So`ngra viktorina boshlanib quyidagi savol va masalalarga javob beriladi:
Nima sababdan benzin tashiydigan avtosisterne korpusiga bir necha qismdan iborat yerga tegib turadigan katta zanjir mahkamlangan?
Muz qattiq jism hisoblanadi. Nima uchun muz suvda cho'kib ketmasdan suzib yuradi?
Yengil avtomobil tekis yo'lda 25 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Motor o'chirilgandan keyin u 625 m masofani o'tib to'xtadi. Ishqalanish koeffitsientini toping.
Dielektrik muhitda bir-biridan 1sm masofada turgan 8 va 0,4MC nuqtaviy zaryadlar o'zaro 16 N kuch bilan ta'sirlashadilar. Muhitning dielektrik singdiruvchanligini toping.
Nima uchun avtomobil motoriga moy quyiladi?
Nega qushlar elektr simlarida turganda tok urmaydi?
Chang'ichi harakat vaqtining birinchi yarmida 36 km/soat tezlik bilan, ikkinchi yarmida esa 15 m/s tezlik bilan harakatlanadi. Chang'ichining o'rtacha tezligini toping.
Ko'ndalang kesimining yuzi 0,5mm^2 bo'lgan 2 om qarshilikli spiral tayyorlash uchun qanday uzunlikdagi nikelin sim kerak.
Quduqqa tushib qolgan qush nima uchun undan chiqib ketolmaydi?
Traktorchi kuchli momoqaldiroqda qoldi. U traktor kabinasida o'tirgani ma'qulmi yoki undan uzoqroqqa ketgani ma'qulmi?