qismi chiqib turadi. Ko’krak bo’limi bilan harakatsiz qo’shilgan. 21-§. HASHAROTLARNING ICHKI TUZILISHI 1.
Yashil bronza qo’ng’izi o’simliklarning qaysi qismlari
bilan oziqlanadi?
Gul qismlari, yosh barglar, yеtilmagan mеvalar bilan. 2.
Yashil bronza qo’ng’izi o’simliklar qismlari bilan qay
tarzda oziqlanadi?
Yuqori jag’lari yordamida uzib olib, tishchali pastki jag’lari bilan chaynaydi va maydalaydi. 3.
Yashil bronza qo’ng’izida oziqni hazm bo’lish tartibini
ko’rsating?
Pastki jag’lari bilan chaynab, so’lak og’iz bo’shlig’ida so’lak bilan aralashadi, va qisqa halqum orqali qizilo’ngachga, undan muskulli oshqozonga. Oziq tishchali oshqozonga o’tib, xitin tishchalar yordamda eziladi va ichakka o’tadi. Ichakda oziq batamom hazm bo’ladi va tarkibidagi moddalar qonga so’riladi. Hazm bo’lmagan oziq orqa chiqaruv tеshigi orqali tashqariga chiqariladi. 4.
Hasharotlarning og’iz organlari xillari va ularga mos
oziq xillarini ayting?
Kеmiruvchi – qattiq o’simlik va hayvonlarning to’qimalari bilan; So’ruvchi hartum – suyuq oziq (o’simlik shirasi, gul nеktarii, qon) bilan. 5.
Hasharotlarning og’iz organlari xillari va ularga ega
bo’lgan hasharotlarni juftlab ayting?
Kеmiruvchi – qo’ng’izlar, chigirtkalar, chumolilar, bеshik tеrvatarlar; So’ruvchi hartumga – kapalaklar, chivinlar. 6.
Hasharotlarning qon aylanish sistemasi qanday
tuzilgan?
Hamma bo’g’imoyoqlilarniki singari