Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə7/52
tarix23.01.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#80292
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52
shaytanat

«O‘ynamasa kim o‘zganing nayiga, Shum niyat-la tushadilar payiga!»

Siz endi o‘sha naychini qidiryapsiz, bilaman. Qidirmaganingizda sizni o‘g‘il bola demas edim. Naychi bilan... allaqachon hisob-kitob to‘g‘ri bo‘lgan. Siz uni o‘ylamang. Siz... uylandingizmi?



  • Yo‘q.

  • Tirikchilik nima bo‘lyapti?

  • O‘zbekning to‘yi bor ekan, xor bo‘lmaymiz.

  • To‘yning ham to‘yi bor. Kim aytsa boraversangiz obro‘yingiz qolmaydi. Siz eng zo‘r ashulachi bo‘lishingiz kerak. Odamlar «xo‘p» deyishingizga mahtal bo‘lib haftalab

ostonangizda yotadi. Bu yog‘ini menga qo‘yib bering. Televizor, radio faqat sizning ashulalaringizni beradi. Sherali-yu, G‘ulomlaringiz sariq chaqa bo‘lib qoladi. Siz ashula aytganingizda Ortiqlar «amma-xolasi havodor» deb etak ochib o‘tiradi.

  • Rahmat, Bek aka, bularning evaziga men nima qilishim kerak? Har holda «hisobli do‘st ayrilmas», deganlar. Siz ko‘p so‘ramaysiz, bilaman. Nari borsa, sizga qul bo‘lishim kerak-da, a?

Asadbek Elchindan bunaqa ignali gapni emas, balki samimiy minnatdorchilik kutgan edi. Asadbek lof urmayotgan edi, aytganlarini albatta ro‘yo qilardi. «Bu otarchi nimasiga ishonib katta ketyapti?» Asadbek bir g‘ijinib oldi. Kimda-kim zid so‘z aytsa, u gapini kalta qilardi. Uning nima hukm chiqargani bir qarashidayoq a’yonlariga ma’lum bo‘lardi. Asadbekka botinib gap qaytargan odamning sho‘riga sho‘rva to‘kilishi aniq edi. Elchin buni bilardi. Bila turib beixtiyor nojo‘ya gap aytdi, degan gapimga ishonib chalg‘imang. Elchin bila turib aytdi, bu gapni. Uning maqsadi Asadbekning qanotiga kirish edi. Lekin mute bo‘lib emas, qaddini g‘oz tutib kirmoqchi edi. Hozirgi marhamatga javoban minnatdorchilik bildirish yana mutelik jandasini kiyish bilan barobar bo‘lardi. U holda Asadbekning atrofidagi parvona fohishalardan farqi qolmas edi. Elchin shu uchun azob chekibdimi, shu uchun payt poylabdimi, reja tuzibdimi?!
Asadbek Elchinni avval ham durustroq bilmas edi. Elchin Asadbek uchun bir qo‘shiqchi, pul qistirganda irshayib qulluq qiluvchi otarchi edi. Asadbek man-man degan ashulachini ham odam qatoriga qo‘shmas edi. Unvoni, shuhrati ulug‘ ashulachilarni esa ko‘pchilik oldida mazax qilishni, kamsitishni yoqtirardi. To‘yda viqor bilan yurib o‘rtaga chiqardi, ashulachiga yaqinlashib cho‘ntagiga qo‘l solardi. Agar marhamat qilsa ikkita yuztalikni chiqarib ashulachining ikki yelkasiga «pogon» qilib qo‘yardi. Kayfiyati chatoqroq bo‘lsa — yoqasiga qistirardi. Asadbekning izidan chiqqan boshqalar ham faqat yuztalik qistirardi.
Shuning uchun ham yoqasiga pul qistirilgan ashulachi o‘zini kamsitilgan deb hisoblamas, balki «akaxon»ning hazillari deb bilib, irshaygan holda ta’zim qilardi. Elchin birinchi marta Asadbekning qahriga o‘shanday holatda duch kelgan. Asadbek yoqasiga pul qistirmoqchi bo‘lganida bo‘y bermagan edi. O‘sha kuni yengil jazo oldi — ikki yigit yaxshigina do‘pposlab, torini majaqlab tashladi.
Asadbek hozir o‘sha voqeani esladi. Eslab turib «qamoqda ham aqli kirmabdi bu bachchag‘arning», deb qo‘ydi.
Qorong‘ilikni titratib chiqqan Asadbekning qahrli ovozi oraga tushgan bir damlik sukutni buzdi.

  • Mening qullarim ajib-bijib yotibdi. Sendan durustroq qul ham chiqmaydi. Sen... ashulangni bilsang bas. Boshqa ishlarga tumshug‘ingni suqma.

Elchin Asadbekning sensirashiga o‘tganidan bildiki, u g‘azab otiga mindi.

  • Sen mol emassan. U yoqdan burningni oqizib kelmagansan. Tishingni qayrab yuribsan.

  • Bek aka...— Elchin «mening hech qanday yomon niyatim yo‘q», deb gapni chalg‘itmoqchi edi, Asadbek yo‘l bermadi.

  • Ovozingni o‘chir! Men gapiryapman, haddingdan oshma, bola! Sen xotining o‘ldirilganini, u yoqlarda yurib kelganingni unut. Ammo Asadbek akangni unutma! Asadbek akang, Xudoga shukr, tirik. Mabodo u o‘lib qolsa, o‘ligidan ham qo‘rq. Men go‘rimda ham tinch yotmayman. Atrofingda kimlar bor?

Bunday ochiq savdoni Elchin kutmagan edi. «Bilib turib so‘rayaptimi yo taxminan mo‘ljalga olyaptimi? Qizi yo‘qolganidan keyin yigitlari izg‘ib hid olishgan bo‘lsa-chi? Unda nima uchun qizidan gap ochmayapti?» Elchin arqonni uzunroq tashlash maqsadida o‘zini go‘llikka soldi:

  • Ota-onam o‘tib ketishibdi, Xudo rahmat qilsin ularni...

  • Chaynalma! Kimlarni so‘rayotganimni bilib turibsan. Sen men bilan mushuk-sichqon o‘ynama. Mayda baliqlar hammavaqt kattalariga yem bo‘ladi. Senlar chivinsanlar, men

  • burgutman. Farqi bormi?

«Farqi bor, — deb o‘yladi Elchin.— Afsuski, burgut chivinni yeyolmaydi-da».

  • Atrofingdagilar o‘zbeklarmi yo o‘sha yoqdan topgan qalang‘i-qasang‘ilaringmi? O‘zbek bo‘lmasa yo‘qot ularni. O‘zimiznikilar ham yetib ortadi. Zerikmasliging uchun besh-o‘nta bolani senga topshiraman.

«Demak, yonimdagilarni bilmaydi. Qizini kim zo‘rlaganini ham bilmaydi. Taxmin qilyapti. Ishonchi komil bo‘lganda men bilan pachakilashib o‘tirmas edi. Bir otarchi nomusini bulg‘aydi-yu, u safsata sotib o‘tiradimi?»

  • Bek aka, men yolg‘izman. Qasos olish niyatim borligi rost. Ammo birovning yordami bilan olinadigan qasos menga tatimaydi. Yonimga odam to‘plamaganman.

  • Qasam ich!

  • Xudo ursin!

Elchin taqvo degan narsani, qasamning qadri degan narsani bilmas edi. Bolalar bir- birlarini ishontirish maqsadida kunda yuz marta «xudo ursin» deyishadi. Elchin hozir xuddi bola kabi o‘ylamay-netmay «xudo ursin» deb yubordi. Asadbek osonlik bilan ichilgan bu qasamga ishonmasa-da, bir oz taskin topganday bo‘ldi.

  • Sen tezroq uylan. To‘yingga o‘zim bosh bo‘laman.

Asadbek shunday deb jim bo‘ldi. Elchin gap tugaganini anglagan bo‘lsa-da, bir oz turdi. So‘ng «ketaveraymi?» deb so‘radi. Asadbek sovuqqina qilib «ha», deb qo‘ydi. Elchin uning g‘azabga to‘lgan nigohini qorong‘ida ko‘rmadi.
Elchin Asadbek «uylan» deganida, «qizini menga beradi endi» deb o‘ylagandi. Elchinning nazarida Asadbek uchun eng to‘g‘ri yo‘l shu edi. Bu yo‘l Elchinni maqsad sari tezroq olib borardi. Ammo u yanglishdi. Qo‘shiqchi eplab raqsga tusholmagani, raqqosa esa eplab ashula aytolmagani kabi u jinoyatning hadisini olmagan edi. U xayolan ish pishitishga usta edi. Asadbeklar xayolda emas, amalda bajarardilar. Asadbek qizini qamoqdan chiqqan otarchiga berganidan ko‘ra o‘ldirib yuborishi mumkinligini Elchin hisobga olmagan edi.
Elchin Anvarga «Asadbekning qizini olyapman» deb yanglish gap aytdi. Xayolidagi ishini haqiqatga aylantirib yubordi.



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin