Abrobank tarixi xozirgi kundagi siyosati


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV



Yüklə 150,53 Kb.
səhifə2/2
tarix26.04.2023
ölçüsü150,53 Kb.
#102884
1   2
Agrobank

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Agrobank — 1988-yilda tashkil etilgan Oʻzbekiston davlat aksiyadorlik tijorat banki. Bankning asosiy eʼtibori iqtisodiyotning agrar sektoriga qaratilgan.
Agrobank mamlakatimizning barcha hududlarida oʻzining muassasalariga ega boʻlib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va 12 ta vilojat boshqarmasi, 170 ta tuman (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassalari , 289 ta xalqaro pul oʻtkazmalari shoxobchalari, 215 ta valyuta ayiraboshlash shaxobchalari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini koʻrsatib kelmoqda.
Agrobank oʻz faoliyati davomida asosiy urgʻuni iqtisodiyotning agrar sektorini moliyalashtirish, aholining boʻsh pul mablagʻlarini bank pul aylanmasiga jalb qilish, filiallar tarmogʻi, xizmat turlari hamda mijozlari sonini koʻpaytirish, bankning belgilangan beznes-rejasi va byudjetining asosiy parametrlarini bajarishga qaratgan.
Kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish Assotsiatsiyasining 5 mln. AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish amalga oshirildi.
Agrobank va Osiyo Taraqqiyot Banki oʻrtasida 20,0 mln. AQSh dollari miqdoridan iborat boʻlgan „Kichik va mikromoliyalashni rivojlantirish. II bosqich“ loyihasi boʻyicha kredit shartnomasi imzolangan. Ushbu loyihaning maqsadi respublikada mikromoliyalashtirishni yanada rivojlantirish hisoblanadi. Shuningdek, Agrobank Osiyo Taraqqiyot Bankining savdoni moliyalashni qoʻllab-quvvatlash dasturiga kiritilgan va revol’ver kredit toʻgʻrisida kelishuv imzolangan.
„VISA International“ xalqaro toʻlov tizimiga prinsipal aʼzolikka oʻtish boʻyicha qator ishlar amalga oshirildi. Protsesning markazini tashkil etish bilan bir qatorda chipli plastik kartalarni emissiya qilish yoʻlga qoʻyildi.
Bank kichik biznesni rivojlantirish maqsadida KfV, YTTB, OTB va Xitoy Xalq Respublikasining Eksimbanki, Xalqaro Taraqqiyot va Tiklanish bankining (XTTB) kredit yoʻnalishlarini jalb etgan.
Agrobankning xalqaro operatsiyalari xorijdagi va Respublika ichidagi 23 ta bankdagi vakillik hisob raqamlari orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek, Agrobank SWIFT jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyatiga aʼzodir.
Agrobank Osiyo Tinch okeani Qishloq va qishloq xoʻjaligini kreditlash Assotsiatsiyasi (APRAKA) hamda Qishloq xoʻjaligi krediti Xalqaro Konfederatsiyasi (KIKA)ning teng huquqli aʼzosi hisoblanadi. 2010-yilning iyun oyida Toshkentda Agrobank ishtirokida Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Qishloq va qishloq xoʻjaligini kreditlash assotsiatsiyasi Bosh Assambleyasining 17-yigʻilishi va Ijroiya qoʻmitasining 58-majlisi oʻtkazildi. Ushbu tadbirlar doirasida qishloq xoʻjaligini kreditlashda kredit tavakkalchiligini boshqarish boʻyicha konferensiya boʻlib oʻtdi. Bosh Assambleya qaroriga muvofiq 2010-2012-yillar davomida APRAKAga raislik qilish vazifasini bajarish Agrobankka topshirildi.
Tarix
1988-yil — Bank 1988-yil 1-yanvarda OʻzSSR Davlat banki asosida SSSR Agroprombankining boʻlinmasi sifatida OʻzSSR Agroprombank nomi bilan va respublikada 155 filiali bilan tashkil etilgan.
1990-yil — 18.07.1990-yildagi SSSR Vazirlar Maxkamasining № 703 sonli qaroriga asosan Agroprombank SSSR tizimidan ajralib chiqqan xolda mustaqil yopiq aksionerlik jamiyati sifatida yangi Oʻzbek aksionerlik tijorat bank „Uzagroprombank“ tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilindi.
1993-yil — mamlakatning tarixida birinchi marta „Uzagroprombank“ tomonidan Turkiya „Ziroat Banki“ bilan birgalikda „UT Bank — Oʻzbekiston — Turkiya“ qoʻshma banki taʼsis etildi.
1994-yil — „Uzagroprombank“ birinchi boʻlib nominal qiymati 1000 soʻmlik boʻlgan 100 mln soʻmlik aksiyalarni chiqardi.
1995-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 27-iyuldagi № 294-sonli qarori asosan yopiq aksiyadorlik tijorat banki „Uzagroprombank“ asosida yangi ochiq aksiyonerlik tijorat banki „Agrobank“ tashkil etildi.
1997-yil — „Paxta-Bank“ SWIFT OATB jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyati aʼzoligiga qabul qilindi.
1998-yil — OATB „Paxta Bank“ Osiyo-Tinch okeani qishloq xoʻjaligini kreditlash assotsiatsiyasining (APRAKA) aʼzosi boʻldi.
1999-yil — OATB „Paxta Bank“ qishloq xoʻjaligini kreditlash Xalqaro Kenfederatsiyasi (KIKA) ning teng huquqli aʼzosiga aylandi.
2000-yil — Evropa tiklanish va taraqqiyot banki keridt linyasini jalb etish boʻyicha bitm imzoladi.
2001-yil — „Paxta Bank“ning birinchi plastik kartochkasi joriy qilindi.
2001-yil — Eksimbank va Xitoy Xalq respublikasining kredit liniyasi ochildi.
2003,2004,2007,2008,2009 — Britaniyaning „FT Business Financial Times“ gazetas va „The Banker“ jurnali fikriga binoan bank Oʻzbekiston respublikasida „Yil banki“ sifatida tan olindi.
2007-yil — „Paxta Bank“ Oʻzbekiston Respublikasidagi tijorat banklar ichida birinchi boʻlib Fitch Ratings xalqaro reyting kompaniyasining toʻliq xalqaro reytingini olishga muvaffaq boʻldi.
2008-yil — Axolining omonatlarini jalb qilish boʻyicha banklar aro tanlovda „Eng yaxshi emitent bank“ nominatsiyasi boʻyicha Paxtabank 1 — oʻrin soxibi boʻldi hamda „Qishloq joylarida joylashgan axoli omonatlarini jalb qilish boʻyicha yilning eng yaxshi bank filiali“ nominatsiyasi boʻyicha „OATB Paxtabank“ning Chust filiali 1 — oʻrin soxibiga aylandi hamda diplom va bosh sovrin „Damas“ avtomabili bilan taqdirlandi.
2009-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.03.2009-yildagi № 101084-sonli qaroriga asosan OATB „Paxta-Bank“ asosida ochiq aksiyadorlik tijorat banki „Agrobank“ tashkil etildi.
2010-yil — Kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish uyushmasining 5 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi ochildi va loyihalarni moliyalashtirish boshlandi.
2013-yil — Turkiyaning "Ziroat" bankidan 5 million AQSh dollari miqdorida kredit linyalari jalb qilinishi boʻyicha shartnoma imzolandi.
Yüklə 150,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin