Abu abdulloh al-xorazmiyning hayoti va ilmiy faoliyati



Yüklə 82 Kb.
səhifə6/8
tarix02.01.2022
ölçüsü82 Kb.
#43837
1   2   3   4   5   6   7   8
1046 Abu Abdulloh Al (1)

Ish yuritish

Ish yuritishga bag'ishlangan to'rtinchi bo'lim devon, ya'ni davlat yuritish bo'limlarining daftarlarini sharhlashdan boshlanadi. So'ngra soliq nomlari, ularni yozib borish va olinishi, Somoniylar davlatida xalqdan olinadigan hamma soliq turlari, soliq yig'uvchilarning vazifalari, soliq yig'ish yo'li va hajmi, davlat omborlarida foydalaniladigan eng umumiy va ma'lum og'irlik o'lchovlari mukammal tavsif qilinadi.

Bu yerda biz “Mafotih al-ulum”da zikr etilgan o'sha davrda Yaqin va O'rta Sharqda hamda Markaziy Osiyoda keng tarqalgan va ishlatilgan o'lchov birliklarini mufassalrok ko'rib o'tish kerak. Bu ma'lumotlarning qimmatini oshiruvchi tamoyillardan biri Abu Abdulloh al-Xorazmiy O'rta asrda Sharq mamlakatlarining turli burchaklarning bir yoki ikki o'lchov bilan, goho esa uning ikki va undan ortiq ekvivalentini keltiradi. Bu esa anashu o'lchov birliklarining mohiyatini aniqlashda, ularni qiyosiy o'rganishda yordam beradi.

Masalan:


Tassuj-misqolning uchdan birining sakkizdan biri

Suha-Xorazm va Toxariston ahli o'lchov birligi bo'lib, yigirma to'rt tangaga teng, shuning o'zi ikki kafizdir.

Gor-shuningdek (Xorazm ahlida ishlatiladi) ungurdur.

Olmoniyalik sharqshunos V.Xins “Mafotih al-ulum”dagi ko'pgina o'lchov birliklarini tadqiq qilgan. Bu bo'limning to'rtinchi bobida pochta devonida ishlatilgan ma'lumotlar ham bayon etilgan.

Askarlar ro'yhatini to'zish, ularning kiyim-kechagini va ularga to'lanadigan maoshlar, atamalari mazmunini sharhlash, Iroq va Xurosonda, xususan Nishopur, Buxoro, Xorazm, Nasaf shaharlarida qo'llanilgan maydon o'lchov birliklari alohida qimmatga egadir.


Yüklə 82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin