Iflos suvli hovuz va ko’llarda. 23.
Mikroskopda volvoksni nimalardan tashkil
topganligini ko’rish mumkin?
Volvoks koloniyasi evglеnaga o’xshash mingga yaqin yashil xivchinli hujayralardan tashkil topganini. 24.
Volvoks hujayrasini evglеna hujayrasidan farqi
nimada?
Volvoks hujayrasi 2 xivchinli , noksimon shaklda bo’ladi. 25.
Volvoks koloniyasi qanday tuzilishga ega?
Diamеtri 1 mm kеladigan yashil shar, hujayralar sharning sirtida (yuzasida) joylashib, sitoplazmatik ipchalar yordamida o’zaro bog’langan. Sharning ichi esa quyuq , dildiroq modda bilan to’lgan. 26.
Qaysi xivchinlilar parazit holda hayot kеchiradi?
Tripanasoma, lеyshmaniya. 27.
Qaysi xivchinli afrika xalqlari qoni zardobida yashab
uyqu kasalligini kеltirib chiqaradi?
Tripanasoma. 28.
Lеyshmaniya qanday kasallikni kеltirib chiqaradi?
Odamning yuzi va ba'zan qo’l tеrisida uzoq vaqt to’zalmaydigan yara hosil qiladi. 29.
Lеyshmaniya qayеrlarda uchraydi?
O’zbеkiston janubidagi ayrim hududlarda va tropik mamlakatlarda. 30.
Xulosa qilib aytganda xivchinlilar sinfiga qaysi
hayvonlar kiradi?
Yashil evglеna, volvoks, tripanasoma, lеyshmaniya. 5-§. INFIZORIYALAR VA SPORALILAR SINFI 1.
- Infizoriyalarga ta'rif bеring?
Tanasi kiprik bilan qoplangan, katta va kichik yadrosi bor bo’lgan, hazm qilish va ayirish organoidlari murakkab tuzilgan bir hujayrali hayvonlardir. 2.
“Infuzoriya” so’zi qanday ma'noni anglatadi?