Shakliga ko‘ra:
2. Xujjatlarni o‘rganish metodi
Bu metod sotsiologiyada keng tarqalgandir. Sotsiologiyada xujjatlar deganda tekstlardagi bosma va qo‘lyozma shaklida yozilgan informatsiyalarni, magnit lentasiga, foto va kinoplenkalarga yozilgan iiformatsiyalarni tushunamiz.
Xujjatlar bir necha asoslarga bo‘linadi: informatsiyaning qo‘lyozma, bosma, kino, foto, magnitafon lentalariga yozish shakllari qayd etiladi; gavdalantirish, ya'ni jonlashtirish darajasiga ko‘ra shaxsiy va o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lmagan bo‘ladi; status darajasiga ko‘ra rasmiy va norasmiy bo‘lib, o‘ziga xos guruhlarni ommaviy axborot vositalarining (ro‘znoma, jurnal, radio, televideniya) ko‘p sonli materiallari tashkil etadi. Xujjatli manbalarning ko‘rinishlari, belgilari, maqsadlari, tadqiqot tekstlar, informatsiyalar, ma'lumotlarni analiz qilish usullarini aniqlaydi.
Statistik xujjatlar, guvohnomalar, protokollar, hisobga olish ma'lumotlari, statistik tendensiya va aloqalarni aniqlashning umumlashgan ko‘rsatmalarini olish maqsadida o‘rganiladi.
Ijtimoiy informatsiyani tashkil qiluvchi ommaviy axborot vositalarining tekstlari kontent-analizni keltirib chiqaradi. Shundan kelib chiqib, xujjatlarni o‘rganish metodini quyidagilarga bo‘lish mumkin:
1 statistik.
2 avtobiografik.
3 kontent-analiz.
Statistik tadqiqotga misol qilib, qanday qilib umumdavlat (zemskoy) statistika xujjatlarining analiz qilinganligini misol qilib olishimiz mumkin. Xujjatlarni o‘rganishning avtobiografik metodini F.Znanetskiy ishlab chiqqan. Sotsiologiyani u ijtimoiy fan deb hisoblab, ijtimoiy protsesslarning spetsifikatini tashkil etuvchi «inson koeffitsienti»ga katta ahamiyat berdi.
Bu inson koeffitsentlari (sezgi, tafakkur) avtobiografiyada, shaxsiy xatlarda, xotiranomalarda, qonunlarda, san'at asarlarida paydo bo‘ladi. Sotsiologiya ushbu xujjatlarni psixologiya nuqtai nazaridan emas, ijtimoiy sharoitdan, ijtimoiy muhitdan kelib chiqib, shaxsiy sifatlar bilan aloqadorlikda o‘rganadi. Ba'zan aytiladiki, xujjatlarning bunday ko‘rinishi, informatsiyaning ishonchli manbasi emasdir, chunki avtor hech qanday ma’lumot to‘plamay, qandaydir faktlarni aytishi mumkin deyiladi. Znanetskiy bu to‘g‘risida ishonch bilan informatsiyaning sifati, analizning qay uslubda ekanligiga bog‘liqligidadir, deb ta'kidlaydi.
Sotsiologiyaning vazifasi shundaki, avtorning biografiyasi yoki xotiranomasidagi barcha ta'kidlarga ishonch bildirish uchun va turli yozilgan faktlarga uning munosabati orqali o‘tiladi, uning muhitni qo‘yib bergan bahosi, muhitning shaxsiy belgilari sotsiolog orqali baholanadi. Sotsiolog xujjatlarni keng kontekstini (xujjatning tugallangan parchasi) ko‘rib chiqib o‘rganadi. Shuning uchun xujjatlarning bunday turi sotsiologga, tarixchiga nisbatan qimmatbaho material hisoblanadi.
Shaxsiy xujjatlarni analiz qilish vaqtida sotsiolog quyidagi informatsiyalarni bayon qiladi: a) avtobiografiya yozilgan muhitni; b) avtor tomonidan faktlarni, hodisalarni, unga bo‘lgan munosabatni, baholarni qabul qilinishi; v) ushbu davr vaqtida avtorning xohishlari, maqsadlari; g) tekstda nimalar aytilmagan va bekitilgan. d) avtorning shaxsiy sifatlari va boshqalar. Xujjatlarning analiz qilishning uchinchi xususiyati - kontent-analiz bo‘lib, u formallashgan miqdoriy yondashuvdir. Yuqorida bayon qilingan xujjatlarni analiz qilishning kamchiligi natijalarni tadqiqotchining tayyorgarlik darajasi va fikrlariga tobeligi hisoblanadi. Shuning uchun sub'ektiv ta'sirlardan qochish uchun xujjatlarni o‘rganishning formallashgan miqdoriy tomonini ko‘rsatuvchi kontent-analiz metodi ishlab chiqiladi.
Kontent-analiz termini “mazmun” ma'nosini anglatadi. Amerikalik sotsiolog R.Xoleti bunday deydi: «Bu metod ma'lum ma'lumotlarni xarakteristikasini ob'ektiv va sistematik asosida o‘rganib, bir qancha xulosalar keltirib chiqaradi». Kontent-analizning mohiyati shundaki, u o‘rganilayotgan belgilarni maxsus kodlar sistemasi yordamida tekst ma'lumotlarni (yoki uning tarkibidagi informatsiyani) ilmiy kategoriyaga o‘tkazadi. Shunday qilib miqdoriy analiz vujudga kelishi mumkin. Bu metodning mohiyati shundaki, xujjatlar tekstidan mazmunli tushunchalar ajralib chiqadi. Bu metod formallashgan metod deyiladi. Chunki kontent-analizda asosiy diqqat tekstlar mazmunini, ifoda tarzining formasiga ko‘ra, kategoriyasiga ko‘ra, informatsiyaning hajmiga ko‘ra klassifikatsiya va kodirovka qilishga qaratiladi.
Kontent-analizning barcha texnikasi biror natija chiqarish uchun quyidagilarga bo‘linadi: 1) Analiz birligining taqsimlanishi; 2) Tekst indikatoridan ularni izlamoq; 3) Statistik ishlov berish.
Kategoriyalashtirish muammosi turlicha hal qilinadi. Lassuell ikkinchi jahon urushida targ‘ibotni o‘rganib, dushmanning maqsadini aniqlash uchun 4 o‘lchovli klassifikatsiyani qabul qildi. Informatsiyani «o‘zim uchun», «o‘zimga qarshi», «dushman uchun», «dushmanga qarshi» klassifikatsiyalariga taqsimladi. Natijada quyidagi kodirovka tashkil topdi rgo-X; pro-Y; contra-Y. Estoniyalik sotsiologlar tomonidan mahalliy matbuotni effektiv tomonlarini o‘rganilishi natijasida tekstning taqsimlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan materialning o‘z klassifikatsiyasi ishlab chiqildi, bular: a) bilimlar beruvchi informatsiya; b) normativ mulohazalar; v) qimmatli mulohazalar. Xo‘sh, bu kategorizatsiya yuqorida keltirilgan kategoriyalashtirishga nisbatan umumiy xarakter kasb etadi. Xujjatlarni o‘rganish metodini o‘tkazish texnikasi o‘zida quydagi etaplarni namoyon qiladi: 1. Belgilarni, tushunchalarni, kategoriyalarni aniqlab tekstni analiz qilish (dastur bo‘yicha). 2. Bu kategoriyalarning tekst bilan o‘zaro nisbatini aniqlash, tekst marialini yagona parametrga (o‘lchov — kodifikatsiya birligi) keltirish. 3. Miqdoriy analiz: kategoriyalar bo‘yicha hisob-kitob, proporsional o‘zaro nisbat, har xil xarakteristikalarni birikmasi va xulosalarni aniq ifoda qilish. 4. Kontekst (nutq yoki asarning tugallangan parchasi) konsepsiyasini sharhlab (interpretatsiya) xulosa qilish.
SOTSIAL EKSPERIMENT
Sotsial sohadagi ilk eksperimentlar XIX asrdan o‘z tarix saxifalarini boshlaydilar. Sotsial eksperimentlar o‘tkazish zarurligi haqida P. Laplas va Rj. St. Mil birinchi bo‘lib gapirgan edilar. Sotsiolist-utopistlar R. Ouzn, Sh. Fure o‘zlariiing kommunistik qurilishi loyihalarini eksperimentlar asosida yarattan edilar. Empirik sotsiologiyada eksperimentlar keng miqyosda AQSh da, XX asrning boshlarida qo‘llana boshlandi.
Muhandis F. Teylor ishchilarning ishlab chiqarish jarayonida va uning jadallashtirish zaruriyat sharoitdagi jismoniy va ruhiy imkoniyatlarni aniqlash uchun eksperiment tiplarining kompleksini ishlab chiqdi. Eksperimentlarni boshqa tadqiqotchilar — S.Dodd, F.S.Chepin, E.Meyolar ham o‘tkazganlar. Eksperimentning o‘zi nima? eksperiment tadqiqotning shunday metodini, uning jarayonida biz shunday sharoitni yaratamiz yoki bo‘lmasa izlab topamizki, uning yordamida bizni qiziqtiradigan xodisalar aloqasi namoyon bo‘ladi.
Sotsial eksperimentning strukturasi o‘zida quyidagilarni mujassamlashtirgan: ob'ekt, sub'ekt (metodika, eksperiment holat, qayd qilish vositalari), moddiy va sotsial sharoit (eksperimentini amalga oshirish uchun), o‘tkazilgan eksperimentning natijalari. Gipotezalar asosida ob'ektni tanlash alohida oshiriladi, eksperimental va nazorat guruhlari tashkil qilinadi, eksperimental xolat vujudga keltiriladi, biror-bir omilni, sababni kiritishlik yo‘li orqali natijalarni o‘lchash va tahlil qilish amalga oshiriladi.
Eksperimentning asosiy maqsadi — bu gipotezani isbotlash yoki inkor qilishlikdir. Turli xildagi sotsial eksperimentlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Moskva Davlat Universiteti professori
Keyingi yillarda eksperiment o‘tkazish amaliyotiga modellashtirish va EXM ni qo‘llash kirib bormoqda. Eksperimentni faoliyat sifatida turlarini to‘liqroq holda S.A.Yatskevich aniqlagan 4 quyidagi turlarni ajratib ko‘rsatadi: 1. Nomodel eksperiment. 2. Tabiiy model eksperimenti. 3. Eks-post-fakto. 4. Imitatsiya eksperimenti; (eksperimental o‘yinlar). 5. Kibernetik eksperiment. 6. Tafakkurli sotsial eksperiment
Sotsiologik tadqiqotlar amaliyotida keng qo‘llaniladigan 3 ta turdagi eksperimentlarni to‘liqroq holda ko‘rib chiqamiz: 1. Yagona ajratish metodi; 2. Nazorat guruhi metodi; 3. Eks-post-fakto. 4. Yagona ajratish metodi.
Ma'lum bir faoliyat ko‘rsatayotgan sistema inson guruhi ishlab chiqarish jarayonida o‘rganilayapti. Uning faoliyat natijalari ma'lum, o‘rganilgan. Bu sistemaga qandaydir o‘zgarishlar kiritadi, masalan mehnatga yangicha haq to‘lash sistemasi. Xuddi shu guruhdagi o‘zgarish kiritilmagan oldingi va keyingi holatlarni taqqoslash yo‘li tufayli ma'lum bir xulosa chiqariladi. Gipotezani shunday isbotlash yoki inkor qilishlik xuddi shu sistemani turli vaqtda taqqoslashga asoslanadi. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, ob'ekt o‘zida ma'lum bir o‘zgarishlarni mujassamlashtiradi. Xuddi shu sababli ayrim xollarda bu natijalar biz tomondan kiritilgan o‘zgarishning oqibatini yoki boshqa sabablar oqibatining, ularni aniqlash murakkabdir.
Dostları ilə paylaş: |