Abu abdulloh al-xorazmiyning hayoti va ilmiy faoliyati
Islom dini asoslarini tashkil etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy bilimlar. Jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab olgan ijtimoiy-iqtisodiy bilimlar O'rta asrlarda rivojlanishning yuqori darajasiga yetdi. Tarixiy shart-sharoitlar taqozasi bilan ularning hammasi islom dini asoslarini tashKil etuvchi shar'iy ilmlarga taalluqli bo'lgan. Boshqa olimlar singari Abu Abdulloh al-Xorazmiy ham shar'iy ilmlarga O'z asarini birinchi qismidagi olti bo'limi bag'ishlangan. Bu qism musulmon huquqshunosligiga taalluqli o'n bir bobdan iborat fiqhdan boshlanadi. Unda islom qonunshunosligining asosi bo'lgan va islom huquqi posbonining doimiy dasturi qur'on, payg'ambar so'zlari, hiqmatli gaplari va hayotini aks ettiruvchi Sunnat, Hadis va uning xillari; Ijmo'-islom jamoasining yaqdillik bilan tan olgan qarori; qiyos-qur'on va Sunnatda tegishli ko'rsatmalar bo'lmaganda, avvalroq ushbu holda tutilgan yul asosida xulosa qilinishi haqida gap yuritiladi. Ba'zi huquqshunoslar, Abu Abdulloh al-Xorazmiy fikricha, qiyosga, shariatga zid bo'lmagan holatni ham qo'shadilar.
Kalom Abu Abdulloh al-Xorazmiy “Mafotih al-ulum” asaridagi birinchi qismning ikkinchi bo'limi kalom ilmiga bag'ishlangan bo'lib, u yetti bobdan iborat.
Birinchi bobda kalomda ishlatiladigan falsafiy atamalarga qisqacha talqin beriladi va ular din ahli tomonidan qanday tushunilishi qayd etiladi. Masalan: Aksidensiya (tub mohiyati, e'tibori bilan uncha ahamiyati bo'lmagan jo'z'iy xususiyat) – harakatlanuvchi narsadagi harakat, oq narsadagi oqlik, qora narsadagi qoralik kabi substansiyaning holati. Mantiq ahlining aksidensiya haqidagi tushunchasi kalom ahli tushunchasidan farq qiladi. “Aksidensiya- bu bir narsaning ikkinchi narsadan mohiyatiga ko'ra farq qilishi emas, oqlik, qoralik, issiqlik, sovuqlik va shunga o'xshash”.
Abu Abdulloh al-Xorazmiy yashagan davrning o'zida butun Yaqin va O'rta Sharqda ko'pgina mazhablar bo'lib, ular o'zaro kurash olib borar edilar. “Mafotih al-ulum” muallifi tomonidan yettiga bo'lingan va bayon etilgan musulmon mazhablari haqidagi ma'lumotlar muhim ahamiyatga egadir. Ana shu ma'lumotlar “kalom” bo'limining “Musulmon arboblari va mazhablari ismlarini zikr etish” nomli ikkinchi bobda berilgan. Abu Abdulloh al-Xorazmiy bu bobda mazhablarni o'zi va muallif fikricha ham qayd qilib o'tadi: “Mu'taziliylar- bu nom bilan haqiqatgo'ylik va yakkaxudolik ahli namoyondalarini ataydilar va ular 6 firqadan iborat.
Kalom bo'limi islomda mavjud bo'lgan diniy mazhablar va alalxusus, mu'taziliylar haqida mukammal ma'lumotlar borligi bilan diqqatga sazovordir. Ayniqsa, Mu'taziliylar X asrda rasmiy ta'qib qilinganini e'tiborga olsak, uning ahamiyati yanada ortadi. Bu bo'limdagi qimmatbaho ma'lumotlar qatoriga islomdan oldingi Eron va Yaman, Hindistondagi diniy e'tiqodlar va mazhablarning qayd qilinishini ta'kidlab o'tish kerak.
Bu bo'limda Abu Abdulloh al-Xorazmiy ob'yektiv baho beruvchi din tarixchisi sifatida gavdalanadi. Islom dini Sharqda keng tarqalgan o'sha davrdagi mazhablar haqidagi ma'lumotlarning bu qadar to'liq bayon etilishi muallifning mustaqil fikr egasi va yirik olim ekanligidan dalolat beradi. Boshqa tomondan esa, bu ma'lumotlar Yaqin va O'rta Sharqdagi hamda Markaziy Osiyodagi halqlarning dinlari tarixini o'rganishda ham katta ahamiyatga egadir.