Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi shaxsiga qo‘yilgan talablar. Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o‘rni


Pedagog-tarbiyachi shaxsiga qo‘yilgan talablar. Uning shaxsini



Yüklə 450,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix05.01.2023
ölçüsü450,69 Kb.
#78490
1   2   3   4   5   6   7
Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi shaxsiga qo‘yilgan ta

Pedagog-tarbiyachi shaxsiga qo‘yilgan talablar. Uning shaxsini 
shakllantirish. Pedagog-tarbiyachining nutq madaniyati. 
Har qanday jamiyatda barkamol avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazish va 
uni ma’lum bir kasbga yo‘naltirish og’ir va mashaqqatli mehnat evaziga amalga 
oshiriladi. Bu mashaqqatli mehnat uzluksiz ta’lim va tarbiyaviy faoliyatning 
mahsulidir. 
Mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat – 
yengilmas kuch” asarida o‘qituvchining kasbiy faoliyatiga shunday ta’rif beradi: 
“Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo‘l, avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. 
Shuning uchun qachonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho 
merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo‘lgan 
yana bir buyuk zot – o‘qituvchi va murabbiylarning oliyjanob mehnatini hurmat 
bilan tilga olamiz... Muxtasar qilib aytganda, maktab degan ulug’ dargohning 
inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta’sirini, nafaqat yoshlarimiz, balki 
butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnatini 
hech narsa bilan o‘lchab, qiyoslab bo‘lmaydi” degan edi.
Mamlakatimizning kelajagi, mustaqil O‘zbekistonning istiqboli, ta’lim 
sohasida olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan tarbiyachi-
o‘qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligiga, fidoyiligiga, yosh avlodga ta’lim 
berish va barkamol inson darajasida tarbiyalab, voyaga yetkazishga nisbatan 
shijoatiga bog’liq. 
Ma’lumki, ta’lim muassasalarida tarbiyaviy jarayon bevosita o‘qituvchi 
tomonidan tashkil qilinadi va olib boriladi. Yangicha ijtimoiy sharoitda ta’lim-
tarbiyadan ko‘zda tutilayotgan maqsadlarga erishish, o‘quvchilarning dars va 
darsdan tashqari xilma-xil tarbiyaviy faoliyatlarini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, 
e’tiqodli, vatanparvar, mehnatsevar, barkamol inson qilib o‘stirish va kasbga 
yo‘naltirish o‘qituvchilar zimmasiga yuklatilgan. 
Tarbiya – o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida 
tashkil etiluvchi pedagogik faoliyat bo‘lib, tarbiyalanuvchini ma’lum bir maqsadga 
muvofiq takomillashtirish uchun shaxsga muntazam va tizimli ta’sir 
etish,jamiyatning ijtimoiy-tarixiy tajribalariga yondashib shaxsni har tomonlama 
shakllantirish, uning xulq-atvori va dunyoqarashini, ijtimoiy ongini tarkib 
toptirishda xalqning boy mafkuralariga yo‘naltirilgan qizg’in faoliyat jarayonidir. 
Tarbiya asosida tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, ma’naviy boyligi va his-
tuyg’ulari rivojlanadi, o‘zida ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topish uchun zarur 
bo‘lgan, kishilar bilan o‘zaro munosabatni to‘g’ri tashkil etishga xizmat qiladigan 
axloqiy odatlar hosil bo‘ladi Tarbiya xususida taniqli o‘zbek adibi Abdulla 
Avloniyning “Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot – yo 
falokat, yo saodat – yo razolat masalasidur”
1
– deb aytgan fikrlari barcha millat 
vakillarining tarbiyasiga mos keluvchi haqiqatdir. Ushbu fikrlardan anglaniladiki, 
shaxs tarbiyasi xususiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy va davlat ishidir.
1
Avloniy Abdulla. “Turkiy guliston yoxud axloq”. – Toshkent, O‘qituvchi, 1992y.


O‘zbekiston Respublikasining biringi Prezidenti I.A.Karimov o‘qituvchidagi 
tarbiyachilik qobiliyatining asosiy mohiyatini shunday ta’riflaydi: «Tarbiyachi – 
ustoz bo‘lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o‘stirish, ma’rifat ziyosidan 
bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng 
avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana 
shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak». Demak, o‘z faoliyatini endigina 
boshlayotgan o‘qituvchilar va doimiy izlanishda bo‘lgan tajribali o‘qituvchilar ham 
tarbiyachilik mahoratiga zamin yaratuvchi quyidagi jarayonlarni bilishi kerak: 
- har qanday pedagogik vaziyatlarda o‘quvchining ichki va tashqi dunyosini 
to‘g’ri tushunish malakasi;
- pedagogik vaziyatlarni to‘g’ri idrok qilish uchun diqqatni jamlash;
- tarbiyalanuvchilarga ishonch va talabchanlik;
- tarbiyaviy vaziyatni har tomonlama puxta baholay olish qobiliyati; 
- xilma-xil pedagogik taktlardan o‘zi uchun eng muhimini ajrata olish 
qobiliyati;
- ziddiyatli tasodifiy holatlarda ikkilanmasdan to‘g’ri qaror qabul
qilish;
- tarbiyada ta’sir etishning turli usullaridan foydalana olish
qobiliyati;
- fikr va mulohazalarini so‘z bilan, mimika va pantomimik harakatlar bilan 
o‘quvchi ongiga aniq yetkaza olish;
- dars va darsdan tashqari faoliyatda o‘quvchilar bilan kommunikativ aloqa 
o‘rnata olish qobiliyati; 
- o‘quvchilar ongida erkinlik va tashabbuskorlikni, o‘z fikr
mulohazalarini qo‘rqmasdan bayon qilish ko‘nikmalarini tarbiyalash;
- qiyin holatlarda o‘quvchilarga yordam bera olish;
- tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazishda o‘quvchilar jamoasi bilan doimo
maslahatlashish;
- o‘tkazilayotgan tarbiyaviy tadbirlar yuzasidan o‘quvchilarning
fikrlarini o‘rganish; 
- o‘z-o‘zini boshqarishning turli shakllaridan unumli foydalanish;
- har bir o‘quvchining yashirin ijobiy fazilatlarni ko‘ra olish va
takomillashtirish;
- o‘quvchilarning ijtimoiy kelib chiqishiga qarab toifalarga
ajratmaslik, bir xil munosabatda bo‘lish.
Tegishli ma’lumotli, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega 
bo‘lgan shaxslar pedagoglik faoliyati bilan shug’ullanish huquqiga ega deyiladi 
«Ta’lim to‘g’risida»gi Qonunning 5-moddasida. 
Pedagog-tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o‘yinlarda, mashg’ulotlarda, 
birgalikdagi mehnat faoliyatida va ular bilan bo‘ladigan muomalada ta’sir 
ko‘rsatadi. U har bir bolani diqqat bilan o‘rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, 
qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq-
atvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak, ularga o‘z vaqtida yordam 
ko‘rsata olishi, oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur. Hozirgi zamon tarbiyachisining 
asosiy fazilatlaridan biri o‘z kasbiga sadoqatliligi, g’oyaviy e’tiqodliligi o‘z kasbini 


sevishi va bu kasbga bo‘lgan cheksiz sadoqati o‘qituvchi – tarbiyachi boshqa kasb 
egalaridan ajratib turadi. Pedagog-tarbiyachi shaxsiga qo‘yiladigan muhim 
talablaridan biri shuki, u o‘z predmetini, uning metodikasini chuqur o‘zlashtirgan 
bo‘lishi zarur. Bu pedagog-tarbiyachining obro‘sini ko‘taradi. Tarbiyachi kasbiga 
xos bo‘lgan muhim fazilatlaridan, talablaridan biri bolalarni sevish ularning hayoti 
bilan qiziqish har bir shaxsni xurmat qilishdan iborat. Bolani sevgan butun kuch va 
bilimini bolalarni kelajagi buyuk vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar 
qila oladigan odamgina haqiqiy tarbiyachi-pedagog bo‘la oladi. Bolalarni sevish – 
pedagogning murakkab mehnatini jozibali va yengil qiladi. Tarbiyachining 
bolalarga munosabati pedagogikada tarbiyalanuvchi shaxsga hurmat, unga 
talabchanlik bilan bir qatorda turadi. Bu munosabat bolada pedagogga nisbatan 
ishonchni uyg’otadi, o‘qituvchiga bolalarni chinakam ma’naviy murabbiysi 
bo‘lishga imkon beradi. 
Pedagog faoliyatining muvaffaqiyati pedagogik qobiliyatlarining mavjudligiga 
ham bog’likdir. Pedagogik qobiliyat - pedagogik mahoratga erishishning zaminidir. 
Pedagogik qobiliyat tarkibiga: pedagogik kuzatuvchanlik, pedagogik tasavvur, 
diqqatni taqsimlash, tashkilotchilik qobiliyati va pedagogik muomala kiradi. 
Pedagogik qobiliyatlar pedagogik faoliyati jarayonida, shuningdek uni bu faoliyatga 
tayyorlash jarayonida shakllanadi. Pedagogik mahorat – bu yosh avlodga ta’lim-
tarbiya berishni yuksak darajada va doimiy ravishda takomillashtirib borish 
san’atidir. 

Yüklə 450,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin