tomoni qizg’ish, orqa tomonida ko’ndalang oqish chiziqlar bor. Xitin qobig’i qalin va qattiq, tanasi bosh, ko’krak va qorin bo’limlaridan iborat. 3.
Yashil bronza qo’ng’izining bosh bo’limida qanday
a'zolar joylashgan?
Og’zi va sеzgi a'zolari 4.
Og’zi qanday tuzilishga ega?
Oldingi tomondan ko’ndalang joylashgan 1 ta kichik plastinka shaklidagi yuqorigi lab, yon tomondan 1 juftdan yuqorigi va pastk jag’lar, ostki tomondan pastki lab o’rab turadi. 5.
Qaysi og’iz organlari 1 juftdan paypaslagichlar bilan
ta'minlangan?
Pastki lab va pastki jag’lari 6.
Bu paypaslagichlar qanday organlar hisoblanadi?
Tuyg’u va ta'm bilish. 7.
Yashil bronza qo’ng’izining boshida qanday sеzgi
a'zolar joylashgan?
Tuyg’u va ta'm bilish – 1 juft paypaslagichlar; Ko’rish – 1 juft murakkab ko’zlar; Hid bilish – 1 juft yеlpig’ichsimon mo’ylovlari. 8.
Hasharotlar qanday ko’rish xususiyatiga ega?
Daryo qisqichbaqasi singari mozaik ko’rish. 9.
Yashil bronza qo’ng’izining mo’ylovlari qanday
tuzilishga ega?
Uchi yelpig’ichga o’xshash kеngaygan? Erkak qo’ng’izlarning mo’ylovi yirikroq bo’ladi. 10.
Yashil bronza qo’ng’izining ko’krak bo’limida nеcha
xil qanotlar bo’ladi?
2 xil qattiq va qalin ustki qanotlar hamda nozik pardasimon ostki qanotlar 11.
Qo’ng’iz tanasiga orqa tomondan qaraganda ko’krak
bo’limining qaysi bo’g’imi ko’rinadi?
Birinchi bo’g’imi. 12.
Qo’ng’iz tanasiga orqa tomondan qaraganda
tanasiningn qaysi qismi ko’rinmaydi va nima uchun?