • teatr truppalari tashkil etish orqali ma’rifat va madaniyat tarqatish, truppalarga dramalar yozish;

  • chet ellarga talabalar yuborib, mahalliy mutaxassislar tayyorlanishiga rahbarlik kilish;

  • o‘tmish adabiy va badaniy merosni to‘plash, tahlil va targ‘ib etish;

  • ko‘plab olimlar va muallimlarga ustozlik kilish;

  • xalqni ma’rifatli qilishda o‘qituvchining rolini ko‘rsatish, o‘qituvchilik kasbini ulug‘lash.

Fitrat o‘zining ilmiy va badiiy ijod sohasidagi dastlabki qadamlarini ma’rifat izlash va xalqni ma’rifalta da’vat etishdan boshlaydi. Barcha ilg‘or jadidlar kabi xalqni ilmli, ma’rifatli qilib, hayotni, jamiyatni yangilashga intiladi.
Adib o‘zining "Munozara" va "Xind sayyohi qissasi" kabi dastlabki publitsistik asarlarida ma’rifatning inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotidagi, shuningdek madaniyat rivojidagi hayotbaxsh roliga katta ahamiyat beradi.

Buxoroda ilm-fan, o‘qish va o‘qitishning zamonaviy asosda yo‘lga qo‘yilishini, sog’lom va faniy asoslarga ega bo‘lishini marifatli hayot uchun kurashda eng qudratli qurol deb biladi.
Lekin amirliqda ilm-fan, o‘qitish va o‘qish sohasida qoloqlik hukm surayotganligi, o‘quv usullarining eskirganligi sababli xalqqa haqiqiy ma’rifat tarqatish ancha mushkul ish edi. Shuning uchun ma’rifatparvar Fitrat o‘sha davr maktabi va o‘qitish usullarini tubdan isloh qilish talablari bilan chiqadi.
Ilm-fan va madaniyat sohasida xalqimizning orqada qolish sabablarini ham ko‘rsatib berishga harakat kiladi. Adibning fikricha, buning birinchi sababi maktablarda dunyoviy fanlarning o‘qitilmasligi va diniy aqidalarning buzib talkin etilishidadir. Fitrat din hech qachon xalqni nodonlikka chaqirmagan, lekin hukmron tabaqalar din talablarini buzib ko‘rsatib, xalqni dunyoviy bilim olishdan chalg’itib kelgan, - degan xulosani chiqardi. U dunyoviy fanlarga qarshi bo‘lgan mutaassib ruhoniylarni qoralaydi, ularni tafsir, kalomi sharif, payg‘ambar hadislarini yaxshi tushunmagan kishilar deb biladi. O‘zining asarlarida ilmga da’vat qiluvchi hadislardan ko‘plab keltiradi. Masalan, "Ilm agar Chinda bo‘lsa ham uni tilab o‘qingiz", "Bilmaganlar bilganlarga tenglasha olmaydilar" va boshqalar.
Ikkinchi sabab, turli fan va ilmga doir nodir asarlarimizning ayrim hukmdorlar qo‘liga tushib qolib, bu hukmdorlar nodir asarlarning qadriga etmaganliklari oqibatida yo‘qolib ketgan yoki g‘arb sayyoh va savdogarlariga arzon-garovga sotib yuborilganligida deb biladi.
Fitrat qoloqlikning asosiy sabablaridan yana birini mustamlakachilik siyosati ekanligani aytib o‘tadi. Mustamlaka holiga tushishimizga esa mamlakatdagi boylik va saltanat uchun o‘zaro janjallar, turli tabaqalar o‘rtasida hamkorlikning yo‘qligi sabab bo‘lgan deb hisoblaydi.
1921 yil 10 avgustda hukumatning farmoni bilan Buxoroda ochilgan Sharq musiqa maktabining tashabbuskori ham Fitrat bo‘lib, u maktabga o‘z hovlisini hadya etadi.
Alloma Fitrat 1921 yili Buxoroda F.Xo‘jaev tashabbusi bilan tashkil etilgan ilmiy jamiyat ishlarida ham faol qatnashadi. Bu jamiyat nodir kitoblarni to‘plash ishi bilan shugullanardi. Jamiyat harakati tufayli Buxorodaga eng boy kugubxona - amir kutubxonasining bir qismi, Buxoro qozikaloni Sharifjon Mahdumning 300 tomlik kutubxonasi va amir Abdulahadning ukasi taxt vorisligiga da’vogar Siddiqjon (taxallusi Xashmat) ning to‘plagan kitoblari davlat mulkiga aylantiriladi.
Fitrat mumtoz adabiyotni e’zozlash, o‘rganish bilan birga ularni kelajak avlodlarga ham etkazishga harakat qiladi. Professor N.Karimov "Kutadgu bilig"ninhg topilishi" risolasida asarning Namangan nusxasi topilishida Fitratning roli haqida ayrim lavhalar keltiradi. Asar qo‘lyozmasining Respublika kitob jamgarmalaridan biriga sotilishi, uning ilmiy o‘rganilishi va dunyo yuzini ko‘rishi ham Fitrat nomi bilan bogliq. Adib noyob qo‘lyozmalarni chet el valyutasiga sotib yuborishga qarshi chiqadi.
1934 yil O‘zbekiston fanlar komiteti qoshida tuzilgan mustaqil ilmiy- tadqiqot institutlariga aylangan ilmiy muassasalarda taniqli olimlar Og’ajon Hoshim, G‘ozi Yunusovlar bilan birga yosh adabiyotshunos va tilshunos olimlarga o‘zbek tili adabiyoti tarixi va fors tilidan dars beradi.
Ma’rifatparvar Fitrat xalqni nodonlikdan, yurtni qashshoqlik, zulm va asoratdan kutqazishda o‘qituvchining o‘rni juda katta ekanligini tushunadi.
Xalqqa madaniyat va ma’rifat tarqatishning ahamiyati katta ekanligini tushunadi. Xalqqa madaniyat va ma’rifat tarqatish sohasida ham asosiy hal qiluvchi kuch o‘qituvchi deb biladi. U xalqqa to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadigan, yorug‘ yo‘llarga boshlaydigan, g‘aflat uyqusidan uygotadigan, uning ongini ochadigan ham o‘qituvchi ekanligin aytib, o‘z she’rlarida o‘qituvchini tarannum etadi. O‘qituvchi o‘z ilmi bilan, ma’rifat nuri bilan butun Turkistonni ham bu og‘ir kunlardan chiqarib, yorug kunlarga etkazib borishiga ishonadi. Fitrat o‘qituvchini "ma’rifat arsloni", deb ulug’laydi. "O‘qituvchilar yurtiga" she’rida o‘qituvchi va ilmni dunyoni o‘zgartiruvchi kuch sifatida ta’riflaydi.
SHunday qilib, ma’rifatparvar Fitrat o‘z faoliyati davomida xalqni ma’rifatli qilish, nodonlikdan qutqarish, madaniyat tarqatish va shu orqali mamlakatni yuksaltirish uchun intildi. U dastlabki asarlaridayoq ma’rifatning jamiyat rivojidagi ahamiyatini ko‘rsatish bilan birga xalqni ma’rifatga da’vat etdi.
Olim turli o‘quv yurtlarida ishlab, ko‘plab mutaxassislar tayyorylash ishida faol ishtirok etadi. Turkistonning madaniy va ma’naviy yuksalishi uchun tinmay kurashadi.

Yüklə 71,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin