Mavzu: pedagogik maqsadlar taksanomiyasi. Reja: O`quv maqsadlarini belgilash usullari. Pedagogik taksonomiya haqida tushuncha



Yüklə 27,8 Kb.
tarix22.12.2023
ölçüsü27,8 Kb.
#190522
MAVZU PEDAGOGI-WPS Officevbfbdv


MAVZU: PEDAGOGIK MAQSADLAR TAKSANOMIYASI.

Reja:

1.O`quv maqsadlarini belgilash usullari.

2.Pedagogik taksonomiya haqida tushuncha.

3.O`quv maqsadlariga muvofiq bo`lgan shaxs faoliyati sohalari.

O`quv maqsadlarini belgilash usullari. O`quv maqsadlari pedagogik jarayonni tashkil etuvchi qismlarining eng muhimi, yetakchisi bo`lib hisoblvanadi. Pedagogik jarayon, o`zining qanchalik murakkabligi va davomiyligidan qat`iy nazar, u eng avvalo maqsadni aniqlashdan boshlanadi. Pedagogik jarayonning boshqa tashkil etuvchi qismlari (tamoyil, mazmun, uslub, vosita, shakl) belgilangan maqsadga bo`ysunadilar. ular maqsadga muvofiq holda tanlanadilar va o`zaro uyg`unlashtiriladilar. Pedagogik maqsad - bu pedagog va talabaning hamkorlikdagi faoliyati natijasini oldindan tasavvur etishdir.


An`anaviy didaktikada ham ko`pchilik olimlar (Babanskiy Yu.K., Bezrukova V.S., Galperin P. D, Lerner I.Ya., Krayevskiy V.V.Mahmutov M.I.,Talizina N.F. va boshqalar) tomonidan o`quv maqsadlarini belgilash usullari, ularni aniqroq ifodalash shakllari bo`yicha ilmiy izlanishlar olib borganlar va bu masalalar bo`yicha ma`lum tajriba ham to`plangan. Jumladan, zamonaviy darsning ta`lim berish, tarbiyalash va talaba shaxsini kamol toptirish maqsadlarini aniqlash va ularga erishish yo`llari bo`yicha ma`lum darajada nazariy va amaliy ma`lumotlar mavjud. Lekin pedagogik texnologiya tarafdorlari eng avvalo an`anaviy o`quv jarayonini, aniqrog`i o`quv maqsadlarining o`ta noaniq belgilanishini va ularga erishganlikni o`lchab bo`lmasligini qattiq tanqid qildilar.


Xaqiqatan ham, o`qituvchi (uning timsolida maktab) qanday natijaga erishishni hoxlaydi? Bir qarashda bu savolga javob berish osonga o`xshaydi. Biror fan yoki uning bo`limini o`qitishda o`qituvchi o`z oldiga uni talabalarga tushuntirishni, mazmunini o`zlashtirilishini va buning natijasida talabalar uni amalda qullay olishlariga erishishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi. Lekin, «tushunish», «o`zlashtirish», «anglash», «qo`llash» degani nimani bildiradi? qo`yilgan maqsadga erishilganligini o`qituvchi qanday aniqlashi mumkin? Agar talabaning qo`yilgan maqsadga erishgani yoki erisha olmaganligini aniqlash usuli mavjud bo`lsa, o`qituvchi qo`llagan uslublarining to`g`riligiga, o`z mehnati samarasiga ishonishi yoki talabalar qanday yordamga muhtoj ekanligi haqida ishonchli ma`lumot olish imkoniyatiga ega bo`lar edi.Pedagogik texnologiya tarafdorlari aynan mana shu holat - odatdagi o`qitish jarayoni maqsadlari noaniq bo`lib, o`qitish natijalarini o`lchab bo`lmasligini qattiq tanqid ostiga olgan edilar.

Biroq, an`anaviy pedagogikadagi bu holatni har qanday tanqid ham birdaniga o`zgartirolmadi, chunki o`quv yurti (u bilan birga o`qituvchi ham) ijtimoiy talabni o`ta umumlashgan holda oladi. Demak, jamiyat ta`lim tizimiga umumiy tarzdagi talab qo`yar ekan, undan kelib chiqadigan o`quv yurti vazifalari, shuningdek, fanlar dasturlaridagi o`quv maqsadlar ham umumiy tarzda bayon etilishi tabiiydir. Shuni ta`kidlash lozimki, mamlakatimizda uzluksiz ta`lim tizimining barcha bo`g`inlariga ta`lim standatlarining qabul qilinishi, ularda tayyorlanayotgan kadrlarga qo`yiladigan yagona talablarning aks ettirilganligi natijasida o`qitish maqsadlarini aniqlashtirishga erishilmoqda.


Biz fanning maqsad va vazifasidan kelib chiqqan holda, o`quv maqsadlarini fan (kurs) va uning bo`limlari darajasida aniqlashtirish bilan chegaralanamiz. Chunki, aynan mana shu joyda o`quv jarayoni texnologik usulda loyihalash bevosita namoyon bo`ladi. Va aynan shu darajada o`qituvchi fan va uning bo`limlari ustida ishlab, o`quv maqsadlarini aniqlaydi va ular asosida o`quv jarayonini tashkil etadi.
Endi, pedagogik amaliyotda mustahkam o`rin olgan o`quv maqsadlarini aniqlashning quyidagi an`anaviy usullari haqida to`xtalamiz:
1. Maqsadlarni o`rganiladigan o`quv materialining mazmuni orqali aniqlash. Masalan: «Yelektromagnit induksiya hodisasini o`rganish», «Viyetta teoremasini o`rganish», yoki biror bob mazmunini, teoremalar, hodisalar, qonunlar va hokazolarni o`rganish. Xo`sh, maqsadni bunday belgilash nima beradi? Bu - faqat bitta dars yoki bir necha darslarda o`tiladigan materialni o`rgatishga ishora qilish xolos, unda o`quv jarayonini tashkil etish uchun aniq bir yo`nalish yo`q. Shuningdek, bunday shaklda ifodalangan maqsadlarga erishilganlik yoki erishilmaganlikni ham aniqlab bo`lmaydi. Boshqacha aytganda, bunday usulda belgilangan o`quv maqsadlari o`quv jarayonini tashkil etishning amaliy (amalga oshiruvchi) qismi ham bo`la olmaydi. Shuning uchun ham pedagogik texnologiya tarafdorlari bunday o`quv maqsadlarni o`ta noaniq deb hisoblab, tanqid qilganlar.
2. O`quv maqsadlarni o`qituvchi faoliyati orqali aniqlash. Masalan: talabalarni «ichki yonuv dvigatelning ishlash tamoyili bilan tanishtirish», «Om qonunini namoyish qilish», «geografik kartadagi shartli belgilarni o`qishga o`rgatish» va h.k. O`quv maqsadlarini bunday usulda aniqlash, o`qituvchining shaxsiy faoliyatiga qaratilgan bo`lib, ishdagi tartib va tushuntirish haqida taassurot qoldiradi xolos. O`qituvchi o`quv maqsadlarini olinadigan natijaga taqqoslash imkoniyatiga ega bo`lmagan holda harakat qiladi, chunki o`quv maqsadlari bu usulda aniqlanganda olinadigan natijaning o`zi aniq ifodalanmaganligi ko`rinib turibdi. O`quv maqsadlarini talabaning intelektual, hissiy sohaga oid ichki rivojlanish jarayonlari orqali aniqlash. Masalan: «kuzatilayotgan hodisalarni tahlil qilish malakalarini shakllantirish», «ifodali o`qish malakasini shakllantirish», «fizikadan masalalar yechishda talabalarning bilish qobiliyatlarini rivojlantirish» va h.k. Bunday o`quv maqsadlari o`quv yurti fan yoki fanlar sikli darajasidagi umumiy maqsadlarni ifodalaydilar, lekin ular hatto dars yoki darslar turkumi maqsadlarini ham anglatmaydilar.
Pedagogik texnologiya tarafdorlari bunday maqsadlarni butunlay inkor etadilar. Haqiqatan ham, ularga erishganlikka yoki bir dars davomida bu maqsadlarga, hatto yaqinlashib borilganligiga ham ishonib bo`lmaydi. Bu usulda maqsadga erishish yo`nalishlari haqida ham fikr yuritib bo`lmaydi, chunki ular nihoyatda «jarayonli» shaklda ifodalangan. Bizning fikrimizcha bu usul butunlay samarasiz emas, faqat maqsadlarga jiddiy aniqlik kiritish kerak. Bu o`rinda ham maqsadlarni aniqlashtirishning pedagogik texnologiya doirasida yaratilgan usullari yordam beradi (D. Kratvol - affektiv soha).
4. O`quv maqsadlarini talabalar hatti-harakati va faoliyati orqali belgilash. Masalan: «kvadrat ildizli tenglamani yechish», «aylana uzunligini hisoblash», «o`simlikning to`qimali tuzilishini o`rganish,» «gaz taqsimlash mexanizmini qismlarga ajratish yoki yig`ish» va h.k.
Bir qarashda o`quv maqsadlarini bunday ifodalashda darsni rejalash va o`tkazishga aniqlik kiritilganga o`xshaydi. Biroq, bu usulda ham eng muhim ko`rsatkich - o`qitishdan kutiladigan natija e`tibordan tushib qolganga o`xshaydi. Lekin bu natija - talabaning o`z shaxsi rivojlanishi tomon ichki siljishi bo`lib, u talabaning u yoki bu faoliyatida o`z aksini topadi.

Pedagogik texnologiya tarafdorlari taklif etgan o`quv maqsadlarini aniqlash usuli, o`zining yuqori darajadagi aniqlashtirish imkoniyatiga ega bo`lishi bilan ajralib turadi. O`quv maqsadlari talabaning ishonchli o`lchash va tashqaridan bilib olish mumkin bo`lgan hatti-harakatida ifodalanib, ular o`qitish natijalari orqali shakllantiriladi. Shu bilan birga, talabalarning bu hatti-harakatlarini o`qituvchi yoki ekspert aniq kuzatib baholashi ham mumkin bo`ladi.



Albatta, bu samarali g`oya dastlab ko`p qarshiliklarga uchradi. qanday usul bilan o`qitish natijasini talaba hatti-harakatlariga o`tkazish mumkin? Bu o`tkazishda qat`iy bir xil ma`noni qanday saqlab qolish mumkin? Bu kabi muammolar asosan quyidagi ikki xil usul bilan hal etilganligini qayd qilib o`tamiz.
1. O`quv maqsadlarining shunday tizimini yaratish kerakki, uning ichida o`quv maqsadlarining toifalari va darajalari ketma-ketligi aniq belgilangan bo`lsin. O`quv maqsadlarining bunday tizimi pedagogik taksonomiya deb ataladi.O`quv maqsadlarini ifodalash uchun shunday aniq va tushunarli tilni topish kerakki, o`qituvchi bu til orqali maqsadlarni aniq ifodalaydigan bo`lsin.
Demak, o`quv maqsadlarini belgilashga yuqorida qayd qilingan aniqlik kiritish, pedagogik texnologiyaning odatdagi o`qitish usullaridan tubdan farq kiluvchi dastlabki, eng muhim jihatlaridan biri bo`lib hisoblanadi.
O`quv maqsadlarini o`ta aniq belgilanishi, unga erishganlikni yaqqol nazorat qilishga imkon beradi. Bu esa, o`z navbatida talaba shaxsini rivojlanib borayotganlik darajasini hamda o`qituvchi faoliyatidagi kamchiliklarni o`z vaqtida aniqlab, ularni bartaraf qilish demakdir.
2. Pedagogik taksonomiya haqida tushuncha. V. Okon tadqiqotlarida ta`kidlanganidek, pedagogik maqsadlarni aniqlashga uch xil yondashish mumkin a) pedagogik maqsadlar bir yoki bir necha o`quv maqsadlari tavsifi orqali ifodalanadi, lekin ular turkumlarga ajratilmaydi; b) o`quv maqsadlari turkumlarga ajratilib, ularni yozma tafsiloti bayon etiladi. MDH mamlakatlari pedagogikasida keng qo`llanilayotgan, mashg`ulotning ta`lim berish, tarbiyalash va shaxsni kamol toptirish maqsadlarini belgilash bunga yaqqol misol bo`lishi mumkin. O`quv maqsadlari bu usulda ifodalanganda maqsadlar o`zaro taqqoslashga qulay bo`lib, faoliyatni bu maqsadlarga erishishga yo`nalganligi ta`minlanadi, lekin ularga erishganlik haqida yaxlit tasavvurga ega bo`lish uchun imkoniyat bo`lmaydi; v) o`quv maqsadlarini, ularni alohida qismlarga ajratib aniqlashtirish bo`lib, u jahon pedagogikasida keng tarzda ommalashgan. Bunday yondashuvga asosan o`quv maqsadlarining har bir alohida qismlariga erishilganlikni aniq o`lchash mumkin. O`quv maqsadlari tizimini yaratib, o`zaro bog`liqlik ketma-ketligida joylashtiriladi, ya`ni ularning taksonomiyasi tuziladi
Pedagogik jarayonning boshqa tashkil etuvchi qismlari (tamoyil, mazmun, uslub, vosita, shakl) belgilangan maqsadga bo`ysunadilar. ular maqsadga muvofiq holda tanlanadilar va o`zaro uyg`unlashtiriladilar. Pedagogik maqsad - bu pedagog va talabaning hamkorlikdagi faoliyati natijasini oldindan tasavvur etishdir.
An`anaviy didaktikada ham ko`pchilik olimlar (Babanskiy Yu.K., Bezrukova V.S., Galperin P. D, Lerner I.Ya., Krayevskiy V.V.Mahmutov M.I.,Talizina N.F. va boshqalar) tomonidan o`quv maqsadlarini belgilash usullari, ularni aniqroq ifodalash shakllari bo`yicha ilmiy izlanishlar olib borganlar va bu masalalar bo`yicha ma`lum tajriba ham to`plangan. Jumladan, zamonaviy darsning ta`lim berish, tarbiyalash va talaba shaxsini kamol toptirish maqsadlarini aniqlash va ularga erishish yo`llari bo`yicha ma`lum darajada nazariy va amaliy ma`lumotlar mavjud. Lekin pedagogik texnologiya tarafdorlari eng avvalo an`anaviy o`quv jarayonini, aniqrog`i o`quv maqsadlarining o`ta noaniq belgilanishini va ularga erishganlikni o`lchab bo`lmasligini qattiq tanqid qildilar.
Xaqiqatan ham, o`qituvchi (uning timsolida maktab) qanday natijaga erishishni hoxlaydi? Bir qarashda bu savolga javob berish osonga o`xshaydi. Biror fan yoki uning bo`limini o`qitishda o`qituvchi o`z oldiga uni talabalarga tushuntirishni, mazmunini o`zlashtirilishini va buning natijasida talabalar uni amalda qullay olishlariga erishishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi. Lekin, «tushunish», «o`zlashtirish», «anglash», «qo`llash» degani nimani bildiradi? qo`yilgan maqsadga erishilganligini o`qituvchi qanday aniqlashi mumkin? Agar talabaning qo`yilgan maqsadga erishgani yoki erisha olmaganligini aniqlash usuli mavjud bo`lsa, o`qituvchi qo`llagan uslublarining to`g`riligiga, o`z mehnati samarasiga ishonishi yoki talabalar qanday yordamga muhtoj ekanligi haqida ishonchli ma`lumot olish imkoniyatiga ega bo`lar edi.Pedagogik texnologiya tarafdorlari aynan mana shu holat - odatdagi o`qitish jarayoni maqsadlari noaniq bo`lib, o`qitish natijalarini o`lchab bo`lmasligini qattiq tanqid ostiga olgan edilar.

Biroq, an`anaviy pedagogikadagi bu holatni har qanday tanqid ham birdaniga o`zgartirolmadi, chunki o`quv yurti (u bilan birga o`qituvchi ham) ijtimoiy talabni o`ta umumlashgan holda oladi. Demak, jamiyat ta`lim tizimiga umumiy tarzdagi talab qo`yar ekan, undan kelib chiqadigan o`quv yurti vazifalari, shuningdek, fanlar dasturlaridagi o`quv maqsadlar ham umumiy tarzda bayon etilishi tabiiydir. Shuni ta`kidlash lozimki, mamlakatimizda uzluksiz ta`lim tizimining barcha bo`g`inlariga ta`lim standatlarining qabul qilinishi, ularda tayyorlanayotgan kadrlarga qo`yiladigan yagona talablarning aks ettirilganligi natijasida o`qitish maqsadlarini aniqlashtirishga erishilmoqda.


Biz fanning maqsad va vazifasidan kelib chiqqan holda, o`quv maqsadlarini fan (kurs) va uning bo`limlari darajasida aniqlashtirish bilan chegaralanamiz. Chunki, aynan mana shu joyda o`quv jarayoni texnologik usulda loyihalash bevosita namoyon bo`ladi. Va aynan shu darajada o`qituvchi fan va uning bo`limlari ustida ishlab, o`quv maqsadlarini aniqlaydi va ular asosida o`quv jarayonini tashkil etadi.
Endi, pedagogik amaliyotda mustahkam o`rin olgan o`quv maqsadlarini aniqlashning quyidagi an`anaviy usullari haqida to`xtalamiz:
1. Maqsadlarni o`rganiladigan o`quv materialining mazmuni orqali aniqlash. Masalan: «Yelektromagnit induksiya hodisasini o`rganish», «Viyetta teoremasini o`rganish», yoki biror bob mazmunini, teoremalar, hodisalar, qonunlar va hokazolarni o`rganish. Xo`sh, maqsadni bunday belgilash nima beradi? Bu - faqat bitta dars yoki bir necha darslarda o`tiladigan materialni o`rgatishga ishora qilish xolos, unda o`quv jarayonini tashkil etish uchun aniq bir yo`nalish yo`q. Shuningdek, bunday shaklda ifodalangan maqsadlarga erishilganlik yoki erishilmaganlikni ham aniqlab bo`lmaydi. Boshqacha aytganda, bunday usulda belgilangan o`quv maqsadlari o`quv jarayonini tashkil etishning amaliy (amalga oshiruvchi) qismi ham bo`la olmaydi. Shuning uchun ham pedagogik texnologiya tarafdorlari bunday o`quv maqsadlarni o`ta noaniq deb hisoblab, tanqid qilganlar.
2. O`quv maqsadlarni o`qituvchi faoliyati orqali aniqlash. Masalan: talabalarni «ichki yonuv dvigatelning ishlash tamoyili bilan tanishtirish», «Om qonunini namoyish qilish», «geografik kartadagi shartli belgilarni o`qishga o`rgatish» va h.k. O`quv maqsadlarini bunday usulda aniqlash, o`qituvchining shaxsiy faoliyatiga qaratilgan bo`lib, ishdagi tartib va tushuntirish haqida taassurot qoldiradi xolos. O`qituvchi o`quv maqsadlarini olinadigan natijaga taqqoslash imkoniyatiga ega bo`lmagan holda harakat qiladi, chunki o`quv maqsadlari bu usulda aniqlanganda olinadigan natijaning o`zi aniq ifodalanmaganligi ko`rinib turibdi. O`quv maqsadlarini talabaning intelektual, hissiy sohaga oid ichki rivojlanish jarayonlari orqali aniqlash. Masalan: «kuzatilayotgan hodisalarni tahlil qilish malakalarini shakllantirish», «ifodali o`qish malakasini shakllantirish», «fizikadan masalalar yechishda talabalarning bilish qobiliyatlarini rivojlantirish» va h.k. Bunday o`quv maqsadlari o`quv yurti fan yoki fanlar sikli darajasidagi umumiy maqsadlarni ifodalaydilar, lekin ular hatto dars yoki darslar turkumi maqsadlarini ham anglatmaydilar.
Pedagogik texnologiya tarafdorlari bunday maqsadlarni butunlay inkor etadilar. Haqiqatan ham, ularga erishganlikka yoki bir dars davomida bu maqsadlarga, hatto yaqinlashib borilganligiga ham ishonib bo`lmaydi. Bu usulda maqsadga erishish yo`nalishlari haqida ham fikr yuritib bo`lmaydi, chunki ular nihoyatda «jarayonli» shaklda ifodalangan. Bizning fikrimizcha bu usul butunlay samarasiz emas, faqat maqsadlarga jiddiy aniqlik kiritish kerak. Bu o`rinda ham maqsadlarni aniqlashtirishning pedagogik texnologiya doirasida yaratilgan usullari yordam beradi (D. Kratvol - affektiv soha).
4. O`quv maqsadlarini talabalar hatti-harakati va faoliyati orqali belgilash. Masalan: «kvadrat ildizli tenglamani yechish», «aylana uzunligini hisoblash», «o`simlikning to`qimali tuzilishini o`rganish,» «gaz taqsimlash mexanizmini qismlarga ajratish yoki yig`ish» va h.k.
Bir qarashda o`quv maqsadlarini bunday ifodalashda darsni rejalash va o`tkazishga aniqlik kiritilganga o`xshaydi. Biroq, bu usulda ham eng muhim ko`rsatkich - o`qitishdan kutiladigan natija e`tibordan tushib qolganga o`xshaydi. Lekin bu natija - talabaning o`z shaxsi rivojlanishi tomon ichki siljishi bo`lib, u talabaning u yoki bu faoliyatida o`z aksini topadi.

Pedagogik texnologiya tarafdorlari taklif etgan o`quv maqsadlarini aniqlash usuli, o`zining yuqori darajadagi aniqlashtirish imkoniyatiga ega bo`lishi bilan ajralib turadi. O`quv maqsadlari talabaning ishonchli o`lchash va tashqaridan bilib olish mumkin bo`lgan hatti-harakatida ifodalanib, ular o`qitish natijalari orqali shakllantiriladi. Shu bilan birga, talabalarning bu hatti-harakatlarini o`qituvchi yoki ekspert aniq kuzatib baholashi ham mumkin bo`ladi.



Albatta, bu samarali g`oya dastlab ko`p qarshiliklarga uchradi. qanday usul bilan o`qitish natijasini talaba hatti-harakatlariga o`tkazish mumkin? Bu o`tkazishda qat`iy bir xil ma`noni qanday saqlab qolish mumkin? Bu kabi muammolar asosan quyidagi ikki xil usul bilan hal etilganligini qayd qilib o`tamiz.
1. O`quv maqsadlarining shunday tizimini yaratish kerakki, uning ichida o`quv maqsadlarining toifalari va darajalari ketma-ketligi aniq belgilangan bo`lsin. O`quv maqsadlarining bunday tizimi pedagogik taksonomiya deb ataladi.O`quv maqsadlarini ifodalash uchun shunday aniq va tushunarli tilni topish kerakki, o`qituvchi bu til orqali maqsadlarni aniq ifodalaydigan bo`lsin.
Demak, o`quv maqsadlarini belgilashga yuqorida qayd qilingan aniqlik kiritish, pedagogik texnologiyaning odatdagi o`qitish usullaridan tubdan farq kiluvchi dastlabki, eng muhim jihatlaridan biri bo`lib hisoblanadi.
O`quv maqsadlarini o`ta aniq belgilanishi, unga erishganlikni yaqqol nazorat qilishga imkon beradi. Bu esa, o`z navbatida talaba shaxsini rivojlanib borayotganlik darajasini hamda o`qituvchi faoliyatidagi kamchiliklarni o`z vaqtida aniqlab, ularni bartaraf qilish demakdir.
2. Pedagogik taksonomiya haqida tushuncha. V. Okon tadqiqotlarida ta`kidlanganidek, pedagogik maqsadlarni aniqlashga uch xil yondashish mumkin a) pedagogik maqsadlar bir yoki bir necha o`quv maqsadlari tavsifi orqali ifodalanadi, lekin ular turkumlarga ajratilmaydi; b) o`quv maqsadlari turkumlarga ajratilib, ularni yozma tafsiloti bayon etiladi. MDH mamlakatlari pedagogikasida keng qo`llanilayotgan, mashg`ulotning ta`lim berish, tarbiyalash va shaxsni kamol toptirish maqsadlarini belgilash bunga yaqqol misol bo`lishi mumkin. O`quv maqsadlari bu usulda ifodalanganda maqsadlar o`zaro taqqoslashga qulay bo`lib, faoliyatni bu maqsadlarga erishishga yo`nalganligi ta`minlanadi, lekin ularga erishganlik haqida yaxlit tasavvurga ega bo`lish uchun imkoniyat bo`lmaydi; v) o`quv maqsadlarini, ularni alohida qismlarga ajratib aniqlashtirish bo`lib, u jahon pedagogikasida keng tarzda ommalashgan. Bunday yondashuvga asosan o`quv maqsadlarining har bir alohida qismlariga erishilganlikni aniq o`lchash mumkin. O`quv maqsadlari tizimini yaratib, o`zaro bog`liqlik ketma-ketligida joylashtiriladi, ya`ni ularning taksonomiyasi tuziladi.
Yüklə 27,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin