Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi shaxsiga qo‘yilgan talablar.
Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o‘rni
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan ulkan islohatlarning
muvaffaqiyatga eng avvalo odamlarning o‘z ishlariga ma’suliyat bilan qarashlariga,
kundalik mehnat faoliyatida mamalakat taraqqiyotiga hissa bo‘lib qo‘shiladigan
savobli ishlarni qila olishlariga bog’liq. Jamiyatda pedagog (o‘qituvchi, tarbiyachi)
birinchidan, o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, ikkinchidan mehnatkash
xalqimizga har tomonlama bilim berishdek savobli va ma’suliyatli vazifalarni
bajaradi.
Maktabgacha pedagogika fani – bu kelajak, istiqbol uchun meros qilib
qoldiriladigan boylikdir. Bu boylikning qadr-qimmati shu qadar buyukki, u odamni
ma’naviy jihatdan boy qilib, qalbini baxtga, ilohiy nurga to‘ldiradi. Dunyoda biror
kimsa yo‘qki, uning ustozi bo‘lmasa. U xukumat rahbarimi, buyuk allomami,
shifokormi, xalq mexrini qozongan yozuvchimi yoki qo‘li gul kosibmi, qo‘yingki,
barcha-barchaning o‘z ustozi va hayot yo‘lini charog’on etib turuvchi yo‘lboshchisi
bo‘ladi.
Ustozning eng buyuk burchi – uning xalqqa nafi tegadigan, aql-idrokli,
qobiliyatli, uquvli shogirdlar tayyorlashidir.
Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek
muhim va fahrli shu bilan birga ma’suliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining
siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq va jamiyat oldidagi o‘z
ma’suliyatini anglashga ta’lim - tarbiya ishlarini hal etishga ijodiy yondoshishga o‘z
mahoratini doimo faollashtirib borish va hamkasblarning ishdagi o‘sishiga
ko‘maklashuviga yordam beradi. Tarbiyachi o‘zi yashab turgan o‘lka hayotini
bilishi tabiat va jamiyat omillarini tushunishi ijtimoiy faol bo‘lishi kerak.
Respublikamiz rahbariyati pedagoglar faoliyatini yuqori baholamoqda.
Ma’lumki O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov (1996-yil 9-
yanvardagi) Farmoniga binoan «1 oktyabr Xalq ta’limi xodimlari – o‘qituvchi
murabbiylar kuni» deb e’lon qilindi. Bu voqea davlatimizni o‘qituvchilarni
jamiyatda tutgan o‘rni naqadar yuksakligidan dalolat beradi. Yosh avlodni barkamol
qilib tarbiyalashda erishgan yutuqlari uchun, pedagog ishidagi ijodiy mehnatlari
uchun, ilg’or tajribalarni umumlashtirishda erishgan yutuqlari uchun o‘qituvchi,
tarbiyachilar «Metodist o‘qituvchi», «katta o‘qituvchi», «Metodist - tarbiyachi»,
«Xalq maorifi a’lochisi» va shu kabi sharafli unvonlar bilan taqdirlanadilar. Xalq
ta’limi xodimlari orasidan respublika bo‘yicha deputatlar saylanishi ham ularga
bo‘lgan chuqur hurmat-ehtiromni bildiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh .M.Mirziyoev tashabbuslari bilan
jumhuriyatimizda pedagog xodimlarning oylik maoshlari yildan-yilga oshirilib,
turmush sharoitlari yaxshilanib kelinmoqda. Pedagog xodimlarni malakasini
oshirish
ilmiy-metodik
markazlari
kengaytirilmoqda,
ularning
siyosiy
tayyorgarligiga talab kuchaytirilmoqda, har 4-5 yilda qayta tayyorlashdan o‘tishlari
uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |