Miyasini achitdi - me’yoriy fikrlash qo- biliyatini yo’qotdi Miyasini qoqib, qo‘liga berdi - so‘rayverib miyasini charchatdi, ser- gapligi bilan bezdirdi Miyasini qotirdi - astoydil o‘yladi, chu- qur fikrladi Miyasini yedi - miyasi ishlamay qoldi, fikrlash qobiliyatini yo‘qotdi Mos keldi - muvofiq bo’ldi, mos bo’ldi Moy tomsa - yalaguday - benihoya darajada toza Muhabbat qo‘ydi - sevish hissiga erk berdi Mukkasidan ketdi - o‘zini tiya olmas- lik darajasida berilib ketdi Mum tishladi - mutlaqo gapirmadi, suhbatda mutlaqo qatnashmadi Mushugini “pisht” demaydi - hech qanday ozor yetkazmaydi Me’dasiga tegdi - yoqmay qoldi, ta- nasi qabul qilmay qo‘ydi Mehr qo‘ydi - butun hissiyoti bilan suy- di Mehri tosh - bemehr, iltifoti yo’q Mehri tushdi - suyib qoldi N Nafasi ichiga tushib ketdi - qo rquv aralash hech narsa deyolmay lol bo’lib qoldi Nafasi kesiidi - gapirtirmadi Nafasini chiqarmadi - hech narsa de- madi, indamadi Nafasi chiqmadi - hech narsa dema- di, indamadi Nafasini ichiga oldi - hech qanday to- vush chiqarmaydi Nafasini ichiga yutdi - hech qanday tovush chiqarmaydi Nari borib, beri keidi - juda qattiq azo- blandi Nari borsa - ko‘pi bilan, ortig‘i bilan hisoblanganda Nari-beriga bordi - xafalashdi, janjal- lashdi Nazar soldi - diqqat bilan qaradi Nazar tashlads - qisqa muddat qaradi Nazarda tutdi - fikran hisobga oldi Nazarga ilmaslik - 1) mensimaslik, pisand qilmaslik; 2) arzugulik deb, diqqatga loyiq deb qaramaslik Nazarga iimaydi - 1) mensimaydi, pisand qilmaydi; 2) arzugulik deb, diqqatga loyiq deb qaramaydi Nazari tushdi - bexosdan, kutilmagan- da ko’rdi Nazaridan qoldi - yaxshi munosa- batidan, hurmat-e’tiboridan mahrum bo’ldi Nazaridan o‘tkazdi - qarab chiqdi, bir- ma-bir ko‘rdi, sinchiklab tanishdi Nigoh tashladi - qisqa muddat qaradi Ninaday gapni tuyadek qildi - mubolag‘a qilib, bo‘rttirib yubordi Nomi chiqdi - 1) malum-mashhur bo’ldi: 2) sharmanda bo’ldi Nomimni boshqa qo‘yaman! - biror ishni bajarishga qasd qilganlikni bildi- rishda aytiladi Nomusi bukildi - sharmanda bo’ldi Nonini tuya qildi -aldab-suldab haqini 0‘zlashtirdi Nog‘orasiga o‘ynadi - izmi bilan, yo‘l- yo‘rig‘i bilan ish ko‘rdi O Obro‘yi baland - katt3 e’tiborga ega Obro‘yi ko‘tari!di - yana ham e’tiborli bo’ldi Obro‘yi oshdi - yana ham e tiborli bcidi Obro‘yi tushdi - nufuziga zarba yetdi Obro‘yi to‘kildi - nufuziga zarba yet- kazdi Obro‘yini ko‘tardi - yana ham e’tiborli qildi Obro‘yini oshirdi - yana ham e’tiborli bo’ldi Obro‘yini tushirdi - nufuziga zarba yetkazdi Obro‘yini to‘kdi - nufuziga zarba yet- kazdi Odam qo‘yds - 1) o‘zi bilan o‘zga to- mon orasida birov vositachiligidan foy- dalandi; 2) biror kishi yordamida kim- nidir ta’qib etdi Odobini berdi - qilmishiga yarasha jazoladi O’lla qurdi - o’llaviy hayot kechirishga kirishdi Olam guliston - hamma narsa ko‘ngildagidek, hech qanday e’tirozga o‘rin yo‘q Olam munavvar - hamma narsa ko‘ngildagidek, hech qanday e’tirozga o‘rin yo‘q Olamdan ketdi - qazo qildi, o’ldi Olamdan o‘tdi I - yashadi Olamdan o‘tdi II - qazo qildi, o’ldi Oldi olindi - kutilgan hodisaga qarshi chora-tadbir ko‘rHdi Oldidan o‘tdi - biror ishni qilishdan ol- din shundan kimnidir xabardor qildi Oldiga tushadigan - ustunlik qila ola- digan Oldini oldi - kutilgan hodisaga qarshi chora-tadbir ko‘rdi Oldini oldi - kutilgan hodisaga qarshi chora-tadbir ko‘rdi Oldirib qo‘ygan - yuragi bezillab qol- gan Olib qochdi - uddasidan chiqa olmay- digan ish yoki narsa haqida ortiq dara- jada maqtandi Ona suti og‘zida - hali yosh, tajribasiz Ona suti og‘zidan keldl - haddan tashqari qiynalib ketdi Ona suti og‘zidan ketmagan - hali yosh, tajribasiz Ona suti og‘ziga keldi - haddan tashqari qiynalib ketdi Onasini koYsatdi - do‘q qildi, qo’rqitdi, adabini berdi Onasini uch qo‘rg‘ondan ko‘rsatdi - do‘q qildi, qo’rqitdi, adabini berdi Oq bilan qorani ajratdi - yaxshini yo- mondan, foydani zarardan ajratdi Oq ko‘ngil - yaxshi niyatli, boshqalar- ga yomonlikni ravo ko‘rmaydigan Oq ko‘ngillik - to‘g‘rilik, yomonlikni bil- maslik Oq-qorani ajratdi - yaxshini yomon- dan, foydani zarardan ajratdi Oq-qorani tanidi - yaxshi-yomonni, foyda-zararni bildi Oq-qorani tushundi - yaxshi-yomon- ni, foyda-zararni bildi Ora ochiq bo‘ldi - olish-berish muomalasini ro‘y-rost hal yetdi Oraga tushdi - 1) ikki tarafni murosa- ga keltirish maqsadida biror janjalga aralashdi; 2) jabrdiyda deb hisobla- gan kishisini himoya qilib biror janjalli ishga aralashdi Oralari ochiq - bir-biriga qarzdor emas, bir-biriga malol keladigan hech nima o‘rtada yo‘q Oralaridan qil ham o‘tmaydi - nihoyat- da ahil, inoq, yaqin Oralarini buzdi - o‘zaro munosabatini yomonlashtirdi Oro berdi - ko’rinishini ko’rkam, chi- royli qildi Orqasiga tushdi - zimdan yurib butun xatti-harakatini ta’qib qildi Osmon bilan yercha - juda katta, be- qiyos Osmonga ko‘tardi - ortiq darajada maqtadi Osmonga ko‘tarib - ortiq darajada, benihoya Osmonga uchsa, oyog‘idan, yerga kirsa, qulog‘idan tortadi - qutulib ketishiga qo‘ymaydi Osmon-u yercha-juda katta, beqiyos Ostonasiga bosh qo‘ydi - xokisor bo’ldi, xokisorlik qildi Ot bilan tuyacha - juda katta farq Ota go‘ri-qozixonami? - janjallashib, xafalashib o‘tirishga arzimaydi Otdan tushsa ham, egardan tush- maydi -mavqeini yo‘qotganiga qara- may, o‘zini avvalgiday tutadi Otdan tushsa ham, uzangidan tush- maydi - mavqeini yo‘qotganiga qara- may, o‘zini avvalgiday tutadi Otilgan tosh - yomonlik xatti-harakat- larini qildi Otimni boshqa qo‘yaman! - biror ish- ni bajarishga qasd qilganlikni bildirish- da aytiladi Oyoq osti boldi - poymol bo’ldi, tah- qirlandi Oyoq osti qildi - poymol bo’ldi, tah- qirlandi Oyoq osti qildirdi - poymol qildirdi, tahqirlatdi Oyoq osti qilindi - tahqirlandi Oyoq tiradi - o jarlik qildi Oyoqni tiradi - qaysarlik qildi Oyog‘i tortmadi - borgisi kelmadi Oyog‘iga bolta urdi - mavqeidan mahrum etadigan zarba yetkazdi Oyog‘iga bosh qo‘ydi - xokisor bo’ldi, xokisorlik qildi Oyoglga bosh urdi - xokisor bo’ldi, xokisorlik qildi Oyog‘iga yiqildi - xokisor bo ldi, xok- isorlik qildi Oyog‘ini bir etikka suqdi - o‘z ishin- ing amalga oshishini qaysarlik bilan talab qildi Oyog‘ini tirab oldi - qaysarlik qiidi Oyog‘ini yerga tiradi - qaysarlik qildi “Og‘zing qani?” - desa, qufog‘ini ko‘rsatadi - o‘taketgan noshud, merov, anqov Og‘ir oyoq - homilador Og‘iz juftladi - gapirishga hozirlandi Og‘iz ko‘pirtirdi - ko‘p va maqtanib gapirdi Og‘iz soldi - 1) qayliq yoki kuyov qilish niyati borligini aytdi; 2) g‘ayriqonuniy ravishda o’zlashtirishga harakat qildi Og‘iz-burun o‘pishdi - apoq-chapoq bo’lib ketdi Og‘zini juftladi - gapirishga hozirlandi Og‘zini ko‘pirtirdi - ko‘p va maqtanib gapirdi Og‘zi bormadi - biror andisha-mulo- haza bilan aytishni ma’qul ko’rmadi Og‘zi katta - 1) soxta kibr-havoli, maqtanishni yaxshi ko‘radigan; 2) im- tiyozli mavqega ega (kinoya) Og‘zi qu!og‘ida - nihoyatda xursand Og‘zi qulog‘iga yetdi - behad sevindi, xursandligi tufayli lab-lunjini yigishtirib ololmadi