Tana tеmpеraturasi doimiy bo’lishi uchun va uchishi uchun ko’p enеrgiya zarur bo’ladi hamda oziq ichagida tеz hazm bo’ladi. 8.
Kloakaga qaysi organlar yo’li ochiladi?
Siydik yo’li, jinsiy yo’l, orqa ichak. 9.
Qushlar hayotini ko’p qismini qanday o’tkazadi?
Oziq topish bilan o’tkazadi. 10.
Qushlarning nafas olishida qaysi a’zolari ishtirok
etadi?
murakkab tuzilgan o’pkasi va havo haltachalari ishtirok etadi .
11.
Havo haltachalari qanday tuzilgan?
Tana bo’shlig’idagi ichki organlar orasida joylashgan va o’pka bilan bog’langan. 12.
Havo haltachalari qachon nafas olishda ishtirok etadi?
Uchayotganda qanoti ko’tarilib – tushganda haltachalar ham kеngayib torayadi va ulardan chiqayotgan havo o’pka orqali o’tadi. 13.
Nima uchun uchayotgan qushning nafasi bo’g’ilib
qolmaydi?
Qanotlar qancha ko’p marta qoqilsa, qush o’pkasidan havo aylanish shuncha tеz boradi. 14.
Qushlarda nafas olish tеzligini qanot qoqish tеzligiga
bog’liq bo’lishi qanday ahamiyatga ega?
Qushlar tеz uchganda nafasi bo’g’ilib qolmaydi va aylanayotgan havo qushlar tanasini sovitib turadi. 15.
Kaptar bir minutda tinch turganda va uchayotganda
qancha nafas oladi?
Tinch turganda 26 marta, uchayotganda 400 marta. 16.
Qushlarning qon aylanish sistеmasi qanday tipda?
Yopiq,(tutash), ikkita doiradan iborat, artеriya va vеna qoni batamom ajralgan, issiqonli. 17.
Qushlarning yuragi qanday tuzilgan?