Farobiy ta`lim va tarbiyaga birinchi marta ta`rif bergan olim sanaladi. Ta`lim – degan so`z insonga o`qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya – nazariy fazilatni, ma`lum xunarni egallash uchun zarur bo`lgan xulq normalarini va amaliy malakalarni o`rgatishdir, deydi olim. Abu Nasr Farobiy yana aytadi: «Ta`lim – degan so`z xalqlar va shaharliklar o`rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o`rtasidagi tug`ma fazilat va amaliy kasb hunar fazilatlarini birlashtirish degan so`zdir. Ta`lim faqat so`z va o`rgatish bilangina bo`ladi. Tarbiya Aesa, amaliy ish tajriba bilan, ya`ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo`lgan ish - harakat, kasb - hunarga berilgan bo`lishi, o`rganishidir»
Farobiy ta`lim va tarbiyaga birinchi marta ta`rif bergan olim sanaladi. Ta`lim – degan so`z insonga o`qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya – nazariy fazilatni, ma`lum xunarni egallash uchun zarur bo`lgan xulq normalarini va amaliy malakalarni o`rgatishdir, deydi olim. Abu Nasr Farobiy yana aytadi: «Ta`lim – degan so`z xalqlar va shaharliklar o`rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o`rtasidagi tug`ma fazilat va amaliy kasb hunar fazilatlarini birlashtirish degan so`zdir. Ta`lim faqat so`z va o`rgatish bilangina bo`ladi. Tarbiya Aesa, amaliy ish tajriba bilan, ya`ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo`lgan ish - harakat, kasb - hunarga berilgan bo`lishi, o`rganishidir»
Farobiy nazariy bilimlarni egallashga kirishgan har bir kishi xulq – odobda ham qay darajada pok bo`lishi kerakligini «Falsafani o`rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to`g`risida»gi risolasida shunday ta`riflaydi: «Falsafani o`rganishdan avval o`zingizni hirshavaslardan shunday tozalashingiz lozimki, sizda maishiy va shahvoniyat kabi notug`ri tuyg`ularga emas, balki kamolotga bo`lgan hirs-havas qolsin. Bunga xulq axloqni faqat so`zdagina emas, balki haqiqatda (amalda) tozalash orqali erishish mumkin. Shundan so`ng xato va adashishdan saqlovchi, haqiqat yo`lini tushunib olishga boshlovchi (notiq – so`zlovchi, fikrlash ma`nosida) nafsini, jonini, ruhini tozalash zarur»
Farobiy nazariy bilimlarni egallashga kirishgan har bir kishi xulq – odobda ham qay darajada pok bo`lishi kerakligini «Falsafani o`rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to`g`risida»gi risolasida shunday ta`riflaydi: «Falsafani o`rganishdan avval o`zingizni hirshavaslardan shunday tozalashingiz lozimki, sizda maishiy va shahvoniyat kabi notug`ri tuyg`ularga emas, balki kamolotga bo`lgan hirs-havas qolsin. Bunga xulq axloqni faqat so`zdagina emas, balki haqiqatda (amalda) tozalash orqali erishish mumkin. Shundan so`ng xato va adashishdan saqlovchi, haqiqat yo`lini tushunib olishga boshlovchi (notiq – so`zlovchi, fikrlash ma`nosida) nafsini, jonini, ruhini tozalash zarur»
Forobiy ilmlarni tasniflashda borliq xususiyatlarining tahlilidan va ularning fanda aks etishidan kelib chiqadi. Uning tasnifi, eng avvalo, tabiatni, tafakkur va nutqni, til va mantiqni o'rganishga qaratilgan. Forobiyga ko'ra, ilmlarning tasnifidan maqsad haqiqatni o'rganish va tasdiqlashdan, uni yolg'ondan farqlashdan iborat. Olimning fikricha, fanlar va umuman bilimlar borliqdan kelib chiqib, borliqni uzoq vaqt o'rganish asosida to'planib boradi. Turli ilmlar bir-birini inkor qilmaydi, balki o'zaro bir-biri bilan bog'liq holda rivojlanadi. Ular dunyoni idrok qilishga va insonlarning baxt-saodatga erishishiga qaratilgandir.
