Rasmda soviyotgan suyuqlik temperaturasining vaqtga bogʻliqligi
keltirilgan. Egri chiziqning 1-qismi suyuqlikdan issiqlik ajralishi bilan
uning temperaturasi tekis pasaya borishini koʻrsatadi. Gorizontal
2-qismi issiqlik ajralayotganligiga qaramay, temperaturaning muayyan
qiymatida uning vaqt oʻtishi bilan oʻzgarmay krlishini koʻrsatadi. Bir
oz vaqtdan keyin temperatura pasaya boshlaydi (3-qism). 2-qismga
mos kelgan temperatura K. temperaturasi deyiladi. K. paytida
ajraladigan issiqlik moddadan olib ketilayotgan issiqlik bilan
kompensatsiyalanadi. Shuning uchun ham temperatura vaqtincha
oʻzgarmaydi. K. jarayoni toʻxtagandan soʻng, qotgan jism
temperaturasi pasaya boshlaydi. temperaturaning vaqtga nisbatan
bunday oʻzgarishi kristall jismlarga xos. Kristallanmaydigan
suyuqliklarning sovishida yashirin issiqlik ajralmaydi va sovish grafigi
monoton chiziqdan iborat boʻladi. K. roʻy berishi uchun K. markazlari,
mas, suyuqlikda muallaq holda yurgan qattiq zarralar
va boshqa
boʻlishi lozim. Bu K. markazlari atrofida ayrim
kristallchalar borgan
sari oʻsib borib, oqibatda birbiriga birikib polikristall qattiq jiyemni
hosil qiladi. Faqat maxsus sharoitdagiva K. markazidan oʻsib chiqqan
bir butun monokristall hosil qilish mumkin.
Dostları ilə paylaş: