Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi shaxsiga qo‘yilgan ta
Pedagog – tarbiyachining nutq madaniyati Nutq madaniyati ─ ijtimoiy madaniyatni, kishilik jamiyati madaniyatini aks
ettiruvchi bir ko‘zgudir. Nutq madaniyati adabiy tilning har ikki shakli ─ yozma va
og’zaki shakli uchun zarurdir. Nutq madaniyatiga e’tibor yolg’iz o‘qituvchilardan
emas, balki har bir fuqarodan ongli ravishda o‘zlashtirish talab qilinadigan insoniy
fazilatlardan biridir. Uni egallash har bir o‘qituvchining va shaxsning madaniy
saviyasi va bilimiga bog’liq. O‘qituvchi pedagogik mahoratida nutq madaniyati,
uning nafaqat ma’naviy va axloqiy jihatdan boyligini, balki bilimini, tafakkurini,
ilmiy dunyoqarashini, fikr va mushohada yuritishini belgilovchi me’yordir.
O‘qituvchining nutq madaniyati birdaniga shakllanib maromiga yetadigan jarayon
emas, u pedagogik mahorat bilan, kasb faoliyati davomida, tajribali ustozlar o‘giti
natijasida yillar davomida takomillashib, sayqallanib boraveradi. O‘qituvchining
nutqiy qobiliyati madaniy, kasbiy, pedagogik talablar asosida shakllanib boradi. Uni
rivojlantirish faqat o‘qituvchining shijoatiga bog’liq. Shu qobiliyat tufayli
o‘qituvchining nutq madaniyati ham shakllanib boradi. Quyidagi o‘qituvchining
nutq madaniyatiga xos bo‘lgan vositalarni pedagog-tarbiyachi unutmasligi kerak:
1. Nutq madaniyati o‘qituvchining ma’naviy-axloqiy kamoloti tarkibiy
qismidir. Zero nutq, millatimiz erishgan madaniyat darajasini ko‘rsatuvchi, o‘z ona
tilimizga e’tiqodni namoyish etuvchi yorqin va ishonchli dalildir.
2. Nutq madaniyati o‘qituvchilarni ma’naviy va madaniy saviyasi bilan, hamda
adabiy tilni mukammal bilishi bilan boshqa kasb egalaridan ma’lum ma’noda ajratib
turadi.
3. Nutq madaniyatining pirovard maqsadi erkin fikr egasi bo‘lgan barkamol
avlodni qanday kasb egasi bo‘lib yetishishidan qat’iy nazar ma’naviy jihatdan
tarbiyalash.
4. Nutq madaniyati ─ bu avvalo, o‘qituvchilarda nutqiy ko‘nikma va nutqiy
malakalarni hosil qiladi. Bu ko‘nikma pedagogik faoliyatda takomillashib boradi,
maxsus mehnat va mashqlar evaziga malaka oshiriladi hamda erishilgan
muvaffaqiyatlar tufayli qobiliyat va mahorat shakllanadi.
5. Nutq madaniyatiga o‘zbek adabiy tilini mukammal egallash asosida
erishiladi. Buning uchun o‘qituvchi adabiy til qonuniyatlarini bilishi, badiiy
adabiyot asarlarini doimiy o‘qib borishi, she’rlar yod olishi va uni ifodali o‘qiy
olishi, radio va televidenie eshittirishlarini kuzatib borishi lozim.
6. Nutq madaniyatini egallashning yana bir ko‘rinishi nutqiy taqlid bo‘lib, yosh
o‘qituvchilar o‘zidan yaxshiroq, chiroyliroq, ma’noli va ta’sirchan nutq
so‘zlaydigan ustoz murabbiylarning nutqiy san’atiga havas bilan qarashi va taqlid
qilishi asosida o‘rganishi mumkin.
O‘qituvchining pedagogik faoliyatida nutq texnikasini mukammal egallash
muhim ahamiyatga ega. Zero, nutq vositasida o‘qituvchi bolaning his-tuyg’ularini
uyg’otadi, o‘quvchilar bilan ongli muloqotni ta’minlaydi, ta’lim-tarbiyaga oid
ma’lumotlarni tahliliy idrok etadi. Buning uchun bo‘lajak o‘qituvchi avvalo nutq
sirlarini, uning o‘quvchilar bilan bo‘ladigan muloqotda ta’sir kuchini puxta bilishi
kerak.