Farobiy ta`lim va tarbiyaga birinchi marta ta`rif bergan olim sanaladi. Ta`lim – degan so`z insonga o`qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya – nazariy fazilatni, ma`lum xunarni egallash uchun zarur bo`lgan xulq normalarini va amaliy malakalarni o`rgatishdir, deydi olim. Abu Nasr Farobiy yana aytadi: «Ta`lim – degan so`z xalqlar va shaharliklar o`rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o`rtasidagi tug`ma fazilat va amaliy kasb hunar fazilatlarini birlashtirish degan so`zdir. Ta`lim faqat so`z va o`rgatish bilangina bo`ladi. Tarbiya Aesa, amaliy ish tajriba bilan, ya`ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo`lgan ish - harakat, kasb - hunarga berilgan bo`lishi, o`rganishidir»

Farobiy nazariy bilimlarni egallashga kirishgan har bir kishi xulq – odobda ham qay darajada pok bo`lishi kerakligini «Falsafani o`rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to`g`risida»gi risolasida shunday ta`riflaydi: «Falsafani o`rganishdan avval o`zingizni hirshavaslardan shunday tozalashingiz lozimki, sizda maishiy va shahvoniyat kabi notug`ri tuyg`ularga emas, balki kamolotga bo`lgan hirs-havas qolsin. Bunga xulq axloqni faqat so`zdagina emas, balki haqiqatda (amalda) tozalash orqali erishish mumkin. Shundan so`ng xato va adashishdan saqlovchi, haqiqat yo`lini tushunib olishga boshlovchi (notiq – so`zlovchi, fikrlash ma`nosida) nafsini, jonini, ruhini tozalash zarur»