turkumi, tovuqsimonlar turkumi, qizilishtonlar turkumi, tuvaloqlar, bulduruqlar turkumi, g’ozsimonlar, pingvinlar, laylaksimonlar, qunduzgi yirtqichlar, yapaloqqushlar turkumi. 41 - §. KO’K KAPTARNING TASHQI TUZULISHI. 1.
Ko’k kaptarning tuzilishi qanday?
Gavdasi bosh, bo’yin, tana va oyoqdan iborat. 2.
Kaptarning boshi qanday tuzilgan?
Boshi yumaloq bo’lib, uzun va juda harakatchan bo’yini orqali tanaga tutashgan. 3.
Kaptar boshini qanday harakatlantira oladi?
Bo’ynini burib oziqni cho’qishi, tumshug’i bilan qorni, qanoti, orqasi va dumini tozalashi mumkin. 4.
Ko’k kaptarning qanotlari qanday ahamiyatga ega?
Havoda ko’tariluvchi yuzani hosil qiladi. 5.
Ko’k kaptarning oyoqlari qanday tuzilgan?
Pastki qismi – iligi va tirnoqli barmoqlari muguz tangachali dagal tеri bilan qoplangan. 6.
Ko’k kaptar yеrda qanday harakatlanadi?
ikki oyog’iga tayanib yuradi, harakatlanganda oyoqlari tanasini yеrdan ko’tarib turadi. 7.
Qushlarning tеrisi qanday tuzilgan?
pat bilan qoplangan. 8.
Qushlar patlarini qanday xillarga ajratishi mumkin?
Kontur patlar va parlar bo’linadi. 9.
Kontur patlar vazifasiga binoan qanday xillarga
ajratiladi?
Kontor qoplag’ich (tana yuzasidagi patlar), qoqish (qanotlar), boshqarish (dum), momiq patlarga ajratiladi. 10.
Pat qanday qismlardan iborat?
Ingichka va qattiq o’’zak vauning ikki tomonida joylashgan keng