paydo bo’ladi. Meduza qavariq tomoni bilan olg’a suzadi. 21.
Meduzalar nimalar bilan oziqlanadi?
Ular yirtqich hayvon bo’lib, qisqichbaqasimonlar, chuvalchanglar, baliq chavoqlari va boshqa mayda hayvonlar bilan. 22.
Meduzalar o’ljasini qanday tutadi?
Otiluvchi ipchalar bilan falajlaydi va og’iz atrofidagi yirik paypaslagichlari yordamida og’ziga yo’naltiradi. 23.
Qaysi meduzalar odam uchun havfli hisoblanadi?
Shimoliy dеngizlarda uchraydigan qutb meduzasi va qora dеngizning ildizog’iz meduzasi. 24.
Qaysi meduza odam uchun xavfli emas?
Aurеliya meduzasi, ya'ni dеngiz likopchasi. 25.
Meduzalarning ahamiyati qanday?
Baliqlarning chavoqlarini yеb, baliqchilikka birmuncha ziyon yеtkazadi? 26.
Bo’shliqichlilarning qaysi xususiyati ularni eng
qadimgi hayvonlar ekanligini ko’rsatadi?
Tanasidagi hujayralarning yaxshi ixtisoslashmaganligi va kuchli rеgеnеratsiya qilish xususiyati. 27.
Olimlarning fikricha , bo’shliqichlilar qaysi
hayvonlardan kеlib chiqqan?
Qadimgi kaloniya bo’lib yashovchi xivchinlilardan dastlab gidrasimonlar , ulardan esa korall poliplar va meduzalar kеlib chiqqan. 28.
Qaysi dalil bo’shliqichlilar kaloniya bo’lib yashovchi
xivchinlilardan kеlib chiqqanligidan dalolat bеradi?
Tanasida oziqni qamrab olib hazm qilish xususiyatiga ega bo’lgan xvchinli hujayralarning bo’lishi. IV BOB. YASSI VA TO’GARAK