Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi shaxsiga qo‘yilgan talablar. Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o‘rni



Yüklə 450,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix05.01.2023
ölçüsü450,69 Kb.
#78490
1   2   3   4   5   6   7
Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi shaxsiga qo‘yilgan ta

Tarbiya tamoyillari 
Tarbiya tamoyillari deb, yosh avlodni tarbiyalash maqsadidan kelib chiqadigan 
va komil insonni tarbiyalashning mazmuni va yo‘nalishiga qo‘yiladigan eng muhim 
talablarni belgilab beruvchi asosiy g’oya va qoidalar yig’indisiga aytiladi. 
Tarbiya tamoyillari o‘qituvchi va tarbiyalanuvchilarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi 
qoidalar bo‘lib, yosh avlodni tarbiyalash, barkamol insonni shakllantirish 
vazifalariga muvofiq belgilanadi, shuningdek, ular shaxs tarbiyasi borasidagi ilg’or 
ta’limotlar g’oyalariga hamda pedagogika fanida erishilgan yutuqlarga asoslanadi. 
Tarbiya tamoyillari tarbiya jarayoni qonuniyatlarini aks ettiradi. Tarbiyaviy 
jarayonda ilo‘or tamoyillarga amal qilinishi tarbiya samarasini ta’minlaydi. Tarbiya 
tamoyillari quyidagilardan iborat:

Tarbiyaning maqsadga yo‘naltirilganligi va g’oyaviyligi; 

Tarbiyada demokratik va insonparvarlik g’oyalarining ustunligi;

Tarbiyada milliy, umumbashariy qadriyatlarning ustunligi; 

Tarbiyada izchillik va tizimlilik; 

Tarbiyani ijtimoiy hayot bilan qo‘shib olib borish; 

Tarbiyani mehnat bilan boo‘lash; 

Tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilish; 

Tarbiyada o‘quvchining yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish; 

Jamoa va jamoa yordamida tarbiyalash; 

Tarbiyada o‘quvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy tomonlarni 
yo‘qotish; 
Tarbiyaning maqsadga yo‘naltirilganligi va g’oyaviyligi - o‘qituvchi ijtimoiy 
tarbiya maqsadi va vazifasini aniq tasavvur etishi va puxta anglab olishi zarur. 
Yosh avlodni yuksak o‘oyaviylik ruhida tarbiyalash ularning ongiga xalq, 
millat, yurt, jamiyat manfaatlaridan yuqoriroq manfaat bo‘lishi mumkin emasligini 
singdirishi, ularni vatanga, xalqqa muhabbat ruhida va sadoqatli qilib tarbiyalash 
demakdir.
Bu sohada mustaqil respublikamiz xalq talimi xodimlarining asosiy vazifasi 
erkin, ijodkor, mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega, yetuk mutaxassis komil shaxsni 
tarbiyalashdan iboratdir. 
Maktabda va maktabdan tashqarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning 
barchasi ijtimoiy tarbiyaning maqsadini ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilishi zarur. 
O‘qituvchi (tarbiyachi) lar jamoasi va har bir o‘qituvchi-tarbiyachi tarbiyaning 
maqsadi har tomonlama kamol topgan mukammal inson shaxsini tarbiyalashdan 
iborat bo‘lishi lozim. Ana shunda mazkur tamoyil o‘z vazifasini bajargan bo‘ladi. 
Tarbiyada demokratik va insonparvarlik g’oyalarining ustunligi – tarbiyada 
inson shaxsini ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o‘smir va o‘spirinning 
betakror va o‘ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy xulqi va erkinligini hisobga 
olish lozim. Tarbiyani demokratiyalash bu - tarbiyani mamuriy ehtiyoj va 
qiziqishlardan yuqori qo‘yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi o‘zaro 
ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o‘zgartirish 
demakdir. Bu tarbiya ishiga jamoatchilikni jalb qilish, uning rivojlanishiga jamoat 


omilini kiritish demakdir. O‘qituvchi o‘quvchiga avvalgidek, tarbiya obekti emas, 
balki o‘zi kabi subekt deb qarashi darkor. Ya’ni o‘quvchini teng xuquqli hamkor, 
hamfikr deb qarash lozim.
Umuman, ta’lim va tarbiyani insonparvarlashtirishning pedagogik diqqat 
hamda e’tibor markazida insonning muhim masalasi va muddaosi, ya’ni bolalarda 
inson shaxsiga dunyodagi eng yuqori, bebaho boylik sifatidagi munosabatini 
shakllantirishdek faoliyat yotadi. 
Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustunligi-xalqning ko‘p asrlik 
qadriyatlarini, ulkan va boy merosini chuqur bilmasdan milliy o‘zlikni anglash, 
milliy o‘urur tuyg’usini qaror toptirish mumkin emas. Shu bois, xalq an’analari urf-
odatlari, marosimlari, xalq oo‘zaki ijodi, milliy o‘yinlar va ularda ifodalangan 
g’oyalarni o‘quvchilar onggiga singdirish, ularda ushbu g’oyaga nisbatan hurmatni 
qaror toptirish lozim.
Umumbashariyat uchun qadrli, ardoqli bo‘lgan, insoniyat o‘tmishi, buguni 
hamda kelajagi uchun daxldor qadr-qimmatga ega bo‘lgan ananalar, urf-odatlar 
haqida ma’lumotlar berish, ularda mehr-muhabbat tuyg’usini uyg’otish, ularni 
qo‘llab-quvvatlash, ezgu g’oyalar uchun kurashish hissini qaror toptirish tarbiya 
jarayonida amalga oshirilishi lozim.
Tarbiyada izchillik va tizimlilik - tarbiyaga yaxlit tizimli yondashish pedagogik 
harakatning pirovard natijasiga yo‘naltirilganlik darajasini belgilab beradi.
Bunday pedagogik maqsad va vazifalar, ularning mazmuni tarbiyaviy 
jarayonning barcha qatnashuvchilari tomonidan tan olinishi shart.
Tarbiyada izchillik juda muhimdir. O‘quvchilarga birdaniga ko‘p talab va 
qoidalarni taqdim qilish mumkin emas. O‘qituvchilar o‘quvchilarga bo‘lgan 
munosabat jarayonida o‘zaro bir-biriga zid harakatda bo‘lmasliklari, yagona talab 
qo‘yishlari lozim. 
Tarbiyani ijtimoiy hayot bilan qo‘shib olib borish. Yosh avlodning o‘sib 
ulo‘ayishi va shaxsning shakllanishiga hayot, ijtimogiy jamiyat tasir etadi.
Bu bir tomondan bo‘lsa, ikkinchidan bolalarni tarbiyalashdan maqsad uni 
turmush uchun mustaqil hayot uchun tayyorlashdir. Shunday ekan, maktab va 
tarbiya muassasalarida olib boriladigan bo‘lishi kerak.
Tarbiyani mehnat bilan boo‘lab olib borish. Mehnatning tarbiyaviy tasiri g’oyat 
kattadir. Mehnatda ishtirok etish va unumli mehnat qilish bilan shaxs o‘z qobiliyati 
va iste’dodini namoyon qiladi va kamolga yetadi. Mehnat yosh avlodning tarbiyasi 
uchun juda katta vositadir. O‘quv mehnati va ijtimoiy foydali mehnat o‘quvchi 
shaxsiga ijobiy tasir etadi, bu ikki faoliyat birligi bolani faollashtiradi, xulq birligini 
ta’minlaydi, tashabbuskor va izlanuvchan qiladi. Mehnat bolalarga siyosiy-
ma’naviy tarbiya berish uchun zamin hozirlaydi. Shuning uchun oila va maktablarda 
bolalarni ilk yoshidan boshlab mehnatsevarlik ruhida, mehnatga muhabbat va 
mehnat kishilariga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor beriladi. Maktabda 
o‘qishning o‘zi ham mehnatdir. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning 
aksariyati ham mehnat tarbiyasi bilan mustahkam boo‘langan. 
Tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilish - o‘quvchilarni ijtimoiy tarbiyalashning 
muhim tamoyillaridan biri ularning shaxsini hurmat qilishdir. Bu tamoyil 
insonparvarlik munosabatidan kelib chiqadi.


O‘quvchi shaxsini hurmat qilish, ularga mehr-muhabbat ko‘rsatish va ularga 
ishonish shart. Tajribalarning ko‘rsatishiga, qayerdaki o‘quvchilarga hurmat, 
muhabbat, ishonch bo‘lsagina shu yerda tarbiyaning ta’siri samarali bo‘ladi. 
Bolalarga hurmat va muhabbat ular kuchiga kuch qo‘shadi o‘qituvchiga nisbatan 
hurmatni uyg‘otadi. 
Tarbiyada o‘quvchining yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish - 
tarbiyaning mazmuni, shakl va metodlari bolalarning yoshi va saviyasiga qarab turli 
sinflarda turlicha bo‘ladi. Bolalar maktabda rivojlanishining turli davrlarini bolalik, 
o‘smirlik va o‘spirinlik bosqichlarini bosib o‘tadilar. Shu davrlar ichida bolaning 
axloqiy turg’unligi rivojlanadi, xulqi va ongi o‘rtasidagi uyg’unlik vujudga keladi. 
Tarbiya berishda har bir o‘quvchining shaxsiy xususiyatlarini ham hisobga olish 
katta ahamiyatga ega. Bolalarning jismoniy va ma’naviy o‘sishida bir qadar 
umumiylik bor, biroq bolalarning tavsif-xislatlari, qobiliyat va mayllari, qiziqishlari, 
irodaviy sifatlari har xil bo‘ladi. Bu farqlar ularning xulqida, o‘qishi va mehnatida 
aks etadi. Bir o‘quvchiga nisbatan foydali metodni boshqa o‘quvchiga nisbatan 
qo‘llaganda natijasiz bo‘lib, chiqishi mumkin. Shuning uchun har bir o‘quvchi 
xususiyatini o‘rganish maqsadga muvofiqdir. 
Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash - tarbiya jarayoni o‘quvchilarning 
jamoa bo‘lib birlashishlari, ularda manfaatdorlik birligi, o‘zaro yordam tuyo‘usini 
o‘stirish xizmat qilishi lozim. Tuyo‘u tashkil etilgan jamoa a’zolarining qobiliyat va 
iste’dodini rivojlantirish uchun keng yo‘l ochadi. Jamoada bola har tomonlama 
rivojlanishi uchun keng imkoniyatga ega bo‘ladi. O‘quvchilar ahil jamoa bo‘lib 
uyushganlaridagina tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish ancha yengil va 
muvaffaqiyatli bo‘ladi. Yaxshi uyushgan jamoada jamoa fikri katta tarbiyaviy 
kuchga ega bo‘ladi, har bir shaxsga ta’sir etadi. O‘z manfaatini jamiyat manfaati 
bilan qo‘shib olib borish, o‘zaro yordam kabi fazilatlar avvalo, jamoada shakllanadi. 
O‘qituvchi hamma vaqt o‘quvchilar jamoasiga tayanmoo‘i, ularni jamoa bo‘lib turli 
ishlarni bajarishga odatlantirib, jamoada yashash va ishlashga o‘rgatib borishi lozim.
Tarbiyada o‘quvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy xislatlarini 
yo‘qotib borishga e’tibor qaratish lozim. Mahoratli pedagoglar o‘z o‘quvchilarining 
shaxsiy fazilatlarini yaxshi biladilar. Tarbiya maqsadini amalga oshirish uchun bola 
xulqidagi ijobiy sifatlarga suyanib ish ko‘radilar. Boladagi ijobiy sifatlarga tayanish 
uning salbiy sifatlarini yo‘qotish, yomon odatlardan qaytarishning eng yaxshi 
vositasidir. Tarbiya muvaffaqiyati mazkur masalaning to‘g’ri hal etilishiga ko‘p 
jihatdan boo‘liq. 
Tarbiya jarayonini tashkil etishda o‘qituvchi (tarbiyachi) tomonidan 
qo‘llaniladigan metodlar ham muhim ahamiyatga egadir.

Yüklə 450,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin