Mavzu: G‘azzoliyning falsafiy-axloqiy qarashlari



Yüklə 73 Kb.
tarix16.06.2023
ölçüsü73 Kb.
#131510
G‘azzoliyning falsafiy-axloqiy qarashlari


Mavzu: G‘azzoliyning falsafiy-axloqiy qarashlari


Reja:



  1. G‘azzoliy qoldirgan ijtimoiy-falsafiy meros




  1. G’azzoliyning Tahofutul falsafasi




  1. G’azzoliy yashagan davrda falsafiy ta’limotlar

Imom G’azzoliy qoldirgan ijtimoiy-falsafiy meros.
Imom Muhammad G’azzoliyning asarlari sho‘rolar davrida falsafa fanida o‘qitilmay, ta’qiqlab kelindi. Tilga olinsa ham «yomon, reaktsion faylasuf» deb qoralandi.1 Mustaqqilligimizga erishganimizdan so’ng boshqa sharq mutafakkirlari kabi Imom G’azziliyning hayot yo’li va merosiga haqqoniy ilmiy jihatdan yondashishga yo’l ochildi Imom G'azzoliy o’z davrida odamlar mashg'ul bo'lib turgan ilmlarni birma bir o'rganib chiqdilar. O'sha paytda odamlar asosan, ilmi kalom, botiniyya, falsafa va tasavvufga qiziqar edilar. Imom G'azoliy mazkur ilmlarni chuqur egallashga va ulardan qaysi birini tanlash maqsadga muvofiq ekanini aniqlashga kirishdilar.2
Imom G’azzoliy izlanishlarini dastlab ilmi kalomdan boshladilar. Imom G'azzoliy ilmi kalomni shu sohaning olimlari va ularning kitoblaridan yaxshilab o'rganib, bu ilm bo’yicha quyidagi risolalarni yozdilar:
1. al-Iqtisod fil E'tiqod.(E’tiqoddagi mo’tadillik) 2. Iljomul ovom an ilmil kalom.(Dindorlarni quruq ilmi kalom mashg’ulotlaridan saqlash) 3. Aqiydatu ahli sunna.(Sunniy aqiydalar) 4. Fazoihul botiniyya.(Botiniylarning uyatga qolishi) 5. Faysalut tafriqa baynal Islami vaz Zandaqa.(Islom va dahriylik o’rtasidagi bo’linishning haqiqat mezoni ) 6. Al-Qistosul mustaqiym.(Eng bto’g’ri o’lchov) 7. Kimyous saoda.(Saodat kimyosi) 8. al-Mustazhiriy.(Zohir bo’luvchi) 9. al-Maznun bihi ala g'oyri ahlihi Imom G'azzoliyning zamoniga kelib ilmi kalomda turg'unlik yuzaga kelgan edi. Ilmi kalom ulamolari o'tib ketgan katta imomlarning gaplarini mahkam tutib turishdan boshqa ishni qilmas edilar. Qadimgi gaplardan qilcha chetlanish yo'l qo'yib bo'lmaydigan narsa degan tushunchani qadrlar edilar. Zamon o'tishi bilan eskirib qolgan so'z va jumlalar o'rniga kishilarga tushunarlirog'ini keltirishga jur'at qilmas edilar. Imom G'azzoliy bu narsalarning hammasini bir tarafga qo'yib ulug' ulamolarning ilmlaridan foydalangan holda erkin ijtihod qildilar. Odamlarga yaqin uslub va tilda asarlar yozdilar va ilmi kalomda katta burilish yuz berishiga sabab bo'ldilar. Imom G'azzoliy aqiyda ilmida Qur'oni Karim uslubi eng foydali va oson ekani va ilmi kalom vaqtinchalik choraligini bayon etganlar.
Keyinchalik Imom G'azzoliy haqiqat qidirib falsafani puxta o'rganishga kirishdilar. Faylasuflar faqat falsafa bilangina haqiqatni topish, yaqiyn va saodatga erishish mumkin der edilar. Imom G'azzoliy esa aynan o'sha narsalarni qidirayotgan edilar. U kishi falsafani ixlos ila chuqur o'rganib o'sha davrning eng kuchli faylasuflaridan biriga aylandilar. Lekin Imom G'azzoliy falsafada ham o'zlari izlayotgan haqiqat mavjud emasligiga ishonch hosil qildilar. Ammo bu narsa ulug' olimga falsafa va faylasuflar haqida adolat ila hukm chiqarishga xalaqit bermadi. U kishi bu borada o'z ilmiy izlanishlari natijasini falsafa va mantiqqa atalgan o'z kitoblarida yozib qoldirdilar. Ular quyidagilardir: 1. Maqosidul falosifa.(Faylasuflarning maqsadlari) 2. Tahofutul falosifa.(Faylasuflarning mantiqsizligi) 3. Mahkun nazar fil mantiq.(Mantiqdagi nodir nazar) 4. Me'yorul ilm fil mantiq.(Mantiqda ilm me’yorlari) 5. Al-Munqiz minaz Zolal.(Adashishlardan qutqaruvchi) Imom G'azzoliy o'z asarlarida falsafa va faylasuflarga xolisona baho berishga harakat qildilar. U kishi falsafaga oid ilmlarni oltiga bo'ladilar va ularning har biriga quyidagicha baho beradilar:
1. Aniq fanlar. Hisob, handasa, jug'rofiya kabi ilmlar. Bu narsalarda dinga aralashilmaydi. Ular aniq hujjatlarga asoslangan ilmlar. Shu bois ularni inkor qilib bo'lmaydi. Ammo musulmonlar bu narsalarni ko'rib falsafaga oid hamma narsa shu kabi bo'ladi deb aldanib qolmasliklari kerak deb, G’azzoliy ta’kidlaydi.
2. Mantiq. Bunda ham dinga tegishli narsa yo'qligi, mantiqda aqliy o'lchovlarga nazar solish, burhon muqaddimalari shartlarini o'rganish, ularning tarkibidan xabardor bo'lish zarurligi uqtiriladi.
3. Tabiiy ilmlar. Bu ilmlarda ham dinga bog'liq narsalar yo'q. Ular hammasi tajribaga suyanadigan narsalar. Shuning uchun bularni ham inkor qilib bo'lmaydi.
4.Siyosiy ilmlar. Faylasuflarning bu sohadagi barcha gaplari dunyoviy ishlarga bog'liq narsalardan iborat bo'lib ularning ko'pi Alloh taolo payg'ambarlarga nozil qilgan kitoblardan qolgan gaplardan olganlar. Shuning uchun bularning ham dinu diyonatga tegishli joyi yo'q.
5. Axloqiy ilmlar. Faylasuflarning bu boradagi ko'p gaplari so'fiylarning gaplariga to'g'ri keladi. Ulardan Islom ta'limotlariga to'g'ri keladiganini olib boshqalarini tark qilish lozim deb ko’rsatgan mutafakkir.
6. Ilohiyotga oid ilmlar. Bu borada faylasuflar o'zlari mantiqda yo’l qo'ygan shartlarga vafo qilmadilar, ulardan tashqariga chiqdilar va katta xatolarga yo'q qo'ydilar. Imom G'azzoliy asosan faylasuflarni xuddi shu borada tanqid qiladilar. Ko'pchilik falsafa haqidagi tanqidiy gaplarni umumiylashgan holda tushunib xato qiladilar.
Imom G'azzoliy o’sha davr falsafa dunyosida tanilgan allomalarni o’z izlanishlari, tajribalariga asoslanib 3 guruhga ajratganini ham ta’kidlashimiz mumkin. Allomaning fikricha falsafa, falsafiy ilmlar bilan shug’ullanayotganlar asosan Dahriylar, Tabiatchilar, Ilohiyotchilardir: Dahriylar bu - Ular Alloh taoloning borligini va sone'ligini inkor qilgan va olam o'zini o'zi yaratgan deydigan zindiqlardir.1 Tabiatchilar esa Alloh taoloning borligini e'tirof qilsalar ham qayta tirilish va so’rovni inkor qilganlari uchun dindan chiqqanlar, deydi mutafakkir Ilohiyotchilar haqida baho berib mutafakkir: “Bular ilohiyot haqida bahs yuritgan Suqrot, Aflotun, Arastu, Forobiy va Ibn Sinoga o'xshash faylasuflar. Ularning ba'zi gaplarini e'tirof qilishdan boshqa chora yo'q. Misol uchun Alloh taoloning borligini e'tirof qilishlari. Ammo ba'zi gaplarida ular adashib qolganlar- deb yozadi o’z asarida Imom G’azzoliy.
Imom G'azoliygacha falsafa Islomga qarshi hujum qilar va musulmon ulamolar himoyalanish bilan kifoyalanar edilar. Imom G'azzoliy esa o'zlari falsafani yaxshi bilganlari uchun ayblarini anglab yetganlari uchun bevosita unga shiddatli va ayovsiz hujum qilishni yo'lga qo'ydilar. Imom G'azzoliy ko'pchilikka falsafa nima, faylasuflar kim hamda maqsadlari qandayligini anglatib olganlaridan keyin falsafani tanqid qilishga o'tdilar. Bu ishni Imom G'azzoliy asosan «Tahofutul falosifa» nomli kitoblarida amalga oshirdilar. Bu kitobning muqaddimasida Imom G'azzoliy o'sha paytlarda boshqalardan o'zlarini yuqori tutadigan toifalar chiqqanini, ular Islomiy ibodatlardan bosh tortayotganlarini, dinga shior bo'lgan namozga o'xshash narsalarga past nazar bilan qarayotganlarini, harom qilingan narsalardan saqlanmayotganlarini, ba'zilari esa butunlay dindan chiqib ketganlarini va boshqa afsuslanarli holatlar bo'layotganini aytadilar, so'ngra mazkur shaxslarning kufrga ketishlari sababi haqida quyidagilarni aytadilar: «Ammo ularning kufrlarining sababi Suqrot, Buqrot, Aflotun, Arastu kabi ulug' ismlarni, ularning izdoshlaridan aqllarini o'tkirligi, usullarining go'zalligi, handasa, mantiq, tabiat va ilohiyotga oid ilmlarining nozik joylarigacha bilishlari haqidagi maqtovlarini, buyuk aql sohibi bo'lganlari uchungina g’aybiyotni yaxshi tushuna olishlarini eshitganlaridir. Shuningdek, ana o'shalar aqllari o'tkir bo'lishlari va fazllari ko'p bo'lishiga qaramay shariatlar va dinlarni inkor qilishlari, dinlar to'qib chiqarilgan hiyla nayrangdan iboratligini e'tiqod qilishlari haqidagi hikoyalarni tinglaganlari va bu g’oyalardan ta’sirlanganlaridandir».1 Imom G’azzoliy yuqoridagi fikrlari bilan inson tajriba orqali o’rganishi mumkin bo’lgan ilmlarda peshqadam bo’lgan ba’zi yunon olimlarning e’tiqod masalasidagi ta’limotlari Islom ta’limotlariga to’g’ri kelmaganligi sababi tushuntirganlar.
Imom G'azzoliy o'zlarining «Tahofutul falosifa» (Faylasuflarning mantiqsizligi) kitoblariga to'rtta muqaddima yozganlar. Birinchisida o'z uslublarini, ikkinchisida faylasuflarning holini, uchinchisi va to'rtinchisida ularning shariat bilan to'qnashadigan va to'qnashmaydigan ilmlarini bayon qilganlar. Keyin esa faylasuflarni tanqid qilishga o'tganlar. Bu tanqidlar ilohiyotga va metafizikaga oid o'n oltita hamda tabiat ilmlariga tegishli to'rtta masalani o'z ichiga olgan.
G’azzoliy mazkur yigirma masaladan uchtasida faylasuflar kufrga ketganligi haqida qarorga kelganlar. O'sha uch masala quyidagilar:
1.Faylasuflarning olam qadimdir degan gaplari. Faylasuflar o'zlarining turli aqliy dalillaridan kelib chiqib olam qadimdir, u keyin paydo bo'lgan ham emas, uni birov yaratgan ham emas degan fikrni aytganlar. Imom G'azzoliy ularga olam qadimiy ilohiy iroda ila mavjud bo'lgani, o'sha iroda olamni ma'lum vaqtda vujudga kelishini irod qilgan. Undan oldin mavjud bo'lishi iroda qilinmagan edi. Shuning uchun u paydo bo'lmagan. Yangi paydo bo'lgan har bir narsa esa silsila ila oxirgi va qadimgi sababga borib taqaladi. O'sha sabab Alloh taolo ekanligini ta'kidladilar.
2. Faylasuflarning Alloh taolo juz'iy narsalarni bilmaydi degan gaplari. Faylasuflarning fikricha Alloh taolo faqat sobit kulliyotlarnigina biladi. Shu narsa uning kamoliga mos keladi. Juz'iy – mayda narsalar o'zgarib turadi. Shuning uchun ularga bog'liq ilm ham o'zgarib turadi. Ilmning o'zgarib turishi esa Alloh taoloning kamoliga to'g'ri kelmaydi. Alloh taolo insoniyatning amallarini to'p shaklida umumiy holda biladi, xolos. Odamlardan alohida shaxslarning qilgan amalini bilmaydi. Imom G'azoliy Alloh taolo o'sha juz'iy amallarning barchasini o'zgarmas bitta ilm ila bilishini ta'kidlaydilar.
3. Faylasuflarning oxiratda jasadlarning qayta tirilishini inkor qilishlari. Ularning fikricha oxiratda faqat ruhlar qayta tiriltiriladilar, xolos. Binobarin jannatda jismning lazzatlanishi va do'zaxda azoblanishi ham bo'lmaydi. Imom G'azoliy esa jismlarni yo'qdan bor qilishga qudrati yetgan Alloh taolo ularning chiriganidan keyin qayta tiriltirishi osonroq ekanini ta'kidlaydilar.
«Tahofutul falosifa»(Faylasuflarning mantiqsizligi) kitobning ahamiyati katta bo'lgan. Uning ahamiyati ba'zi faylasuflarni kufr ketganini bayon qilishida emas, balki falsafaning diniy e'tiqod bobida hech narsaga arzimas narsa ekanini bayon qilib berganidadir. Bu borada falsafa turli fikr, xayol, qiyos va taxminlarning yig'indisi, xolos.
Falsafani ilohiy ta'limotlar o'rnida yoki ularga teng ravishda ko'rilib turgan bir paytda uning haqida ilmiy asoslarga muvofiq tarzda bu kabi kuchli zarba berilishi tarixiy voqea edi. Imom G'azzoliy shu tariqa falsafaning obro'sini chilparchin qildilar. Faylasuflar u kishining kuchli aqli va dalillari oldida dovdirab qolishdi va deyarli birorta e'tiborga olsa bo'ladigan raddiya ham qila olishmadi.
Demak, Imom G'azzoliy yashagan o'rta asrlarda g'aybiyot olami1 haqida falsafiy tortishuvlar avj olgandi. Bu tortishuvlarda hamma, jumladan, musulmonlar ham ishtirok etardilar. Ammo ayni musulmonlar ichidan mazkur tortishuvlardan odamlarga hech qanday naf yo'qligini anglab yetganlar ham chiqdi. O'shalardan eng ulug'i hujjatul Islom Abu Homid G'azzoliy rahmatullohi alayh edilar. Imom G'azzoliy falsafani chuqur o'rgangan edilar. O'zlarining haqiqatni izlash yo'lida olib borgan izlanishlari davomida haqiqat falsafada bo'lsa, ajab emas, degan fikrga ham borgan edilar. Ammo falsafa u kishi axtarayotgan haqiqatni bera olmasligini tushundilar. Shu bilan birga falsafaning zaif joylarini chuqur anglab yetdilar. Imom G'azzoliy falsafaning eng katta xatolaridan biri g'ayb olami – metafizika haqidagi tortishuvlar ekanini ochiq - oydin aytdilar. Bu fikrning to'g'riligini isbotlash
uchun faylasuflarning metafizikaga oid tortishuvlaridan bir nechasini oldilar. Misol uchun olamning azaliyligi yoki keyin paydo bo'lganligi haqidagi masala. Uning xatosini Imom G'azzoliy «Takofu'ul adillati ala qidamil olami va hudusihi» - Olamning qadimligi yoki keyin paydo bo'lganligi haqidagi dalillarning tengligi nomli bahslarida yorqin aqliy tahlil va inkor qilib bo'lmaydigan dalil-hujjatlar ila isbotlab berdilar. Qadimdan faylasuflar bu masalada ikkiga bo'linib olib tortishib kelganlar. Ba'zilari olam azaliy - qadimiy desa, boshqalari olam hodis – keyin paydo bo'lgan, degan. Ikki taraf ham o'zining gapi to'g'riligiga aqliy dalil olib keladi. Ikkisining dalili ham o'ziga to'g'ri ko'rinadi. Ikkisi ham qarshi tarafga bir xil muvaffaqiyat bilan raddiya qiladi. Qadimdan shunday bo'lib kelmoqda edi. Bunga Imom G'azzoliy Yunon faylasuflaridan oldingilarning, yunonlarning va ulardan keyin kelgan faylasuflarning dalillarini birma bir keltirib bayon qildilar. Bu tortishuv bundan keyin qiyomatgacha ham davom etaveradi, deydilar Imom G'azzoliy. Ammo undan odamlarga zarracha foyda bo'lmaydi. Imom G'azzoliyning fikrlaricha, faylasuflarning mazkur tortishuvlari oxiriga yetishi mumkin ham emas. Chunki ular o'zlaridan mutlaq g'aybdagi narsa haqida tortishmoqdalar. O'zlari ichida turgan olamning asli haqida tortishuvni ularga kim qo'yibdi. Biror narsa haqida baho berish uchun uning tashqarisida bo'lish kerak. Olamning ichida turgan odam uning azaliy yoki yangi paydo bo'lganini qayerdan bilsin?! Uning o'rniga inson qo'l ostida turgan narsalarni o'rganishga harakat qilishi kerak, deydilar Imom G'azzoliy. Misol uchun, nega temirni olovga tutsa kuymaydi-yu, paxtani tutsa kuyadi? Mana shu masalani o'ylab ko'rish kerak. Paxta o'zida kuyishga qobiliyati borligi uchun kuymoqdami yoki olovdagi kuydirish qobiliyati ila kuymoqdami?
Imom G'azzoliy rahmatullohi alayhning bu fikrlari musulmonlarda tajribiy ilmlarning kelib chiqishiga sabab bo'ldi. Imom G'azzoliy tajribiy ilmlarning kelib chiqishiga turtki bo'lgan fikr sohibi sifatida dunyo ilmiy tarixida munosib joy olgan ulkan aql sohibi bo'lgan musulmon shaxs sifatida mashhur bo'ldilar. O'rta asrlarda mazkur nazariyaga amal qilish oqibatida, Islom olamida tabiiy ilmlar keng rivoj
opdi. Ulardan asta – sekin ovropoliklarga o'tdi va ular bu ilmlarni yana ham rivojlantirib katta muvaffaqiyatlarga erishdilar.
Imom G'azzoliy va boshqa musulmonlar insonga o'zidagi aql va zakovatni o'zining imkoni darajasida, o'ziga foyda beradigan tarzda ishlatishni taklif qiladilar. Insonning aql doirasidan tashqarida, ming tortishsa ham foyda bermaydigan g'aybiy olam – metafizikaga oid ma'lumotlarni esa tayyor ishonchli manbadan, ya'ni, Alloh taoloning O'zi dinlar orqali bergan xabarlardan olishni taklif qiladilar. Diniy aqiydalarga oid ma'lumotlar aynan g'aybiyot olami – metafizikaga oiddir.
Hozirgacha ko'pchilik musulmonlar, jumladan, Imom G'azzoliy falsafani butunlay kufrga chiqargan degan xayolda yuradilar. Ammo avval o'rganib o'tganimizdek aslida unday emas. Imom G'azzoliy falsafani oltidan birini, ilohiyotga tegishli yerini, yana ham aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, ilohiyotga tegishli yigirmata masaladan uchtasini kufr ekanini bayon qilganlar, xolos. Ammo u kishining o'zlari kuchli faylasuf bo'lganlari aniq. Balki kuchli faylasuf bo'libgina qolmay falsafada tubdan burulish yasagan va uni to'g'ri yo'nalishga yo'llagan alloma sifatida tanilganlar.
