O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va



Yüklə 345,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix16.12.2023
ölçüsü345,78 Kb.
#182906
  1   2
ilovepdf merged



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA 
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON 
MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI 
“PSIXOLOGIYA” fakulteti 
“IQTISODIYOT VA TURIZM” kafedrasi 
“IQTISODIYOT ” yo`nalishi
“BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT”
FANIDAN 
MUSTAQIL ISH 
Mavzu: 
BAJARDI: ILASHEV A. 
QABUL QILDI: XUDOYOROV R.
Jizzax_2023 


MAVZU: INVESTITSIYALARNING TURKUMLANISHI VA 
BAHOLANISHI 
REJA: 
I.
Kirish 
II.
Asosiy qism 
1. Investitsiyalarning mazmuni va ularni
hisobga olish vazifalari 
2. 
Investitsiyalarning turkumlanishi va baholanishi 
3. Investitsiyalar hisobini tashkil qilish 
III.
Xulosa 
IV.
Foydalanilgan adabiyotlar 


Kirish 
Pul, moddiy va nomoddiy shakldagi kapitalni tadbirkorlik faoliyati 
obektlariga daromad olish va kelajakda ularning qiymatini ko’paytirish 
maqsadida yo’naltirish 
“investitsiya”
lar deb ataladi. Xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlarning investitsiyalarni amalga oshirish bo’yicha qilayotgan 
amaliy harakatlari majmui 
“investitsiya faoliyati”
deb yuritiladi. 
Korxonalar investitsiya faoliyatini amalga oshirish borasida turli 
maqsadlarni ko’zlayilar. Ayrim korxonalar uchun investitsiya faoliyati 
bilan shug’ullanish ularning asosiy faoliyat turi hisoblanib, 
kompaniyaning moliyaviy natijalari shu yo’nalishning natijalariga 
bevosita bog’liq bo’lsa, ayrimlari investitsiyalarni keyinchalik muhim 
ishlarni amalga oshirish uchun zahira sifatida ushlab turadi, boshqalari esa 
savdo munosabatlarini mustahkamlash yoki tijorat sohasidagi ustunlikka 
ega bo’lish uchun savdo investitsiyalariga mablag’ yo’naltiradi. 
Korxonalarning investitsiya faoliyatini davlat turli shakllarda tartibga 
solib turadi. Jumladan: 
- investitsiya kiritishning e’tiborga loyiq yo’nalishlari va 
ob’ektlarini belgilab berish; 
- investitsiya faoliyatini soliqlar bilan tartibga solish; 
- investitsiyalar hisobini yuritishni standartlar yordamida tartibga 
solish; 
- investitsiya faoliyatini investorlarga moliyaviy yordam ko’rsatish 
yoki tegishli kredit siyosatini o’tkazish orqali tartibga solish; 
- investitsiya faoliyatini tegishli amortizatsiya siyosatini amalga 
oshirish orqali tartibga solish.


1. Investitsiyalarning mazmuni va ularni hisobga olish vazifalari 
Korxonalar o’z bo’sh mablag’larini qimmatli qog’ozlar, davlatning 
qarz majburiyatlarini sotib olish, boshqa korxonalarning ustav kapitalida 
qatnashish, birgalikda o’zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish kabi 
yo’nalishlarga sarf qilishlari mumkin. 
Yuqorida keltirilgan holatlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda 
investitsiyalar hisobini yuritishga bevosita o’z ta’sirini o’tkazadi. 
Respublikamizda korxonalarning investitsiyalar qilish bilan bog’liq 
xo’jalik muomalalari hisobi asosan buxgalteriya hisobining “Moliyaviy 
investitsiyalarni hisobga olish” deb nomlangan 12-sonli BHMS 
“Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish” vositasida yuritiladi. 
Shu bilan birgalikda, investitsiyalardan tushgan daromadlarni tan 
olish, sho’’ba korxonalarga investitsiyalar qilish, birgalikdagi faoliyatga 
qilingan investitsiyalarni hisobga olish kabi ayrim xo’jalik muomalalari 
esa 2-sonli “Asosiy xo’jalik faoliyatidan tushgan daromadlar”, 8-sonli 
“Jamlangan moliyaviy hisobotlar va shu’ba xo’jalik jamiyatlariga 
sarmoyalarni hisobga olish” deb nomlangan BHMS yordamida tartibga 
solinadi. 
Investitsiyalar hisobini yuritishning vazifalari quyidagilardan 
iborat: 
- investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog’liq xo’jalik 
muomalalarini o’z vaqtida, to’liq va to’g’ri aks ettirilishini ta’minlash; 
- investitsiyalarni toifalari bo’yicha to’g’ri turkumlanishini 
ta’minlash; 
- investitsiyalarni baholash va qayta baholash muomalalarini to’g’ri 
amalga oshirish; 