"Taʼlim degan soʻz insonga oʻqitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish ; maʼlum birhunarni egallash uchun zarur boʻlgan amaliy malakalar",- deydi olim. Forobiyning taʼlimtarbiya haqidagi qarashlarida insonparvarlik gʻoyalari alohida oʻrin tutadi. Forobiyning ta'kidlashicha, tarbiyalanuvchi ixtiyoriy ravishda zaruriy, aqliy va axloqiy xislatlarni bilimli boʻlishga, toʻgʻrilik va haqiqatni sevishga, jasur, doʻstlarga sadoqatli boʻlish singari fazilatlarni egallashga intilmog'i lozim. Abu Nasr Forobiy insonga xos hamda uning ma'naviy yuksalishida muhim ahamiyat kasb etuvchi tafakkur va nutqning rivojlanishini ta'lim- tarbiyaning asosini tashkil etuvchi muhim jarayon hisoblaydi. U insonni dunyotaraqqiyotining eng mukammal va eng yetuk yakuni deb biladi. Shunga koʻra olim oʻz asarlarida insonga tarbiya va taʼlim berish zarurligini aytadi va bunda taʼlim- tarbiya usullaridan kutilgan maqsad masalalari asosiy oʻrinni egallashini qayd qiladi. Forobiy insonning maʼnaviy hayotida, asosan, uning ikki tomoniga: aql-idrok ongiga va axloqiga eʼtibor beradi. Shuning uchun taʼlim- tarbiya uning fikricha aqliy tomondan ham, axloqiy tomondan ham yetuk qilib yetishtirishga qaratilmog'i lozim. Taʼlimtarbiya jarayonida nazariy bilim bilan amaliy harakat, odatiy malaka, faoliyat birlashib boradi, yetuklik shu birlashuvning darajasiga qarab yuzaga keladi. Forobiy tarbiya berish usullari haqida shunday yozadi: birinchi usul:
qanoatbaxsh soʻzlar, chorlovchi, ilhomlantiruvchi soʻzlar yordamida odat hosil qilinadi va malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi gʻayrat, kasbga intilish harakatga aylantiriladi. Ikkinchi usul: majbur etish yoʻlidir. Bu usul majburiyravishda tarbiyalanuvchilarni tarbiyalashdir. Farobiy o'zqarashlarida insonning aqliy va axloqiy jihatlariga alohida e'tiborini qaratadi va u "Fozil odamlar shahri" asarida o'n ikki tug'ma xislatni birlashtirgan kishigina axloqli inson bo'la olishini ta'kidlaydi. Bular quyidagilar: "Birinchidan bunday odamning barcha a'zolari mukammal taraqqiy etgan, sog'lom bo'lish lozim; ikkinchidan, tez fahm so'zlovchining maqsadini tez payqay oladigan bo'lsin; uchinchidan, xotirasi juda kuchli va mustahkam bo'lsin; to'rtinchidan, zehni tez va o'tkir bo'lsin; beshinchidan, nutqi ravon, fikri teran, mulohazalarini yorqin bayon eta olsin; oltinchidan, bilish va o'rganishga ishtiyoqi baland bo'lib, bilimlarini charchashni sezmasdan o'zlashtira olsin; yettinchidan, nafsini tiya oladigan, qimor o'yinlaridan jirkanadigan bo'lsin; sakkizinchidan haqiqatni sevadigan bo'lsin; to'qqizinchidan g'ururli va vijdonli bo'lsin, oliyjanob ishlarga intilsin; o'ninchidan, mol-dunyo yig'ishga berilmasin; o'nbirinchidan, adolatli bo'lsin, odamlarni adolatga targ'ib etadigan bo'lsin; o'n ikkinchidan, adolatli bo'lsin, ammo qaysar bo'lmasin, adolat oldida qaysarlik qilib, o'zbilarmonlikka berilmasin, lekin har qanday adolatsizlik, pastkashlik oldida lafzli bo'lsin, o'zi zarur debbilgan narsasini amalga oshirishda qat'iylik ko'rsatsin, qo'rqmas, jasur bo'lsin, qo'rqish va ojizlikni bilmasin".
Keyinchalik esa oʻzgaradi, ya'ni ijtimoiylashuv jarayonida odamalar ming yillardn beri amal qilib kelayotgan qadriyatlar va me'yorlarni qabul qiladilar. Oʻzining " Baxt-saodatga erishuv haqida"asarida bilimlarni oʻrganish tartibi haqida fikr bayon etgan. Uning aytishicha, avval bilish zarur boʻlgan ilm oʻrganiladi, bu olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni oʻrgangach, tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni oʻrganishi lozim. Undan soʻng, umuman,jonli tabiat ya'ni oʻsimlik va hayvonlar haqidagi ilm oʻrganiladi, deydi. Forobiy inson kamolotga taʼlim - tarbiyani toʻgʻri yoʻlga qoʻyish orqali erishish mumkin deydi. Chunkimaqsadga muvofiq amalga oshirilgan ta'lim-tarbiya insonni ham aqliy, ham axloqiy jihatdan kamolga yetkazadi.
Forobiyning yozishicha, haqiqiy baxtga erishish uchun harakat qiluvchi, o'zaro yordam qiluvchi, xalqini birlashtirgan shahar — fozil shahar hisoblanadi. Baxtga erishish maqsadida o'zaro yordam bergan va birlashgan kishilar fazilatli jamoa bo'ladi. Forobiy fikriga ko'ra, davlatni idora etuvchi shaxs o'zining fazilat va xulq-odobi bilan ajralib turishi, xususan u 6 ta xislatni egallagan bo'lishi, ya'ni adolatli va dono bo'lishi, boshqalarga g'amxo'rlik qilishi, qonunlarga to'la rioya etishi va qonunlarni yarata olishi, kelgusini oldindan ko'ra bilishi kerak. Forobiyning talqinicha, fozil shaharlar yuqori madaniyatli bo'ladi. Unda yashaydigan xalq o'zi istagan kasb-hunarni egallaydi. Bunday jamiyatda to'la erkinlik va teng huquqlik hukm suradi. Forobiyning fozil jamoa haqidagi ta'limoti uning axloqiy kamolot va baxtsaodatga erishuv hamda insonparvarlik g'oyalari bilan chambarchas bog'liqdir. U o'zining ijtimoiy-faIsafiy, siyosiy va axloqiy qarashlari markaziga insonni, uning maqsad muddaolarini o'rganishni, axloqiy kamolot va baxt-saodatga erishuv yo'llarini ko'rsatishni qo'yadi. Axloqiy kamolot deganda, xayr-ehsonli ishlar, go'zal insoniy fazilatlarni tushunadi. Axloqiy kamolotga xalaqit bemvchi salbiy xislatlarga dangasalik, bekorchilik, bilimsizlik, ongsizlik, kasb- hunarsizlikni kiritadi. Forobiy aql, ilm va ma‘rifatni baxtsaodatga erishishning asosiy vositasi deb biladi. Forobiy inson fazilatlarini tug'ma va yashash jarayonida paydo bo'ladigan fazilatlarga bo'ladi. Olimning fikricha, tug'ma fazilatlarga insonning o'ta o'tkir zehnliligi, biror narsani bilishga o'ta qobiliyatliligi kiradi. Lekin tug'ma fazilatlar hayotda kam uchraydi. Asosiy axloqiy fazilatlarni odam yashash davomida egallaydi. Tug'ma fazilatli odamlar ham tarbiyaga muhtoj. Agar unday odamni tarbiyalab va to'g'ri yo'lga solib turilmasa, uning qobiliyati tezda so'nib qolishi mumkin. Tug'ma qobiliyat ham nisbiy tushunchadir. Ba'zi kishilar tug'ma qobiliyatini ishga solib yaxshi natijaga erishsa, boshqalari yomon natijaga erishadi.
Bu fikrlardan Forobiyning taʼlim-tarbiyada, yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda, xususan, aqliy-axloqiy tarbiyaga alohida eʼtibor berganligi koʻrinib turibdi. Uning taʼkidlashicha, bilim bilangina maqsadga erishilmaydi va bola ham yetuk boʻlmaydi. Olim daraxtning yetukligi uning mevasi bilan boʻlganidek, insonning barcha xislatlari ham axloq bilan yakunlanishini aytadi. Umuman, Forobiy oʻz davridagi yoshlarning taʼlim olishlari, bilim egallashlari, hunar egallashlari, faoliyat koʻrsatishlari, mehnat qilishlari zarurligi xususida fikrlar bildirgan. Bu fikrlar hozirda ham taʼlim-tarbiyaga gʻoyat muhimdir.