Imom G’azzoliy yashagan davrda falsafiy ta’limotlar kabi botiniylar ham o'z fikr va ta'limotlari ila ko'pchilikning e'tiborini qozongan edi. U kishi o'z odatlaricha bu mazhabni ham chuqur o'rganib chiqdilar. Oxiri borib ularning gaplarining barchasi ham sariq chaqaga arzimasligini tushunib yetdilar va o'z kitoblari bilan bu mazhabning ham sharmandasini chiqardilar. Bu borada Imom G'azzoliy bir necha kitoblarni tasnif qildilar:
Al-Mustazhiriy.(Zohir bo’luvchi) 2. Hujjatul haqqi.(Haq hujjati) 3. Mafsalul xilof.(Aniq ziddiyatlar) 4. Qosimil botiniya.(Botiniy qasamlar) 5. Mavohimul botiniya. (Botiniylarning (behuda) o’y-hayollari)
Ilmi kalom, falsafa va botiniyadan o'zlari izlagan ilmi yaqiynini topishdan umidi uzilgan Imom G'azzoliy o'sha vaqtning yana bir ma'rifat o'chog'i bo'lgan tasavvufga yuzlandilar. Bu haqda u kishi o'zlarining «al-Munqiz minaz Zolal» nomli kitoblarida jumladan quyidagilarni aytadilar: «So'ngra ushbu ilmlardan forig' bo'lganimdan keyin bori himmatim ila so'filik yo'liga yo'llandim. Men ularning yo'li ilm va amal ila batamom bo'lishini anglab yetdim. Ularning amalining hosili havoi nafs to'siqlarini kesib o'tishdan, yomon xulqlardan va chirkin sifatlardan poklanib qalbni Alloh taolodan boshqaga joy qoldirmaslik va uni Allohning zikri ila ziynatlashdan iborat edi». «Men uchun ilm amaldan ko'ra osonroq edi. Men ularning kitoblarini o'qib ilmlarini hosil qilishdan boshladim. Abu Tolib Makkiy rahmatullohi alayhning «Quvtul qulub»ini, Horis Muhoribiyning kitoblarini, shuningdek, Junayd, Shibiliy, Abu Yaziyd Bistomiy qaddasallohu arvohahum va boshqa mashoyixlarining qoldirgan fikrlarini o'rgandim. Oxiri ularning ilmiy maqsadlarining g'oyasiga yetishdim. Ularning yo'li bo'yicha ta'lim olish va eshitish bilan hosil qilish mumkin narsalarni hosil qildim. Menga ularning eng xos narsalari ta'lim olish orqali emas zavq, hol va sifatlarning o'zgarishi orqali bo'lishini anglab yetdim». Asta sekin Imom G'azzoliy tasavvuf yo'lidan tasirlanib hamma narsani, jumladan Bag'dodni ham tashlab safarga chiqdilar. O'n yillik tajribadan so'ng o'zlari izlab yurgan haqiqat tasavvufda ekanini anglab yetdilar. Bu borada ma'lum maqomga erishib ko'ngillari taskin topgandan so'ng ilmga va musulmonlarga xizmat qilish lozimligini his qilib yana dars berishga, ilmiy xizmatlarga qaytdilar.Mutafakkir o’zining ijtimoiy ta’limotlarining ko’p qismini aynan tasavvufga oid asarlarida yozib qoldirgan.Imom G'azzoliyning boshqa olimlardan ajratib turadigan ikki xislatlari bor edi. Ulardan birinchisi o'z davrlarida tarqalgan barcha ilmlarni puxta egallaganlari. Biz yuqorida o'tgan satrlarda u kishining aqoid, botiniyyaga qarshi va falsafa hamda mantiq ilmlariga oid kitoblari ro'yxatini keltirdik. Endi tasavvuf va dinga oid kitoblari bilan tanishaylik:
1. Odobus so'fiyya. 5. Al-Risola al-Laduniyya. 2. Al-Arba'un fi usuluddin. 6. Mishkotul Anvor. 3. Eh'you ulumud Diyn. 7. Minhojul Obidiyn ilal Jannati.
4. Javohirul Qur'on va duraruhu. 8. Miyzonul Amal. Imom G'azzoliyning hamma kitoblari o'ta ahamiyatli hisoblanadi. Ammo ularning ichida «Eh'you ulumud Diyn» kitobi alohida e'tibor qozongan kitobdir. Bu kitobni hamma olimlar va tolibi ilmlar o'qigan va o'qimoqdalar. Imom G’azzoliy “Ihyou ulumiddin” kitobida kishining shaxsiy kamolotida tasavvufning rolini bayon qilish bilan birga ijtimoiylashuv, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy konfliktlar, ijtimoiy institutlar, shaxs axloqi va odobi kabi sotsiologiya fani doirasida o’rganiladigan masalalarni ham atroflicha bayon etgan.
G’azzoliyning ta’limotida ijtimoiy munosabat, shaxs ijtimoiylashuvi va axloqi masalalari.
G’azzoliy o’z asarlarida ijtimoiy munosabat masalalariga, xususan ijtimoiy munosabat subyektlarining muomala normalariga yetarlicha ahamiyat qaratgan.
Ma’lumki inson jamiyatda ma’naviy jihatdan o’ziga o’xshagan shaxslar bilan musobabat o’rnatishga va asosan ular bilan do’stlashishga harakat qiladi Bu shaxslarning jamiyatda bir-birlariga o’zaro ijtimoiy ta’sirlari borligidan dalolat beradi G’azzoliyning ijtimoiy munosabatlarga doir ta’limotlarida shu muhim jihat ham nazardan chetda qolmagan. G’azzoliy “Ihyo” sida yozadiki:−Payg'ambar s.a.v. hadislarida shunday deyiladi: "Kishi do'stining dinida bo'ladi. Sizlardan biringiz bir kishi bilan do'stlashmoqchi bo'lsa, yaxshilab qarasin", ya'ni uning odob-axloqi va din-diyonatidan xabardor bo'lsin.
G’azzoliy har bir kishi ham suhbatdosh bo'lishga yarayvermaydi, deydi. Shuning uchun suhbatdoshning sifat va xislatlarini yaxshi bilish lozim bo'ladi. Shu sifatlariga ko'ra, u bilan suhbat quriladi. Bu xislatlar mol-dunyo, mansab, obro'lardan foydalanish kabi dunyoviy yoki muloqot etish, so'zlashib bir-biri bilan ulfatchilikning o'zi bo'lishi mumkin. Suhbatdosh bo'lishda turli maqsadlar jam bo'ladi. Masalan, suhbatdoshdan ilm olish va unga amal etish bilan foyda topish, qalbining qorayishi, ibodatdan to'silish bilan o'ziga aziyat yetishidan himoya topishda mansabdor suhbatdoshdan foydalanish, rizq-ro'z talabida vaqtni o'tkazishdan o'zini saqlashda suhbatdoshining moliyaviy yordami bilan kifoyalanish suhbat foydalaridan hisoblanadi, deydi mutafakkir. Turli muhim ishlarni amalga oshirishda suhbatdoshdan yordam talab etish uning foydasi sirasiga kiradi. Suhbatdosh musibatlarda himoya vositasi va turli hollarda quvvat manbai bo'ladi.
G’azzoliy shaxs suhbatdoshida besh xislat mavjudligini ta’kidlaydi. Bular: suhbatdosh oqil; xushxulq bo'lishi, fisq-fujur va bida’tdan uzoqda bo'lishi, dunyoga xaris bo'lmasligi. G’azzoliy jamiyatda insoniy munosabatlar tizimida do’stlashish va birodar bo’lishni shaxslararo ijtimoiy distansiyani (masofa) yaqinlashtiruvchu eng kuchli omil sifatida qarab, bu birodarlikni o’zaro haq-huquqlarga rioya etgan,
Yüklə 73 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin