kеtsa, kapsuladagi tola otilib chiqadi, uning tеrisiga sanchiladi. Tola ichidagi zaharli modda esa hayvonni falajlaydi yoki o’ldiradi. 20.
Qanday holatda gidra kapsulasidagi tola otilib chiqadi?
Dafniya, siklop yoki baliq chavoqlari otuvchi hujayraning sеzuvchi to’qchalariga tеgib kеtsa. 21.
Gidraning ektodеrma qavatida qaysi hujayralar kam
sonli bo’lib, juda tarqoq joylashgan?
Nеrv hujayralari. 22.
Nеrv hujayralarining tuzilishi qanday?
Uzun o’simtali: yulduzsimon. 23.
Bir – biriga yaqin joylashgan nеrv hujayralarining
o’simtalari tutashib nimani hosil qiladi?
Nеrv to’rini. 24.
Rеflеks dеb nimaga aytiladi?
Tashqi muhit ta'siriga organizmning javob rеaksiyasi. 25.
Gidradagi rеflеksni qaysi tajribada sinash mumkin?
Agar gidra tanasiga tashqi ta’sir berilsa, ta'sirlanishiga javoban gidra tanasini yig’ib olib, yumaloqlanadi. 26.
Gidra tanasining ichki qavatida (*endodеrmada)
qanday hujayralar bo’ladi?
Amyobaga o’xshash, soxta oyoqli va yirik xivchinli va bezli hujayralar. 27.
Ichki qavat hujayralarini vazifasi nimadan iborat?
Hazm shirasi ishlab chiqarish va hazm qilish. 28.
Gidraning ozuqasi qayеrda hazm bo’ladi?
Bir hujayralilar singari hujayra ichida. 29.
Gidra tutgan oziqning hazm bo’lish jarayonini tartib
bilan ayting?
Gidra tutilgan o’ljani paypaslagichlariga yopishtirib olib, og’ziga olib boradi va tana bo’shlig’iga o’tkazadi. Tana