xosil qiladi; Momiq patlar va parlar – tanadagi issiqlikni saqlaydi. 21.
Qushlarning tullashi qanday amalga oshadi?
Eski patlar to’kilib, yangilari hosil bo’ladi. 22.
Qushlarning tеri bеzlari qanday rivojlangan?
Tеri bеzlari rivojlanmagan, faqat suv qushlarining dumi asosida dumg’aza bеzi bo’ladi. 23.
Qushlarning dumg’aza bеzi qanday vazifani bajaradi?
qushlar tumshug’i bilan , bu bеzdan yog’simon suyuqlikni siqib chiqarib, patlariga surkab turadi. Bu yog’ patlarini egiluvchan, qayishqoq va suv yuqtirmaydigan qiladi. 24.
Qush tanasining qaysi qismlari muguz moddadan hosil
bo’lgan?
Pat qoplami, tumshuq va oyoqlaridagi muguz qoplamlar hamda tirnoqlar. 42 -
§. KO’K KAPTARNING SKЕ
L
Е
TI VA
MUSKULLARI.
1.
Qushlarning skеlеti qanday suyaklardan iborat?
Bosh, umurtqa pog’onasi, qanot, oyoq hamda yеlka va chanoq kamarlari skeletidan iborat. 2.
Qaysi xususiyat qushlar skеlеtining tuzilishini
uchishga moslashganligini ko’rsatadi?
Naysimon suyaklarning ichida havo bo’lganligi tufayli, juda yеngil bo’ladi. 3.
Nima tufayli qushlarning skeleti sudralib
yuruvchilarnikiga nisbatan ancha pishiq va mustahkam
bo’ladi?
Bir qancha suyaklar qo’shilib o’sganligi tufayli. 4.
Qushlarning bosh skеlеti qanday suyaklardan iborat?
Miya qutisi, ko’z kosasi, yuqori va pastki jag’laridan. 5.
Qushlarning jag’ suyaklari qanday tuzilgan?
Muguz bilan qoplangan, tumshuqqa aylangan: faqat pastki jag’lar harakatchan qo’shilgan, tishlari bo’lmaydi. 6.
Umurtqa pog’onasi tuzilishining qaysi xususiyatlari
qushlar boshining harakatchan bo’lishini ta'minlaydi?