Farobiy manbalarda "Al-faylasuf at-turkiy" deb yuritiladi. Farobiyning millati darhaqiqat turk bo‘lib, Movarounnahrda Farb viloyatining Vasij qishlog‘idagi xijriy 257 (melodiy 873) yilda tug‘ilgani, otasi armiya qo‘mondoni bo‘lgani aytiladi. Farobiy dastlab Marvda tahsil ko‘rgan. Keyin Bog‘dodga ketdi. Falsafaga teran bir qiziqishi bor edi. Abu mashr Mottabin yunusdan mantiq darsi oldi. Oraliqda bir bora Xarronga ketdi. Safarda yuxonna bir Xaylon bilan tanishdi. Undan mantiq va falsafa ilmini o‘rgandi. Ilm tahsilini qattiq sevganidan falsafiy madaniyatni ortirish uchun yana Bog‘dodga qytdi; yunon faylasufini va ayniqsa Arastu (Aristotel)ning asarlarini sinchiklab o‘rgandi. Islom ilmilarini ham yaxshi bilar edi. Yaxshilik qilishni sevar edi. Xalifa Mutadir zamonida atrofiga ziyo tarata boshladi.
Talay falsafiy asarlar yoza boshladi. Ba’zi asarlarni ham qulay anglashilsin deya Sharh etdi. Bir asno shom (Suriyaga) va Misrga ketdi. Shomga qaytdi. Xalaf (Aleppo) va shom hududlarining sultoni Sayf ad-Davlat Farobiyga ko‘p hurmat ko‘rsatadi. Nihoyat Farobiy xijriy 339 (milodiy 950) yilda hayotdan ko‘z yumdi. Undan juda ko‘p asarlar meros qolgan. Turli ilm sohalarida zamonning eng mashhur olimi edi. Ayniqsa, falsafa, mantiq, psixologiya, musiqa, matematika va tib bilimlariga doir tadqiqotlari bilan keng Shuhrat qozongan.
Abu Nasr Al Farobiy qalamiga mansur asarlari 160 dan ortiqdir. Ular "Talxisu Navomisu Aflotun" (Aflotun qonuniyalarini mohiyati) "Nufuzli Shahar aholisining maslavi", "Baxt saodatga erishuvchi risola" va hakozolardir. Al Farobiy o‘zining ko‘p qirrali ijodi bilan kelajak avlodni bilim va madaniyatga erishishida inson kamoldotiga alohida e’tibor berdi.
Farobiy insonning kadr-qimmatiga, uning aql zakovanining ijodiy va bunyodkorlik kuchiga yuksak baho beradi: inson Farobiy uchun Shunchaki biologik bir mavjudod emas, u o‘uz mohiyatiga ko‘ra aql idroki tufayli hayvonot dunyosi chegaralaridan tashqariga chiqadi. Uning aql idroki mehnati bilan bir qatorda uni ijtimoiy jihatdan faol qilib qo‘yyadi. Insonning hayoti stixiyali tarzda ketishi mumkin emas. Bu hayot ongli va aniq maqsadni ko‘zlagan bo‘lishi, faqat Shaxsiy emas balki, ijtimoiy ahamiyatga ham molik bo‘lishi lozim.
Farobiy pedagogik qarashlarida insonning barcha axloqiy imkoniyatlari yaxshilik va yomonlik, foyda va zarar haqidagi mulohazalarni) baxtga erishishdan iborat birdan bir maqsad mevasi deb biladi. Uning fikricha bir kishining baxti boshqalarning shaxsiy rohat farog‘atiga erishishning zarur shartidir. Ijtimoyi va shaxsiy jihatlarning birligi orqaligina yalpi baxtga erishiladi.
Farobiyning fikricha barcha axloqiy normalar va qoidalar, yaxshi yoki yaramas, ijobiy yoki salbiy, axloqiy xatti harakatlar, xullas insonning barcha harakatlari uning o‘z baxtiga erishishiga qanday munosabatda bo‘lishi bilan baholanadi.
Abu Nasr Farobiy o‘z davrining qator ilmlarini chuqur o‘rganib, turli sohalarga oid ilmiy asarlar yozib qoldirgan. U o‘z davrining birinchi faylasufi, musiqachisi, shoiri, qomusiy olimi bo‘lib nom qozondi. U «Aql haqidagi risola», «Falsafadan oldin nimani o‘rganish kerak», «Substansiya haqida», «Falsafa manbalari», «Logikaga kirish», «Masalalar manbai» kabi 160 dan ortiq risolalar yaratdi.
Abu Nasr Farobiy birinchilardan bo‘lib, o‘z davri ilmlar klassifakatsiyasini yaratgan va unga bag‘ishlab qator risolalar yozdi. U o‘z davrida musiqa masalalariga atab katta asar yozib, musiqa nazariyasining tafsilini berdi va sharqda keng tarqalgan nay, nog‘ora, chang, rubob kabi qator Musiqa asboblari ta’rifini yozib qoldirdi. Uning bu asari sharq musiqashunosligi tarixida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. U o‘z davrining qomusiy olimi bo‘lib, riyoziyot, tibbiyot, arab grammatikasi, alximiya, falakkiyot, mantiqqa oid asarlar muallifidir.
Lekin Farobiy avvalambor mashhur faylasuf – falsafaning eng muhim masalalari bo‘yicha qator asarlarning muallifi sifatida shuhrat qozondi. U sharqda qadim yunon falsafasi ayniqsa, qadimgi dunyoning qomusiy olimi Aristotelning asarlarini o‘rganish, ularga sharhlar yozish, g‘oyalarini targ‘ib etish va yanada rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shdi. Aristotel «Birinchi muallim» deb nom olgan bo‘lsa, butun sharqda Farobiy «Ikkinchi muallim» unvoniga sazovor bo‘ldi.
U Aristotelning barcha falsafiy asarlariga yana qadimgi yunon olimlari Platon, Galen, Evklid, Parfariy, Sokrat kabilarning risolalariga sharhlar yaratdi.
Abu Ali ibn Sinoning yozishicha, u buyuk yunon faylasufi Aristotelning «Metofizika» kitobini 11 marotaba o‘qib tushuna olmagan ekan va bundan mayus tortib, hafsalasi pir bo‘lib, bu kitobni tokchaga tashlab qo‘ygan ekan. Kunlardan bir kuni u bozordan o‘tib ketayotganida kambag‘al, bechora, aftodahol bir kishi qo‘lidagi kitobni odamlarga sotib olishlarini yolvorib so‘rab turganini, eyarga bir burda noni ham yo‘qligini aytib odamlarga zorlanib turganini ko‘rib qolibdi.
Ibn Sino unga rahmi kelib, kitobni ko‘rib ham o‘tirmay sotib olibdi-da uyiga kelib uni varaqlab ko‘ribdi. Ko‘ribdi-yu, hayhot!…. Kitob o‘zi izlab yurgan, Farobiyning Aristotelni «Metafizika» kitobiga yozgan Sharhi ekan. Kitobni bir marta o‘qib chiqishidayoq Aristotelni tushunib, uni to‘la o‘zlashtirib olgan ekan. Shundan keyin u bundan azbaroyi xursand bo‘lganidanyurtga ziyofat bergan ekan.
Farobiy o‘z davrida ijtimoiy-siyosiy masalalar bo‘yicha birinchi bo‘lib yirik asarlar yaratgan mutafakkirdir. U ijtimoiy hayotning turli masalalari, ayniqsa, davlat tuzilishi va uni boshqarish, turli ijtimioiy nizolarning oldini olish kabi hamda kamolotga erishgan ijtimoiy jamoani yaratish kabi ijtimoiy masalalarni olg‘a surdi. Etuk jamoani vujudga keltirish komil insonni yaratish muammosini hal etish bilan bog‘liq ekanligini birinchi bor O‘rta asr Sharoitida Farobiy olg‘a surdi. «Uning ideal shahar aholilarining raylari», «Ideal jamoa haqida», «Baxt-saodatga erishuv to‘g‘risida» kabi mashhur asarlari shu masalalarga bag‘ishlandir.
U olamning turli-tumanligi, tabiatning nihoyatda boyligini e’tirof etib, ular asosida 4 element: er, suv, olov, havo mavjudligini ta’kidlaydi, shu bilan birga olamning ibtidosi, boshlanishi boshlang‘ich yaratguvchi kuchdan nurlanish yordamida pog‘onama-pog‘ona vujudga kelganligini ta’kidlaydi.
Ba’zi manbalarda Farobiy etmishdan ortiq tilni bilganligi ta’kindalanadi.
Shu o‘rinda Abu Nasr Farobiyning axloqli kishi to‘g‘risidagi fikrini keltirishni joiz topdik. U «o‘n ikki tug‘ma xislatni» birlashtirgan kishigina axloqli bo‘la oladi, deb ta’kidlaydi. Ular:
- birinchidan, bunday odamning barcha organlari shu darajada mukammal taraqqiy etgan bo‘lishi kerakki, bu organlari bilan bajarmoqchi bo‘lgan barcha ishlarini osonlik bilan amalga oshira olsin;
- ikkinchidan, barcha masalani, muhokama va mulohazani tezda va to‘g‘ri tushuna oladigan, uning ma’nosini anglay oladigan, so‘zlovchining maqsadi va aytilgan fikrining chinligini (haqqoniyligini) tezda payqay olsin;
- uchinchidan, xotirasi juda baquvvat bo‘lsin, ko‘rgan-eshitgan, sezgan narsalarining birortasini xotiradan chiqarmay, yodida saqlab qoladigan bo‘lsin;
- to‘rtinchidan, zehni shu darajada tez va o‘tkir bo‘lsinki, biror narsaning alomatini sezishi bilan bu alomat nimani bildirishini tezda bilib olsin;
- beshinchidan, so‘zlari aniq bo‘lsin, fikrini va aytmoqchi bo‘lgan mulohazalarini ravon va ravshan bayon eta olsin;
- oltinchidan, bilish va o‘qishga muhabbati bo‘lsin, o‘rganmoqchi bo‘lgan bilimini charchashni sezmasdan osonlik bilan o‘zlashtira olsin;
- ettinchidan, ovqatlanishda, ichimlik iste’mol qilishda ochko‘z bo‘lmasin, tabiati qimor o‘yinlarini o‘ynashdan uzoq bo‘lsin va ular keltiradigan xursandchilikdan jirkanadigan bo‘lsin;
- sakkizinchidan, haqiqatni va haqiqat tarafdorlarini sevadigan bo‘lsin, yolg‘on va yolg‘onchilarga nafrat bilan qaraydigan bo‘lsin;
- to‘qqizinchidan, ruhi g‘ururli va o‘z vijdonini qadrlaydigan bo‘lsin, uning ruhi o‘z tabiati bilan past ishlardan yuqori va olijanob ishlarga intiladigan bo‘lsin;
- o‘ninchidan, dirham, dinor va shu kabi turmush buyumlariga jirkanish bilan qarasin;
- o‘n birinchidan, o‘z tabiati bilan adolatni sevadigan va adolat uchun kurashuvchilarga hurmat bilan, adolatsizlikka, jabr-zulm o‘tkazuvchilarga nafrat bilan qaraydigan bo‘lsin, go‘zal va yaxshi hisoblangan narsalarni barchaga taqdim etgan holda, odamlarni adolatga targ‘ib etadigan holda adolatsizlik natijalarini yo‘qotadigan, ularga yo‘l qo‘ymaydigan bo‘lsin;
- o‘n ikkinchidan, adolatli bo‘lsin, ammo qaysar bo‘lmasin, adolat oldida, adolatsizlik, pastkashlik oldida qat’iy so‘zlik bo‘lsin, o‘zi zarur deb bilgan narsasini amalga oshirishda qat’iylik ko‘rsatsin, qo‘rqmas, jasur bo‘lsin, qo‘rqish va ojizlikni bilmasin.
Farobiy inson uchun xos bo‘lgan bu o‘n ikki xislatni o‘z asarida ilmiy-falsafiy jihatdan asoslab beradi. Bu asar yoshlarimizning axloqiy tarbiyasida, ayniqsa o‘zligini anglashda bebaho manba bo‘lib hisoblanadi.
Abu Nasr Farobiy ta’lim-tarbiyaga bag‘ishlangan asarlarida ta’lim-tarbiyaning muhimligi, unda nimagqlarga e’tibor berish zarurligi, ta’lim-tarbiya usullari va uslubi haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shahri», «Baxt-saodatga erishuv to‘g‘risida», «Ixso al-ulum», «Ilmlarning kelib chiqishi», «Aql ma’nolari to‘g‘risida» kabi asarlarida ijtimoiy-tarbiyaviy qarashlar o‘z ifodasini topgan.
Farobiy o‘z ishlarida ta’lim-tarbiyani uzviy birlikda olib borish haqida ta’lim bergan bo‘lsa ham, ammo har birining insonni kamolga etkazishda o‘z o‘rni va xususiyati bor ekanligini alohida ta’kidlaydi.
Farobiy «Baxt-saodatga erishuv to‘g‘risida» asarida bilimlarni o‘rganish tartibi haqida fikr bayon etgan. Uning ta’kidlashicha, avval bilish zarur bo‘lgan ilm o‘rganiladi, bu – olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni o‘rgangan, tabiiy ilmlarni tabiiy jismlar tuzilishini Shaklini, osmon haqidagi bilimlarni o‘rganish lozim. Undan so‘ng, umuman, jonli tabiat – o‘simlik va hayvonlar haqidagi ilm o‘rganiladi, deydi.
Farobiy inson kamolotga yolg‘iz o‘zi erisha olmaydi, u boshqalar bilan aloqada bo‘lish, ularning ko‘maklashuvi yoki munosabatlariga muhtoj bo‘ladi, deb hisoblaydi
Bunga Farobiy ta’lim-tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish orqali erishish mumkin, deydi. Chunki maqsadga muvofiq amalga oshirilgan ta’lim-tarbiya insonni ham aqliy, ham axloqiy jihatdan kamolga etkazadi, xususan, inson tabiat va jamiyat qonun-qoidalarini to‘g‘ri bilib oladi va hayotda to‘g‘ri yo‘l tutadi, boshqalar bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘ladi, jamiyat tartib-qoidalariga rioya qiladi.
Farobiy ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va Shu jamiyat uchun xizmat qiladigan etuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi
Insonning axloqiy xislatlarini shakllantirish asosan tarbiya va tarbiyachining, bilimdon muallimning vazifasidir.
Abu Nasr Farobiy ilg‘or pedagogik qarashlari ilk o‘rta asr madaniyatining yuksalgan davridagi bu sohadagi yuqori g‘oyalarni o‘zida mujassam qila oladi. Farobiy falsafasi, jumladan, uning pedagogik g‘oyalari, xususan ijtimoiy pedagogikasi sharq va G‘arbning so‘nggi mutafakkir olimlariga – Ibn Sino, Beruniy, Miskaviyx, ibn rushd, ibn Xoldun, Rodjer Bekon, David, Didakta, Spinoza kabilarga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Farobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan olim sanaladi. Ta’lim – degan so‘z insonga o‘qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya – nazariy fazilatni, ma’lum hunarni egallash uchun zarur bo‘lgan xulq normalarini va amaliy malakalarni o‘rgatishdir, deydi olim. Abu Nasr Farobiy yana aytadiki, «Ta’lim – degan so‘z xalqlar va Shaharliklar o‘rtasida nazariy faziltni birlashtirish, tarbiya esa Shu xalqlar o‘rtasidagi tug‘ma fazilat va amaliy kasb-hunar fazalatlarini birlashtirish degan so‘zdir. Ta’lim faqat so‘z va o‘rgatish bilangina bo‘ladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan, ya’ni Shu xalq, Shu millatning amaliy malakalardan iborat bo‘lgan ish-harakat, kasb-hunarga berilgan bo‘lishi, o‘rganishidir», - deydi.
Farobiyning ta’lim-tarbiya yo‘llari, usullari, vositalari haqidagi qarashlari ham qimatlidir. U insonda go‘zal fazilatlar ikki yo‘l – ta’lim va tarbiya yo‘li bilan hosil qilinadi. Ta’lim nazariy fazilatlarni birshaltirsa, tarbiya esa tug‘ma fazilat – nazariy bilimlar va amaliy kasb-hunar, xulq-odob fazilatlarini birlashtiradi, ta’lim so‘z va o‘rganish bilan, tarbiya esa, amaliy ish, tajriba bilan amalga oshiriladi, deydi. Har ikkialasi birlashsa, etuklik namoyon bo‘ladi, ammo bu etuklik bilim va amaliy ko‘nikmalarni qay darajada o‘rganganligiga qarab paydo bo‘ladi, deb ko‘rsatadi.
Farobiy ta’limda barcha fanlarning nazariy asoslari o‘rganilsa, tarbiyada ma’naviy-axloqiy qoidalar, odob me’yorlari o‘rganiladi, kasb-hunarga oid malakalar hosil qilinadi, deb uqtiradi. Bu muhim vazifa tajribali tarbiyachilar tomonidan ta’lim-tarbiyaning turli metodlari yordamida amalga oshiriladi. Farobiy ta’lim-tarbiya ishlarini ikki yo‘l bilan amalga oshirishni nazarda tutadi. Amaliy fazilatlar va amaliy san’at (kasb-hunar)lar va ularni bajarishga odatlanish masalasiga kelganda, bu odat ikki yo‘l bilan hosil qilinadi: bulardan birinchisi
Dostları ilə paylaş: |