ABDURAUF FITRATNING “OILA” ASARIDAGI MA’NAVIY-AXLOQIY QARASHLARI
Saidova Parvina Mirzo qizi
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘qituvchisi
parimirzaevnadtpi@gmail.com
Saparova Shalola Sheraliyevna
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi
saparovashalola@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu maqolada ma’naviy tarbiyaning Abdurauf Fitratning “Oila” asaridagi
pedagogik qarashlari mazmuni, ota-ananing haq-huquqlari, farzand tarbiyasi,er-xotin va farzandlarning o’zaro munosabati oilaning jamiyatdagi o’rni, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning insonlar komilligiga ta’siri xususida so’z yurutilgan.
Kalit so’zlar: tarbiya, ta’lim, axloq, ma’naviy tarbiya, saodat,
oilani boshqarish, ma’naviy-axloqiy ong, yoshlarning tarbiyasi, ma’naviy-axloqiy sfatlarni shakllantirish,
, maʼnaviy qiyofa, diyonat,
tanqidiy ruh,
Kirish. O‘zbekistonda yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda ilmiy-texnologik isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlar uni bugungi kun ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan tayanch kompetensiyalar, fazilatlar asosida shakllantirishni talab etmoqda. Tarbiyaga yangicha,
tizimli yondashuv, bolada tayanch fazilatlarni kafolatli shakllantirishda oila, maktabgacha ta’lim, umumiy ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari, mahallalarning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini to‘liq yuzaga chiqarishni va ular orasida ilmiy-metodik uzviylikni yangi darajaga ko‘tarishni
taqozo etadi1. Abdurauf Fitratning axloqiy qarashlari, milliy o‘zlikni anglash haqidagi g‘oyalari insonni keng mushohadaga chorlaydi. Allomaning bunday qarashlari, asosan, o‘zining “Oila yoki oila boshqarish tartiblari” nomli asarida berilgan. Ushbu asar 1914 yilda yozilgan. “Oila” asari o‘sha davrdagi oilaviy munosabatlarni to`g`ri yo`lga solish hamda go`zal insoniy fazilatlarni oiladan boshlab shakllantirish xususidagi g`oyalarni o‘zida mujassamlashtirgan asar hisoblanadi. U o‘zgacha bir shiddatli uslubda yozilgan. Sababi, o‘sha davrdagi tuzum shunday buyuk asarlarga ehtiyoj sezgandi. “Oila” asarida ham xuddi
shunday tanqidiy ruh hamda
1O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1059-son Qarori 1-ilovasi. // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2020 y., 09/20/1059/4265-son
352
da’vat ruhi kuchlidir. Fitrat ona Turkistonni ozod ko‘rishni istaydi, buning uchun har bir turkistonlik oila, axloq, tarbiya va erk o‘chog‘i bo‘lishi lozimligini anglaydi. Mutafakkir yangi oilani ana shu tartibda qurishga da’vat etadi. Har jihatdan sog‘lom bo‘lgan oila yetishtirgan farzandlargina millatni yuksakka ko‘tara olishini, uni istibdoddan qutqarishini aytadi: “Bu dunyo kurash maydonidir. Bu maydonning quroli sog‘lom jismu tan, aql va axloqdir. Lekin ana shu qurol-aslahamiz sinib, zang bosib chirib ketgan. Shunday qurollar bilan bu dunyoda bizga na saodat va na rohat bor…”,