Maktabgacha talim sirtqi 102gurux talabasi Xusanova Muxlisa Falsafa fanidan
Maktabgacha talim sirtqi 102gurux talabasi Xusanova Muxlisa Falsafa fanidan
Abu Nasr Farobiy va G’azzoliyning falsafa ilmiga oid qarashlarini qiyosiy tahlil etish (Farobiyning “Siyosat falsafasi” va G’azzoliyning “Kimyoi saodat” asarlari asosida) Forobiy fikricha, yagona borliq olti bosqichdan iborat bo‘lib, ular ayni bir vaqtda barcha mavjud narsalarning ibtidosi sifatida bir-birlari bilan sababiy bog‘lanishdadirlar. Birinchi bosqich – birinchi sabab (Xudo); ikkinchisi – samoviy jismlar borlig‘i; uchinchisi – faol aql, to‘rtinchisi –ruh; beshinchisi – shakl; oltinchisi – modda.
Shunday qilib, xudo va modda, yagona bir butunni tashkil etib, bir qator bosqichlar orqali bir-birlari bilan sababiy bog‘lanishdadirlar. O‘zlarining sababiy bog‘lanishlari tufayli ushbu ibtidolar ikki ko‘rinishga ajratiladilar: «vojibul vujud» - shunday narsaki, mavjudligi o‘zidan kelib chiqadi; «mumkinul vujud» - shunday narsaki, uning mavjudligi boshqa narsadan kelib chiqadi. «Mumkinul vujud» o‘zining bor bo‘lishi uchun sababga ehtiyoj sezadi, va qachonki u paydo bo‘lsa, boshqa narsa tufayli, «vojibul vujud» ga aylanadi. Forobiyning ibtidolar haqidagi ta’limoti shundan guvohlik beradiki, unga yangi aflotunchilikning emanatsiya nazariyasi ta’sir o‘tkazgan bo‘lib, u ilk islom e’tiqodidagilarning nuqtai nazarlaridan mohiyatan farq qiladi.
Birinchi sabab (vojibul vujud) abadiylik xususiyatiga ega bo‘lganligidan, modda ham, uning oqibati sifatida abadiylikka daxldor bo‘ladi. Yerdagi va osmondagi doiralarning barchasi jismiylik (moddiylik) xususiyatiga egadirlar. Barcha narsalar olti ko‘rinishga bo‘linadilar: samoviy jismlar, aqlli hayvon (inson), aqlga ega bo‘lmagan hayvonlar, o‘simliklar, minerallar, to‘rt unsur-olov, havo, tuproq va suv. Oxirgilari moddiylikning asosi bo‘lib, moddaning eng oddiy ko‘rinishini ifodalaydilar. Qolgan besh turdagisi murakkab bo‘lib, ushbu birlamchi unsurlarning turli darajadagi qo‘shilishlari natijasida paydo bo‘ladilar.
FAROBIY JAMIYAT HAQIDA QARASHLARI
Fan va madaniyat olamida o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lgan ulug‘ mutafakkir, zabardast olim, buyuk allomalardan biri, shubhasiz, Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug‘ Tarxon Forobiydir (873—950). Dunyo fani va madaniyati, uyg‘onish davrining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri bo‘lgan Forobiy qadimgi yunon fani va madaniyatining insoniyat tsivilizatsiyasida tutgan o‘rnini yuksak baholab, butun ilmiy faoliyati davomida nafaqat unga suyandi, cheksiz hayratlandi va ilhomlandi, balki kishilik tarixida o‘chmas iz qoldirgan yunon olimlarining, ko‘proq Arastuning asarlarini targ‘ib qildi, ularning ko‘plarini arab tiliga tarjima qildi, sharhlar yozdi. Antik dunyo olimlarining qoldirgan meroslarini to‘la o‘zlashtirmasdan turib, fan va madaniyatni rivojlantirish mumkin emasligini yaxshi tushungan Abu Nasr Forobiy yunon mutafakkirlarining «quli»ga aylanib qolmadi, balki ko‘p qirrali olim va ijodkorlarning davomchisi, o‘z davri sharoitida mustaqil fikr yurituvchi alloma sifatida o‘zini namoyon qildi.
IKKINCHI MUALLIM
Abu Nasr Forobiy «Sharq Arastusi», «Ikkinchi muallim» nomlari bilan O‘rta Osiyo madaniyatining asoschilaridan biriga aylanganligi bejiz emas edi, albatta. Forobiyning shaxsi va ijodi ko‘pgina olimlarning diqqatini o‘ziga jalb etgan bo‘lib, u haqida ko‘pdan-ko‘p tortishuv va munozaralar bo‘lib turar edi. Uning so‘nmas ilmiy va madaniy merosi ta’siri ostida dunyoning juda ko‘p madaniyat vakillari, jumladan, Nizomiy Ganjaviy, Shota Rustaveli, Nosir Xisrav, Mirzo Ulug‘bek, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Grigor Tativatsi, Ioane Petritsi, Rodjer Bekon, Sicher Brabantskiy va boshqa yuzlab fan fidoyilari shakllangan, o‘zligini anglab, mustaqil ijod yo‘lini topib olganlar, desak mubolag‘a bo‘lmas.
Forobiy yaratgan falsafiy tizim mazmunan universal xususiyatga ega bo‘lib, o‘z davri fanlarining barcha muhim masalalari — falsafaning umumiy muammolaridan tortib, tabiatshunoslik ilmining asosiy falsafiy masalalari, borliqni bilish va mantiqning bahsli muammolari, inson va tabiat o‘rtasidagi chambarchas bog‘liqlik, ya’ni ekologik muammolarni ham o‘z ichiga oladi.
ADABIYOT VA METODLAR
Fiqh ilmida yozgan «Al-Basit», «Al-Vajiz» asarlari insoniy tafakkuri mo'jizalari, fiqh ilmida inqilob yasagan noyob asar sifatida baholangani bilan u bu fanni ham kundalik turmush tarziga oid. G'azzoliyning jahon falsafasida tutgan o'rnini tushunib olish uchun dunyoda dong'i ketgan musulmonmas birorta faylasuf bilan solishtirib ko'rish lozim bo'ladi. Keling, o'sha faylasuf ularning eng kattasi, yangi falsafa otasi unvonini olgan fransiyalik mashxur faylasuf Rene Dekart bo'lsin. Dekartni mashxur qilgan asosiy narsa uning shak nazariyasidir. U haqiqiy ma'rifatga erishishdan oldin shak zarurligini ta'kidlaydi. Uning bu nazariyasi g'azzoliyning shaklariga juda ham o'xshaydi. G'arbda g'azzoliyni bilmaganlari uchun shak nazariyasi faqat Dekartga tegishli degan e'tiqod ila uni ko'klarga ko'tarib maqtaydila
Imom g'azzoliyning falsafa ilmiga oid qarashlari
Sharqda g'azzoliyni bilganlari uchun buyuk faylasuf Dekartning nazariyasiga o'xshash gapni aytgan shaxs ham borligini eslab qo'yadilar. Ba'zi birlari jur'at qilib Dekart va g'azzoliyning shaklarini solishtirib ham qo'yadilar. Ammo bu boradagi xaqiqatni xech kim bilmaydi. Ushbu xaqiqat ila bu satrlarning kotibi ustoz Muhammad Sa'id Ramazon Butiyning «Shaxsiyotun istavqafatni» nomli kitoblaridan bildi. U kishi mazkur kitobning 99 - 100 betlarida quyidagilarni yozadilar: «So'ngra bu masalada barcha ikkilanish va noaniqlikka chek qo'yadigan vasiqa - xujjat yuzaga chiqdi. Uni ustoz Maxmud Biyju doktor Zakzukdan naql qildi. Unda aytilishicha, tunislik tadqiqotchi Usmon al-Kaok raxmatulloxi alayx Dekartning kutubxonasida «al-Munqiz minaz Zolal» kitobining tarjimasini topgan.
Imom g’azzoliy qoldirgan ijtimoiy-falsafiy meros.
Imom Muhammad g’azzoliyning asarlari sho‘rolar davrida falsafa fanida o‘qitilmay, ta’qiqlab kelindi. Tilga olinsa ham «yomon, reaktsion faylasuf» deb qoralandi. Mustaqqilligimizga erishganimizdan so’ng boshqa sharq mutafakkirlari kabi Imom g’azziliyning hayot yo’li va merosiga haqqoniy ilmiy jihatdan yondashishga yo’l ochildi
Imom g'azzoliy o’z davrida odamlar mashg'ul bo'lib turgan ilmlarni birma bir o'rganib chiqdilar. O'sha paytda odamlar asosan, ilmi kalom, botiniyya, falsafa va tasavvufga qiziqar edilar. Imom g'azoliy mazkur ilmlarni chuqur egallashga va ulardan qaysi birini tanlash maqsadga muvofiq ekanini aniqlashga kirishdilar
Imom g’azzoliy izlanishlarini dastlab ilmi kalomdan boshladilar. Imom g'azzoliy ilmi kalomni shu sohaning olimlari va ularning kitoblaridan yaxshilab o'rganib, bu ilm bo’yicha quyidagi risolalarni yozdilar:
Imom g’azzoliy izlanishlarini dastlab ilmi kalomdan boshladilar. Imom g'azzoliy ilmi kalomni shu sohaning olimlari va ularning kitoblaridan yaxshilab o'rganib, bu ilm bo’yicha quyidagi risolalarni yozdilar:
1. Al-Iqtisod fil e'tiqod.(e’tiqoddagi mo’tadillik)
2. Iljomul ovom an ilmil kalom.(Dindorlarni quruq ilmi kalom mashg’ulotlaridan saqlash)
3. Aqiydatu ahli sunna.(Sunniy aqiydalar)
4. Fazoihul botiniyya.(Botiniylarning uyatga qolishi)
5. Faysalut tafriqa baynal Islami vaz Zandaqa.(Islom va dahriylik o’rtasidagi bo’linishning haqiqat mezoni )
6. Al-Qistosul mustaqiym.(Eng bto’g’ri o’lchov)
7. Kimyous saoda.(Saodat kimyosi)
8. Al-Mustazhiriy.(Zohir bo’luvchi)
9. Al-Maznun bihi ala g'oyri ahlihi1.
Keyinchalik Imom g'azzoliy haqiqat qidirib falsafani puxta o'rganishga kirishdilar. Faylasuflar faqat falsafa bilangina haqiqatni topish, yaqiyn va saodatga erishish mumkin der edilar. Imom g'azzoliy esa aynan o'sha narsalarni qidirayotgan edilar. U kishi falsafani ixlos ila chuqur o'rganib o'sha davrning eng kuchli faylasuflaridan biriga aylandilar. Lekin Imom g'azzoliy falsafada ham o'zlari izlayotgan haqiqat mavjud emasligiga ishonch hosil qildilar. Ammo bu narsa ulug' olimga falsafa va faylasuflar haqida adolat ila hukm chiqarishga xalaqit bermadi.
Keyinchalik Imom g'azzoliy haqiqat qidirib falsafani puxta o'rganishga kirishdilar. Faylasuflar faqat falsafa bilangina haqiqatni topish, yaqiyn va saodatga erishish mumkin der edilar. Imom g'azzoliy esa aynan o'sha narsalarni qidirayotgan edilar. U kishi falsafani ixlos ila chuqur o'rganib o'sha davrning eng kuchli faylasuflaridan biriga aylandilar. Lekin Imom g'azzoliy falsafada ham o'zlari izlayotgan haqiqat mavjud emasligiga ishonch hosil qildilar. Ammo bu narsa ulug' olimga falsafa va faylasuflar haqida adolat ila hukm chiqarishga xalaqit bermadi.
U kishi bu borada o'z ilmiy izlanishlari natijasini falsafa va mantiqqa atalgan o'z kitoblarida yozib qoldirdilar. Ular quyidagilardir:
U kishi bu borada o'z ilmiy izlanishlari natijasini falsafa va mantiqqa atalgan o'z kitoblarida yozib qoldirdilar. Ular quyidagilardir:
1. Maqosidul falosifa.(Faylasuflarning maqsadlari)
2. Tahofutul falosifa.(Faylasuflarning mantiqsizligi)
3. Mahkun nazar fil mantiq.(Mantiqdagi nodir nazar)
4. Me'yorul ilm fil mantiq.(Mantiqda ilm me’yorlari)
5. Al-Munqiz minaz Zolal.(Adashishlardan qutqaruvchi)
Imom g'azzoliy o'z asarlarida falsafa va faylasuflarga xolisona baho berishga harakat qildilar.