Payvandlash haqida tushuncha.
Dastaki elektr yoyli payvandlash texnologiyasi
Asosiy tushunchalar
Payvandlash davomida elektrodning harakatlari
Payvand choklar va birikmalar
Dastaki yoy yordamida payvandlashning afzalliklari va kamchiliklari
Payvandlashda qo’llaniladigan elеktr tok manbalari.
4. Elеktrodlar haqida tushuncha.
Payvandlash haqida tushuncha.
Dastaki elektr yoyli payvandlash texnologiyasi
Dastaki payvandlash sxemasi
Asosiy tushunchalar
Yoy ta’sirida elektrodning metall o’zagi, uning qoplamasi, buyum metalli eriydi.
Elektrod metallning shlak bilan qoplangan tomchilari payvand vannaga o’tadi va bu yerda asosiy metall bilan aralashadi, erigan shlak esa vanna sirtiga suzib chiqadi .
Payvand vannaning o’lchamlari payvandlash rejimlariga va chokning fazoda joylashishiga, yoyni buyum sirti boylab surilish tezligiga, payvand birikmaning konstruktsiyasiga, birikmaning payvandlanadigan chetlariga ishlov berishga va boshqalarga bog’liq.
Ular odatda quyidagi chegaralarida bo’ladi: chuqurligi 6 mm, eni 8-15 mm, uzunligi 10-30 mm gacha bo’ladi.
Yoy uzunligi – bu buyum va elektrod orasidagi masofa.
Dastaki payvandlashda yoy uzunligi payvandlash shroitlariga va elektrod markasiga ko’ra (0,5-1,2)del oraliqda bo’lishi kerak.
Yoy uzunligi bundan kichik bo’lsa chok shakllanishini yomonlaydi va
qisqa tutashuvga olib kelishi mumkin/
Yoy uzunligi oshib ketsa chok chuqurligi kamayadi, elektrod metallning sachrashi ko’payadi, chok sifatining mexanik xosalari ham, shakli ham yomonlashadi.
Elektrod qobig’i erish natijasida yoy atrofida va payvand vanna ustida havoni siqib chiqaruvchi va shu bilan payvand chokni himoyalovchi gaz muhiti xosil bo’ladi. Gaz muhitida legirlovchi elementlar, elektrod va asosiy metall bug’lari ham bo’ladi.
Payvand vanna ustidagi shlak uni havodan ximoyalaydi, erigan metallni zararli qo’shimchalardan tozalaydi va sekin sovishni ta’minlaydi.
Payvand vannada metall kristallanadi va payvandlanadigan detallarni biriktiradigan chok xosil bo’ladi.
Chok ustida qotgan shlak qatlami bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |