Abdurauf fitrat


Turma - yugur, tinma - tirish, bukilma - yuksal



Yüklə 11,62 Kb.
səhifə5/5
tarix28.01.2023
ölçüsü11,62 Kb.
#81336
1   2   3   4   5
Xx asr boshidagi o‘zbek milliy uyg‘onish davri adabiyotining yet-fayllar.org

Turma - yugur, tinma - tirish, bukilma - yuksal,

Hurkma - kirish, qo‘rqma - yopish, yo‘rilma - qo‘zg‘al!

Yel yo‘lini to‘sib turgan eski bulutlarni

Yondirib qo‘y, yirtib tashla, barchasin yo‘q et.

Qilolmasang shu ishlarni,

Sening uchun xo‘rlikdir bu...

Yiqil, yo‘qol, ket!

«GO‘ZALIM, BEVAFO GULISTONIM...»

Go‘zalim, bevafo gulistonim,

Bog‘i umrimda toza rayhonim,

G‘am-u qayg‘ularim hujumindan

Sen eding mehribon nigahbonim.

 

Meni behuda tashlading-ketding,

Nega o‘ldirmading-da, tark etding.

Kel, gulim, kel, ayoqingg‘a yiqilay,

Bir zamon qo‘y: to‘lib-toshib yig‘lay.

Qo‘y, biroz qo‘yki, xoki poyingni

Surmadek yoshli ko‘zuma suray…

She’r tarixi haqida Mutal Burxonov (bastakor) xotiralari:


  • “Bu she’r opam Fotima Burhonovaga atalgan. YUqorida aytganimday, amakilarim jpamni Fitratga 1928 yili berishgan ekan. Bu paytda Fitrat 42 yoshda bo‘lib, ikki marta o‘ylanishga ulgurgan edi. Ammo nima sababdandir bir xotini bilan murosasi kelishmagan, ikkinchi xotini esa vafot etgan. Fotima opam bilan Fitrat uch yil shirin turmush kechirishgan, keyin ajralishgan.

  • Bu Fitrat uchun juda og‘ir zarba bo‘ladi. U ancha vaqtgacha o‘ziga kelolmay yuradi va yuragidagi bor dardini qog‘ozga to‘kib soladi. Shu tarzda «Nega tark etding meni?» degan she’riy maktub dunyoga keladi. Opam bu maktubni umrining oxiriga qadar ko‘z qorachig‘iday avaylab saqlagan. Men u kishining vafotlaridan so‘ng, qog‘ozlarini ko‘zdan kechirayotib, maktubni topib oldim va undan nusxa ko‘chirdim… va e’lon qildim…

BILIMINGIZNI SINANG!


  • 1. “U zamonasining o’ziga to’q, o’qimishli, dunyo ko’rgan kishilaridan edi. Uning tirikchiligi sarroflik va savdogarlik bilan kechgan”. Gap kim haqida ketyapti?–

  • 2. Fitratning onasini ismi?

  • 3. 1904-1907-yillar oralig’ida Fitrat qayerlarga bordi?

  • 4. Fitratning 1911-1912-yillarda qaysi forsiy she’rlar to’plami va nasriy asari bosilib chiqqan?

  • 5. Fitratning birinchi yirik asari qaysi va u qachon qayerda chop etilgan?

  • 6. Fitrat qayerlarda yangi usuldagi jadid maktablarini ochadi?

  • 7. Fitrat qachon va qayerda Cho’lpon bilan ilk bor uchrashdi?

  • 8. Yangi davr o’zbek madaniyati gumanitar soha fanlarining shakllanishida buyuk rol o’ynagan jamiyat?

  • 9. Fitrat Moskvaning qaysi universitetida ma’ruzalar o’qiydi, professorlik unvoniga ega bo’ladi?

  • 10. Fitrat qanday mukofot va orden bilan taqdirlangan?

  • 11. “Mirrix yulduziga” she’ri qachon yozilgan?

  • 12. “Yigit omon bo’lsa, Xavf-u xatar yo’q...” misralari kimga tegishli?

http://fayllar.org



Yüklə 11,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin