Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə9/52
tarix23.01.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#80292
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52
shaytanat

b o b 1


Shahar markazidagi e’tiborli idoraning yerto‘lasida videobar ochishdi. Yerto‘laga imoratning biqinidan tushiladi. U ochilmasidan ilgari yerto‘lada idoraning eski-tuskilari saqlanardi. Ikki yil muqaddam idora yerto‘lani ta’mirlash uchun katta miqdorda mablag‘ ajratdi. Ayrim mahkamalar eshiklarini bo‘yatish uchun pul topolmay sarson yurganida bu idoraga ikki yuz ming so‘m ajratilishi hukumatning xotamtoyligimi yoinki idoraning erkaligimi, bilib bo‘lmadi. Qayta qurish degan narsa bilan bog‘liq voqealar shunchalar shiddatli edi-ki, «xalq arang tirikchilik qilayotganida yerto‘lani ta’mirlashga balo bormi» deydigan odam topilmadi. Zimdan qaraganda xalq g‘amini chekib yuruvchi bu idora xodimlari ham go‘yo oyoqlari ostida nimalar sodir bo‘layotganidan bexabar edilar.
Yerto‘la ta’mir etilib, Asadbek ixtiyoriga o‘tgach ham «xalq fidoyilari»da ajablanish uyg‘otmadi. Ular olamshumul ishlar bilan — xalqqa ozodlik berish o‘yi bilan band edilar. Oyoqlari ostida nimalar bo‘layotgani esa ularni qiziqtirmasdi.
Asadbekning qarorgohi uchun joy lozim ekan, tuzukroq imoratga qahat kelibdimi? Ayniqsa idoralar soni qisqarayotgan damda biron imoratni ijaraga olishdan osonroq ish yo‘q. Shahar ijroqo‘mining rahbarlaridan biri bu yumush bilan shaxsan shug‘ullanib, Asadbekning yangi idorasi uchun ko‘p joylarni tavsiya etdi. Asadbek barcha qulayliklarga ega imoratlardan voz kechib, shu yerto‘lani tanladi. Yerto‘laga imorat ichidan yo‘l bor edi. Asadbek ixtiyori bilan imorat biqini kavlanib, zinapoya qilindi, qalin poydevor teshilib, eshik ochildi. Yerto‘laga ikki tomondan kirib-chiqish imkoni tug‘ildi — shunisi bexavotirroqda. Davlat ajratgan ikki yuz ming so‘m bilan bir ishning uddasidan chiqish mushkul. Asadbekning besh yuz ming so‘mi xarob yerto‘lani o‘n ikki xonalik shinam saroychaga aylantirdi. Uning bir xonasi videobar, qolganlari ish yuritishga, hordiq
chiqarishga mo‘ljallangan edi. Maishatxona, hatto hammom ham nazardan chetda qolmadi.
Yuqorida xalqparvarlar majlisdan bo‘shamay tomoq yirtishadi. Pastda esa Asadbek o‘z ishini yuritadi. Hammaning nazari yuqorida. Past bilan birovning ishi yo‘q. Videobarda choy, qahva, sharbatdan bo‘lak ichimlik yo‘q. Ochilganidan beri biron marta ham xorij filmini ko‘rsatmadi. Bisotida uch-to‘rt multfilm, eski hind filmlari, Sheralining, G‘ulomning kontsertlari... Bu yerga kunda beshta odam kirsa kiradi, bo‘lmasa yo‘q.
Bular — kunduzning manzarasi.
Tunda videobar o‘zgacha manzara kasb etadi. Soat o‘n birlarga yaqin imorat oldida ikkita militsioner paydo bo‘ladi. So‘ng oppoq «Volga»lar bir daqiqaga to‘xtab o‘tishadi. Undan tushgan sipo odamlar atrofga alanglab olib, yerto‘laga sho‘ng‘ishadi. Majlislardan xorigan xalqparvarlarning yetakchilari ko‘cha tomondan emas, ichkaridagi zinadan tushib boradilar. Tun hukmi zaptiga olganida oq «Volga»lar yana birin-sirin paydo bo‘ladiyu egalarini olib jo‘naydi. Shundan keyin militsionerlar ham g‘oyib bo‘lishadi.
Tongga yaqin usti berk yuk mashinasi idora orqasidagi darvozadan hovliga kiradi. Bo‘sh shishalarni ortib jo‘naydi. Uning izidan «RAF» kelib to‘xtaydi. Biri biridan shirin qizlar mashinaga ildam chiqib o‘tirishadi. Soatga qaragan kishi yuk mashinasining uch,
«RAF»ning bir daqiqada ish bitirib jo‘naganiga guvoh bo‘ladi.
Idorada qorovullik qiluvchi yosh, chapdast yigitlar barcha ishni vaqtida, aniq bajarilishini ta’minlaydilar. Qayta qurish sharofati bilan barcha idoralardagi keksa xodimlar o‘rnini iqtidorli yoshlar egallaganidek, pensiya puli tirikchiligiga yetmay, shu qorovullik maoshiga ko‘z tikuvchi qariyalar tantana bilan kuzatilib, ular o‘rniga tog‘ni bexosdan urib talqon qilib yubormasliklari uchun kamtarinroq ishni istagan yigitlarni olishdi. Bu yigitlar idoraga kiruvchi har bir kimsaga salom berguchi, bag‘oyat odobli ham edilar.
Asadbek har uch yilda qarorgohini o‘zgartirardi. Dastlab guruhboshi bo‘lib ish boshlaganida Eski Jo‘vadagi pastqam uyni ijaraga olgan edi. Vassajuft, qorasuvoq uyda tuni bilan aroq ichib, chekib chiqilardi. Lekin ertasiga bu uyga kirgan odamning dimog‘iga qo‘lansa hid urilmasdi. Shuning uchun ham Asadbek o‘sha dastlabki qarorgohini ko‘proq yoqtirardi. Oradan yillar o‘tib, qarorgohlarini ko‘p o‘zgartirdi. Mana bu yangisi xon saroyidek bezaldi. Lekin ko‘ngil qurg‘ur baribir o‘sha qorasuvoq uyni qo‘msab qoladi.



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin