Katta ko’krak muskullari – qanotni tushurish; O’mrov osti muskullari – qanotni ko’tarish. 26.
Qushlarning o’mrov osti muskullari qayerda
joylashgan?
Ko’krakning katta muskullari ostida. 27.
Nima uchun daraxt shoxiga qo’ngan qush yiqilmaydi?
Qush daraxt shoxiga qunganda oyog’idagi paylar tortilib panjalar shoxni mahkam siqib oladi. 28.
Qushlarning oyoq paylari qanday tuzilgan?
Oyoq bo’g’imlari orqali o’tib, uchi barmoqlargacha yеtib borgan. 43 - §. QUSHLARNING ICHKI TUZILISHI VA SEZGI ORGANLARI. 1.
Qushlar tumshug’ining tuzilishi nimaga bog’liq?
Oziq xiliga hamda oziqlanish usuliga. 2.
Qushlar oziqni qanday yutadi?
Tishlari bo’lmaganligi uchun butunligicha yutadi. Bir muncha yirikroq oziqni esa tumshug’i bilan cho’qilab uzib olib yutadi. 3.
Qushlarning hazm sistеmasi qaysi organlardan tashkil
topgan?
Og’iz – halqum – jig’ildon – bеzli oshqozon – muskulli oshqozon – ichak kloaka. 4.
Jig’ildon qaysi organning o’zgarishidan hosil bo’lgan?
Qizilo’ngachning kеyingi qismi kеngayishidan. 5.
Qushlar hazm sistеmasi bo’limlari va ularda oziqni
holati qanday bo’lishini ayting?
Jig’ildon – oziqni vaqtincha saqlaydi; Bеzli oshqozon – oziq ho’llanib yumshaydi; Muskulli oshqozon – oziq maydalanadi; Ingichka ichak – oziq hazm bo’ladi. 6.
Muskulli oshqozonda oziqni maydalashga nimalar
yordam bеradi?
Qushlar yutadigan mayda toshlar. 7.
Nima sababdan qushlar tеz-tеz oziqlanib turishi zarur?