Diskontlangan qiymat – joriy qiymat va diskontlash koeffitsiyentini qo’llash orqali aniqlangan pul mablag’larining kelgusidagi tushu-mining miqdorini hisoblash.
Diskontlangan xarajatlar – joriy vaqtdagi diskontlash koeffitsiyenti orqali aniqlangan kapital quyilmalar bo’yicha taxmin qilinadigan xarajatlar.
Zararsizlik nuqtasi (tenglik nuqtasi) – xo’jalik yurituvchi subyektning nol darajadagi moliyaviy natijaga erishishini aks ettiradigan ishbilarmonlik faoliyati. Ushbu holatda sarflangan jami xarajatlar olingan daromadlar bilan qoplanib hech qanday foyda ham olinmaydi, zarar ham ko’rilmaydi.
Zararsizlikning tahlili – subyekt faoliyatining zararsizlik nuqtasini aniqlashga yordam beruvchi qisqa muddat ichida olinadigan daromad, xarajatlar va foydalarning o’zaro qaramligiga asoslangan tahlil.
Zahiralarni asrash uchun sarflangan xarajatlar – tovar moddiy zaxiralarni sotib olish va ularni saqlash bilan bog’liq xarajatlar.
Zaxiralarni baholash – tugallanmagan ishlab chiqarish, ombordagi tayyor mahsulot va ТMZ tannarxini hisoblash.
Zaxiralarga bo’lgan xarajatlar – tovar moddiy zaxiralarni so-tib olish, saqlash va ularning tabiiy kamayishi bilan bog’liq xarajat, sarf va zararlarning yig’indisi.
Zaxira sig’imisiz xarajatlar – tijorat, sotish va ma’muriy boshqaruv xarajatlari. Ushbu xarajatlar ТMZ bevosita ta’sir qilmaydi va ishlab chiqarish tannarxini kalkulatsiya qilishda qatnashmaydi ya’ni mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga qo’shilmaydi.
Iqtisodiy samara –ushbu natijalarga erishish uchun ishlab chi-qarishdagi natijalar va xarajatlarning taqqoslanishi.
Inkroment xarajatlar va daromadlar – qo’shimcha mahsulot guruhini ishlab chiqarish holatlarida ruyobga chiqadigan qo’shimcha xarajatlar va daromadlar .
Ishbilarmonlik faoliyatining segmenti – subyektning ayrim faoliyat turi, mahsulot turi bo’limi, bozor manzili va hokazo.
Ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya qilish usuli – ishlab chiqarilgan mahsulot yoki uning birligini tannarxini aniqlashni ta’minlaydigan sarflangan xarajatlarni hujjatlashtirish va aks ettirish usullarining yig’indisi. Хarajat obyektlari bo’yicha – jarayonlar, ishlov berish va buyurtma usullariga, xarajatlarni hisobga olishning to’liqligi bo’yicha – to’liq va to’liq bo’lmagan tannarxni kalkulatsiya qilish va tezkorligi bo’yicha – haqiqiy.