1- ixtisoslashtirilgan davlat umumtalim maktabi fizika fani o`qituvchisi
Rahmatova Manzuraning Salom fizika
nomli kechaga tayyorlagan
SSENARIYSI
Salom fizika degan mavzuda kecha o`tkazish
Salom fizika nomli mavzuda kecha o`tkazish uchun 7-8sinf o`quvchilari jalb etiladi. Kechani o`tkazishdan maqsad 7 - 8 sinf o'quvchilari ortasida 2021-2022 o'quv yilida fizika fani bo'yicha respublika tanlovi va musobaqalarini o'tkazish, fizika fani asoslaridan olgan bilimlarini namoyish qilish, tabiat va undagi hodisalarni to`g`ri talqin qilish, fizikani turmushda va texnikada ishtirok etishini tushuntirish, o`qishga ongli yondashish hislarini rivojlatirish, puxta va atroflicha bilim olishga o`quvchilarni undashdan iborat.
O`qituvchi o`quvchilarga tabiat hodisalari va fizikaga doir sherlarni yod oldiradi, ashula va o`yinlar o`rgatadi.
Buxoro tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumtalim maktabining 7-8-sinflari tomonidan Salom fizika degan mavzuda o`tkazilgan kecha quyidagi reja asosida olib boriladi:
1.Kirish so`zi.
2. Kechaning rasmiy qismi.
3. Viktorina.
4. Ashula va o`yinlar.
Kechani maktabning fizika o`qituvchisi M.O.Rahmatova kirish so`zi bilan ochdi. O'qituvchi o`z so`zida tabiat hodisalari, texnikada va turmushda ishlatiladigan asboblar, kosmik raketalar va hokazolar fizika fani bilan bog`liq ekanligini, hamma joyda fizika hozir-u nozir ekanligini tushuntiradi.
Shundan keyin kechaning rasmiy qismi boshlanib, 7-8sinflar o`quvchilari Uyg`unning va o`zlari shu mavzuga atab yozgan sherlaridan namunalar o`qib beradi.
Dostları ilə paylaş: |