FAROBIY (875-950) Abu Nasr Forobiy qomusiy bilim egasi bo`lgan. Uning falsafa, mantiq, matematika, fizika, kimyo, tabobat, tabiat hodisalari, tilshunoslik, sheriyat, notiqlik, sanat, ahloq, talim-tarbiya va boshqa sohalarga oid asarlari keyinchalik boshqa tillarga tarjima qilinib, dunyoga keng tarqalgan. Farobiy 160dan ortiq asar yaratgan bo`lsada, afsuski ulardan bizga 40ga yaqini yetib kelgan xolos. Forobiy kamtar va kamsuqim inson bo`lib, faqirona kun kechirgan. Saroy olimi bo`lishni istamagan. Umri oxirida Misrda, so`ng Damashqda yashab o`sha yerda vafot etgan. Ulug` sharq olimining merosi keyingi avlodlar uchun katta xazinadir.