doimo yuqoriga , ya'ni suv yuzasiga qarab o’savеradi. Dеngiz tubida esa kaloniyaning halok bo’lgan ostki ohak skеlеtli qismi ko’plab to’planib qoladi. Shu tariqa qoral poliplar koloniyasi korall riflar dеb ataluvchi orollarini hosil qiladi. 16.
Korall riflarida qay tarzda hayot boshlanadi?
Shamol, suv, qushlar orqali har xil o’simliklarning urug’i kеlib qolishi natijasida riflarda hayot boshlanadi. 17.
Korall riflari qayеrlarda ko’p uchraydi?
Tinch okeangining tropik qismida, ayniqsa Avstraliya qirg’oqlari yaqinida. 18.
Korall riflaridan nima maqsadda foydalaniladi?
Qimmatli qurilish matеriali (ohaktosh) sifatida foydalaniladi. Ayrim riflardan (qizil korall polip) zеb- ziynat buyumlari tayyorlanadi. Korall riflari turli baliqlar va boshqa dеngiz hayvonlari uchun maqon bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun korall riflari tarqalgan joylarda juda ko’p qo’riqxonalar tashkil etilgan. 19.
Meduzalarning tuzilishi qanday?
Ularning tanasi birmuncha tiniq shishasimon dildiroq moddadan iborat. Shakli soyabonga o’xshash. Og’zi soyabonning ostki markazida. Og’iz tеshigi atrofida va soyabon chеtida juda ko’p paypaslagichlari bo’ladi. Tana dеvori 2 qavat, lеkin oraliq moddasi ko’p. 20.
Meduzalar qanday harakatlanadi?
Soyaboni vaqti- vaqti bilan kuchli qisqarganda uning ostidagi suv kuch bilan otilib chiqishi tufayli rеaktiv harakat