- investitsiyalarni bir toifadan boshqasiga o’tkazilishi muomalalarini 
to’g’ri amalga oshirilishini ta’minlash; 
- investitsiyalardan olingan daromadlarni to’g’ri hisobga olinishi, 
soliqqa tortilishi va moliyaviy hisobotlarda to’g’ri ko’rsatilishini 
ta’minlash; 
- turli toifadagi investitsiyalarni chiqib ketishi muomalalarini to’g’ri 
aks ettirilishini ta’minlash; 
- investitsiyalar bilan bog’liq xo’jalik muomalalarni milliy 
standartlari talabi asosida yuritilishini taminlash. 
2. Investitsiyalarning turkumlanishi va baholanishi 
Buxgalteriya hisobining xalqaro va milliy standartlari talablariga 
binoan xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan amalga oshirilgan 
investitsiyalar quyilgan vaqtiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: 
uzoq muddatli investitsiyalar; 
qiska muddatli investitsiyalar. 
Bir yildan ortiq muddatda daromad olishni maqsad qilib turli 
ob’ektlarga yo’naltirilgan moliyaviy qo’yilmalar uzoq muddatli 
investitsiyalar deb ataladi. Qisqa muddatli investitsiyalar esa bir yildan 
kam bo’lgan muddatda daromad olishni ko’zda tutgan aktivlarga 
yo’naltirilgan qo’yilmalardan iborat bo’ladi. Buxgalteriya hisobining 
standartlari talablariga binoan o’zlarining hisob siyosatida uzoq va qisqa 
muddatli investitsiyalarni ajratib ko’rsatishni lozim deb topgan 
korxonalar uzoq muddatli investitsiyalarni balansning “uzoq muddatli 
aktivlar”i tarkibida, qisqa muddatli investitsiyalarni esa “joriy aktivlar”i 
tarkibida ko’rsatishlari lozim. 


O’z moliyaviy hisobotlarida aylanma mablag’lar bilan uzoq 
muddatli aktivlar o’rtasidagi tafovutni ko’rsatuvchi xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlar qisqa muddatli (joriy) moliyaviy investitsiyalarni egalik qilish 
muddati bir yilgacha bo’lgan aylanma mablag’ sifatida ko’rsatishlari, 
uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni esa egalik qilish muddati bir 
yildan oshadigan uzoq muddatli aktivlar sifatida ko’rsatishlari lozim. 
O’z balanslarida qisqa muddatli va uzoq muddatli investitsiyalarni 
farqlamaydigan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bu farqni baholash 
maqsadlari uchun ko’rsatishlari va investitsiyalarning balansdagi 
qiymatini BHMS 12-son “Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish”ning 
13 va 15-bandlariga muvofiq aniqlashlari shart. 
Qisqa muddatli (joriy) aktivlar sifatida tasnif qilingan investitsiyalar 
buxgalteriya balansida: 
- bozor qiymati; 
- xarid qiymati va bozor qiymati kabi ikki qiymatning eng kami 
bo’yicha hisobga olinishi kerak. 
Agar qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar xarid va bozor 
qiymatlaridan eng kam baholanish bo’yicha hisobga olinadigan bo’lsa, 
balansdagi qiymati umuman barcha investitsiyalar qiymati asosida yoki 
investitsiyalar turlari bo’yicha yoxud alohida investitsiyalar asosida 
aniqlanadi. 
Qisqa muddatli investitsiyalar bozor qiymatining o’zgarishidan 
keladigan daromad yoki zarar shu daromad yoki zarar sodir bo’lgan 
hisobot davrida tan olinadi. 
Uzoq muddatli aktivlar sifatida tasnif etilgan investitsiyalar 
buxgalteriya balansida: 


- xarid qiymati bo’yicha; 
- qayta baholashni hisobga olgan qiymat bo’yicha; 
- xarid qiymati va bozor qiymatining umumiy investitsiyalar usuli 
bo’yicha aniqlangan eng kam bahosi bo’yicha hisobga olinadi. 
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni qayta baholash uchun 
qayta baholashning amalga oshirish davriyligini, shu jumladan uzoq 
muddatli investitsiyalar toifalarini aniqlash zarur. 
Balans qiymatining vaqtincha pasayishini istisno etgan holda 
investitsiyalar qiymati kamaygan taqdirda barcha uzoq muddatli 
investitsiyalarning balans qiymati kamaytiriladi. Bundan kamaytirish har 
bir moliyaviy qo’yilma bo’yicha aniqlanadi va tayyorlanadi. 
Uzoq muddatli investitsiyalar xarid qiymati bo’yicha hisobga 
olinadi. Uzoq muddatli investitsiyalarning qiymati muqarrar kamayib 
borgan taqdirda bu investitsiyalarning balans qiymati har bir investitsiya 
bo’yicha alohida kamaytirilishi lozim. Bunday hollarda xatarning turlari, 
investitsiya qilinayotgan sub’ektda investorning ulushi e’tiborga olinadi. 
Uzoq muddatli investitsiyalar balans qiymatining vaqtincha 
pasayishi hisobda aks ettirilmaydi. 
Investitsiyalarni baholash 12-sonli “Moliyaviy investitsiyalarni 
hisobga olish” deb nomlangan BHMS asosida amalga oshiriladi. Bunga 
ko’ra qisqa muddatli investitsiyalar sotib olingan paytda buxgalteriya 
hisobida xarid bahosida aks ettiriladi. Investitsiyalarning xarid bahosi esa, 
investitsiyaning o’z qiymati, brokerlarga to’langan to’lovlar, boj 
to’lovlari, bank xizmati uchun to’langan mablag’ va boshqa xarajatlardan 
tashkil topadi. Agar investitsiyalar to’liq yoki qisman aktsiyalar yoki 
boshqa qimmatli qog’ozlar emissiyasini amalga oshirish orqali sotib 


olinsa, unda sotib olingan investitsiyalarning qiymati ularning nominal 
qiymati emas, balki bozor bahosiga teng bo’ladi. Agar investitsiyalarni 
sotib olish to’liq yoki qisman boshqa aktivlarga almashtirish orqali 
amalga oshirilsa, investitsiyaning xarid qiymati almashtirish uchun 
tavsiya etilgan aktivning joriy qiymati bo’yicha belgilanadi. Ammo bu 
holatda investitsiyalarning bozor qiymati aniqroq bo’lsa, ushbu bahoni 
qo’llash ma’qul bo’ladi. Agar investitsiyalar sotib olingunga qadar 
hisoblangan foizlar yoki dividendlar qiymati bilan sotib olinsa, bunday 
investitsiyalar sotuvchiga to’langan foizlar yoki dividendlar summasi 
chiqarib tashlangan xarid qiymatida aks ettiriladi. Hisobot tuzish sanasida 
investitsiyalar BHMS standartlari talablariga ko’ra korxona balansida 
bozor qiymatida yoki sotib olish va bozor qiymatidan kami bo’yicha 
ko’rsatilishi lozim. Agar qisqa muddatli investitsiyalar korxonaning hisob 
siyosatiga ko’ra sotib olish va bozor qiymatidan kami bo’yicha hisobga 
olinadigan bo’lsa, uning balans qiymati: 
- alohida olingan investitsiyalar bo’yicha; 
- investitsiyalarning toifalari bo’yicha; 
- investitsiyalar portfeli asosida aniqlanishi mumkin. 
Uzoq muddatli investitsiyalar esa hisobot sanasiga buxgalteriya 
balansida sotib olish qiymati, qayta baholashni hisobga olgan qiymat yoki 
sotib olish va bozor bahosidan kami bo’yicha aks ettiriladi. Uzoq muddatli 
investitsiyalarning balans bahosini aniqlash investitsiyalar portfeli 
asosida amalga oshiriladi. 


3. Investitsiyalar hisobini tashkil qilish 
Tashkilotning moliyaviy hisob va moliyaviy hisobotida moliyaviy 
investitsiyalarni shakllantirish qoidalari BHMS 12-son “Moliyaviy 
investitsiyalarni hisobga olish”da belgilangan. 
BHMS 12-son moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) 
asosida ishlab chiqilgan va yuridik shaxslar uchun qo’llaniladi (kredit 
muassasalari va byudjet muassasalaridan tashqari), hamda qimmatli 
qog’ozlar bozoridagi professional ishtirokchilari, sug’urta tashkilotlari, va 
nodavlat pensiya fondlari uchun. 
BHMS 12-sonda aktivlarning moliyaviy investitsiyalar sifatida 
hisobga olinishi uchun muayyan shartlar bajarilishi kerakligi qayd etilgan: 
- tashkilotning moliyaviy investitsiyalar va ushbu huquqdan kelib 
chiqadigan mablag’lar yoki boshqa aktivlarni olish huquqini tasdiqlovchi 
hujjatlarning mavjudligi; 
- moliyaviy investitsiyalar bilan bog’liq moliyaviy risklarni 
tashkilotga o’tishi; 
- kelgusida tashkilotga foizlar, dividendlar yoki ularning qiymatini 
oshirish shaklida iqtisodiy foyda (daromad) keltirish qobiliyati. 
BHMS 12-songa muvofiq tashkilotning moliyaviy investitsiyalar 
tarkibiga kiradi: 
- davlat qimmatli qog’ozlari (zayomlar); 
- boshqa tashkilotlarning qimmatli qog’ozlari (shu jumladan qarz 
qimmatli qog’ozlari); 
- boshqa tashkilotlarning ustav kapitaliga badallar; 
- boshqa tashkilotlarga berilgan qarzlar; 
- kredit muassasalaridagi omonatlar; 


- boshqa tashkilotdan bitim bo’yicha sotib olingan debitorlik 
qarzlari huquqi; 
- oddiy hamkorlik shartnomasi bo’yicha hamkor tashkilotning 
qo’yilmalari. 
Tashkilotlar moliyaviy investitsiyalar tarkibiga kiritilmaydigan 
ob’ektlar: 
- aktsiyadorlik jamiyati tomonidan qayta sotish yoki bekor qilish 
uchun sotib olingan o’z aktsiyalari; 
- veksel beruvchi tashkilot tomonidan sotilgan tovarlar, mahsulotlar, 
bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitob uchun 
sotuvchiga beriladigan veksellar; 
- tashkilotning moddiy shaklga ega bo’lgan ko’chmas mulk va 
boshqa mol-mulkka investitsiyalari, ya’ni tashkilot tomonidan daromad 
olish uchun vaqtinchalik foydalanish (vaqtinchalik egalik qilish va 
foydalanish) uchun haq to’lash asosida taqdim etilgan ob’ektlar; 
- odatiy faoliyat turlari uchun sotib olinmagan qimmatbaho metallar, 
zargarlik buyumlari, san’at asarlari va boshqa shu kabi qimmatbaho 
buyumlar; 
- moddiy shaklga ega bo’lgan aktivlar (asosiy vositalar, moddiy 
ishlab chiqarish zahiralari va nomoddiy aktivlar). 
Tashkilot to’liq va ishonchli axborotni shakllantirish, shuningdek 
ularning mavjudligi va harakati ustidan nazorat qilish imkonini beruvchi 
moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish birligini mustaqil tanlaydi. 
Seriya, partiya yoki boshqa bir xil moliyaviy investitsiyalar majmui birlik 
sifatida belgilanishi mumkin. 


Moliyaviy investitsiyalar (qo’shilgan qiymat solig’i va boshqa 
qaytariladigan soliqlar bundan mustasno), ularni sotib olish bo’yicha 
tashkilotning haqiqiy xarajatlari summasi bo’lib, ular boshlang’ich 
qiymati bo’yicha hisobga qabul qilinadi. 
Moliyaviy aktivlar sifatida sotib olishning haqiqiy xarajatlari 
quyidagilardan iborat: 
- sotuvchiga shartnomaga muvofiq to’lanadigan summalar; 
- ushbu aktivlarni sotib olish bilan bog’liq axborot-konsalting 
xizmatlari uchun tashkilotlar va boshqa shaxslarga to’lanadigan 
summalar; 
- moliyaviy investitsiyalar sifatida sotib olingan aktivlar uchun 
vositachi tashkilotga yoki boshqa shaxsga to’lanadigan haq; 
- moliyaviy investitsiyalar sifatida aktivlarni sotib olish bilan 
bevosita bog’liq boshqa xarajatlar. 
Agar moliyaviy investitsiyalarni sotib olish to’g’risida qaror qabul 
qilish jarayonida tashkilot axborot va konsalting tashkilotlariga to’lash 
bilan bog’liq xarajatlarni amalga oshirgan bo’lsada, lekin bitim amalga 
oshmagan bo’lsa, xizmatlar qiymati tashkilotning operatsion xarajatlariga 
o’tkaziladi. 
Moliyaviy investitsiyalarni qarz mablag’lari hisobidan sotib olishda 
olingan kreditlar va olingan qarzlar xarajatlari ham tashkilotning 
operatsion xarajatlariga kiritiladi. 


Xulosa 
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak pul, moddiy va nomoddiy shakldagi 
kapitalni tadbirkorlik faoliyati obektlariga daromad olish va kelajakda 
ularning qiymatini ko’paytirish maqsadida yo’naltirish 

Yüklə 345,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin