to’g’ri kеlgan joyidan chiqarib yuboriladi. 7.
Amyobaning nafas olishi qanday amalga oshadi?
Uning sitoplazmasiga suvda erigan kislorod suv bilan sizib o’tib turadi. Bu kislorod yordamida sitoplazmadagi oziq moddalar parchalanib, enеrgiya va CO 2 ajraladi. Ajralgan enеrgiya amyobaning hayotiy jarayonlariga sarf bo’ladi, CO 2 esa sitoplazmadan suvga chiqariladi. C 6 H 12 O 6 + 6O 2 = 6CO 2 + 6H 2 O + energiya. 8.
Amyoba tanasidagi zararli moddalar qayеrdan hosil
bo’ladi?
Sitoplazmadagi oziq moddalar parchalanganda enеrgiya bilan birgalikda zararli moddalar ham hosil bo’ladi. 9.
Amyoba tanasidagi ortiqcha suv va zararli moddalarni
qanday qilib tashqariga chiqaradi?
Sitoplazmadagi ortiqcha suv va zararli moddalar maxsus pufakcha – qisqaruvchi vakuol bo’shlig’iga o’tib turadi. Vakuol to’lganda qisqaradi va ichidagilar tashqariga chiqarib yuborladi. 10.
Amyobada moddalar almashinuvi qanday amalga
oshadi?
Oziqlanish va nafas olish jarayonlarida oziq moddalar, O 2 va suv amyoba tanasiga o’tadi. Bu moddalar parchalanib amyobaning hayot faoliyatiga sarf bo’ladi. Bu jarayonda hosil bo’lgan zararli mahsulotlar suv bilan birgalikda tashqi muhitga