“Salom fizika” degan mavzuda kecha o`tkazish



Yüklə 38 Kb.
səhifə2/4
tarix30.12.2021
ölçüsü38 Kb.
#49124
1   2   3   4
Tadbir senariysi

1-o`quvchi:

Fizika sanalur, fanlarning shohi,

Ibn Sinodir, uning sardori.

Zaryadlar ta’sirin ochganda Kulon,

Ilmda tanhodir bu ulug` inson.

Ulug`bekning nomi butun olamda,

Arximed richagi bizning qo`llarda

2-o`quvchi:

Bilaman, kattadir fizik olimlarning

Fizika faniga qo`shgan xissasi.

Ko`pdan insonni hayratga solgan

Lazer nurining yangi qissasi.

Nur demak, jahon nurafshon,

Jahon xalqlarining iqboli shunda.

Bugun do`stlarga – Assalom! – demak.

Shunday ulug` ayyomda, yop-yorug` kunda!
Assalom, so`zimning kirish qismidan.

Assalom, qalbimning yurak to`ridan.

Assalom, o`zbekning o`g`il-qizidan.

Assalom, bo`lajak yosh fiziklardan.


Bugungi uchrashuv do`stlik timsoli,

Fizika fanining siru asrori.

Hakam hayati timoshasi bu,

Ikki komandaning uchrashuvi bu.


Fizika – bu fanlar otasi,

Kimyo, algebra unga egizak.

Nyuton, Arximedning hissasi,

Fizika faniga qo`ygandir bezak.

Fizika kitobini qo`lga olganda,

Bilamiz Paskal qilgan mehnatin.

Misol va masalalar yechganda,

Qadrlaymiz mehnatin.


3-o`quvchi:

Ehtimol, shu zalda o`tirganlardan

Kimdir, birov oyga uchishi mumkin.

Kimdir kelajakning raketasida,

Cheksiz fazolarni quchishi mumkin.

Amotlar sirini o`rganib kimdir,

Olamga nur sochmog`i mumkin.

Xali biz bilmagan son-sanoqsiz,

Tilsimlarni ochmog`i mumkin.
4-o`quvchi:

Men she’rga soldim aytar so`zimni,

Baxtiyor sezaman g`oyat o`zimni.

Xush kelibsiz! Bizni etdingiz shod,

Qadamlaringizga ming-ming hasanot.

Salobat to`kib o`tirgan hayat a’zolari,

Sizlarga assalomu alaykum! Salom!

Assalom!


5-o`quvchi:

Kechamizga “Salom, fizika” deb qo`ydik

nom,

Barcha g`alabani birga ko`ramiz baham.



Shu buzilmas do`stlik beradi ilhom,

Assalomu alykum! Salom! Assalom!

Fizika fanining ixlosmandlariga.

Assalomu alykum! Salom! Assalom!



Yüklə 38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin