Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə1/52
tarix23.01.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#80292
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
shaytanat


TOHIR MALIK SHAYTANAT


Qissa


B i r i n ch i k i t o b MUQADDIMA
Bismillohir Rohmanir Rohiym.
«Qachonki (bu) ish tugagach (ya’ni jannat ahli jannatga sazovor bo‘lib, do‘zaxiylar do‘zaxga hukm qilingach), shayton dedi: «Albatta, Olloh sizlarga haq va’da qilgan edi. Men esa (yolg‘on) va’dalar berib, sizlarni aldagan edim. (Lekin) men uchun sizlarning ustingizda hech qanday hukmronlik yo‘q edi, illo men sizlarni (kufr yo‘liga chaqirishim bilanoq) o‘zingiz menga itoat etdingiz. Endi meni emas, o‘zlaringizni malomat qilingiz. Men sizlarga yordam bera olmayman, sizlar ham menga yordam berguvchi emassiz.
Albatta, men sizlar ilgari (Ollohga) meni sherik qilganingizni inkor qilurman. Albatta, zolimlar (ya’ni kofirlar) uchun alamli azob bordir...».*


«Shayton g‘olib, jon berarda shoshdim mano».*

Yaratganga ming-ming shukrlar bo‘lsinkim, Siz — azizlarga aytmoq uchun dilimga yana bir gap soldi. Ollohning o‘zidan madad so‘rab, qo‘limga qalam oldim. Umid shulki, aytar so‘zlarim sizlarni befarq qoldirmas...


Olloh subhanahu va taolo bandalariga «shayton yo‘lidan yurmanglar», degan. Nadomatkim, haq yo‘l turganida shayton yo‘li bizga durustroq ko‘rinib, shu tomon og‘amiz. Oyoqlarimiz yaxshilik emas, zulm sari yurishni ma’qul ko‘radi. Peshonamiz devorga urilganda esa, «shayton yo‘ldan ozdirdi», deb ko‘ksimizni dog‘laymiz.
Shayton ham kishi bilmas ulug‘ qudrat egasi. U hasad, riyo, jaholat, razolat, xiyonat, g‘azab, shahvat, safohat, xasosat, anoniyyat, namimat, kizb, zulm, tama saltanatlarining sultoni. Uning saltanati qurg‘oqchilikni bilmaydi — u ekkan urug‘larga Siz bilan biz suv berib, o‘zimiz anglamagan holda xolis xizmat qilib yuramiz. Shu bois uning saltanatida qadalgan har bir urug‘ nish berib, unib chiqadi, o‘sib, meva tugadi... Yon-atrofimizda shayton saltanatining fuqarosi ko‘pmi, yo iymon va vijdon so‘ziga itoat qilguchi tobunlarmi? Albatta, shaytonni yenga olganlar ko‘p. Ammo shayton yo‘lidagilar ko‘zimizga ko‘pday ko‘rinaveradi. Chunki ular ekkan yomonlik daraxti tez shoxlaydi, mo‘l meva beradi. Men shu yomonlik daraxtining ildizini izlab toparman, deb yana sizlarga

murojaat etyapman, vaqtingizni olyapman. Uni topmoqqa bir odamning aqli qosirlik qilmog‘i aniq. Ko‘plashib fikrlashaylik-chi, inshoolloh, to‘g‘ri xulosa chiqarib olsak.
Hayot turfa rang. Ko‘zni yashnatib, dilga quvvat berguchi chiroyli ranglar ham, ko‘ngilni vayron qilguchi qora rang ham bor. Avvallari qora rangni ishlatishga bir tomondan ijozat, ikkinchi tomondan jur’at yo‘q edi. Qoraning yonida albatta oq, pushti, zangori... ranglar bo‘lishi shart edi. Zamon bergan erkinlikdan foydalanib, turmushimizning qora ko‘chalariga kirishga jazm etdim. Yozganlarimni o‘qib, chor-atrof zimiston-ku, deb vahimaga berilmang. Yorug‘ kunda barcha yaxshi narsalarni ko‘rib turamiz. Qorong‘ida esa ko‘rmaymiz. Urilib, surilib, qoqilib yuramiz. Alqissa, yorug‘ kunning qadriga yetmoq uchun qorong‘ulikni ham ko‘rish lozim emasmi?
Asarni oxirigacha o‘qiy olsangiz, bunga sabringiz va vaqtingiz yetsa, bir qancha odamlar bilan tanishasiz. Ular balki qo‘shningizga, balki do‘stingizga, balki qarindoshingizga o‘xshab ketar. Shu hol yuz bersa, «Falonchini yozibdilar» deb yurmang. Bu shunchaki tasodifiy o‘xshashlikdan boshqa narsa emas.
Hech bir inson yomonlik uchun yaratilmaydi. Inson dunyodan lazzatlanish, bu dunyo sinovlaridan o‘tish uchun keladi. Odam yerda yuradi. Shoir Asqar Qosim aytmoqchi: Samodagi tuzoq nima bilmagay,
U hech kimga itoat ham qilmagay.
Afsus, oyoqlar ostida tuzoqlar ko‘p. Bu tuzoq odam bolasining hayot yo‘lida hal qiluvchi vosita ham bo‘lishi mumkin. Men asarda sizga hamroh bo‘lguchi fuqarolarning ayrimlarini avvaldan tanishtiray. Shu maqsadda bir oz ortga qaytishimizga to‘g‘ri keladi.






  • «Ibrohim» surasining 22-oyati. Alouddin Mansur tarjimasi.

  • Ahmad Yassaviydan satr.


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin