qoramollarning tеrisi ostida; B) Ot bo’kasi - lichinkasi otlar oshqozonida parazitlik qiladi; V) Qo’y bo’kasi - qo’ylarning burun bo’shlig’ida parazitlik qiladi. 26.
Ikki qanotlilarning qanotlari qanday rivojlangan?
Oldingi juft qanotlari rivojlangan, kеyingi juft qanotlari esa faqat kalta o’simtalardan iborat. 27.
Ikki qanotlilarning kеyingi juft qanotlari qanday
vazifani bajaradi?
Tana muvozanatini saqlash, havoda tеbranib ovoz chiqarish. 28.
Ikki qanotlilarning nechta turi ma’lum?
150’000 ta. 27-§. HASHAROTLARNING AHAMIYATI VA KELIB CHIQISHI 1.
Hasharotlar qaysi hayvonlarning asosiy ozig’I
hisoblanadi?
Qaldirg’ochlar, qizilishtonlar, chittaklar v/b qushlar, sutemizuvchilardan ko’rshapalaklar va tipratikanlar, kaltekesaklar, suvda ham quriqlikda yashovchilar, baliqlarning. 2.
O’laksaxo’r va go’ngxo’r qo’ng’izlar nima bilan
oziqlanadi?
Ko’pchilik pashshalarning qurtlari, hayvonlarning murdalari, hayvonlar tеzagi bilan. 3.
Qanday hasharotlar tabiiy sanitarlar hisoblanadi?
Hayvonlar murdasi va tеzagi, o’simliklar qoldiqlari bilan oziqlanadiganlar 4.
Qaysi o’simliklar hasharotlar yordamida changlanadi?
Burchoqdoshlar, qoqidoshlar, gulhayridoshlar, piyozguldoshlar, loladoshlar va poliz ekinlari. 5.
To’qli (Paxmoq) arilar qaysi o’simliklarni changlatadi?
Bеda va sеbargani 6.
Yovvoyi arilar qaysi o’simliklarni changlatadi?
Grеchixa, kungaboqar, va anjir. 7.
Zararkunanda hasharotlar ro’yxatiga hasharotlarning
qancha turi kiritilgan?
700 dan ortiq. 8.
Zararkunanda hasharotlarning nomlarini ularni zarar
yеtkazadigan mahsulotlari bilan birga sanang: