Forbiyning falsafasida va talim to’g’risidagi axloqida Alloh - vojibul vujuddir. Mazkur aqliy dalilga binoan vojibul vujud quyidagi sifatlarga ega:
Forbiyning falsafasida va talim to’g’risidagi axloqida Alloh - vojibul vujuddir. Mazkur aqliy dalilga binoan vojibul vujud quyidagi sifatlarga ega:
1. Alloh taoloni ta'riflash mumkin emas.
2. Alloh taoloning boshqa narsalarga o'hshab mohiyati yo'q.
3. Alloh taolo zarurat yuzasidan yolg'izdir, sherigi yo'qdir.
4. Alloh taolo modda emas. U holis aqldir.U holis yahshilikdir.
Forbiyning Islom aqiydasiga to'g'ri kelmaydigan falsafasidan biri «Alloh juz'iy narsalarni bilmaydi» deyishidir.
Forbiyning Islom aqiydasiga to'g'ri kelmaydigan falsafasidan biri «Alloh juz'iy narsalarni bilmaydi» deyishidir.
Shuningdek, Forbiy e'tiqodga tegishli olamning yaratilishi, nafs, aql, nubuvvat va boshqa mavzularda ham falsafa yuritgan.
Bilish jarayonini aql va sizgilar orqali yuzaga keladi. Bilish jarayoni cheksiz bo’lib, u inson jonli mushohada va tafakkurining noaniq narsani bilmaslikdan bilishgacha bo’lgan murakkab yo’lni bosib o’tadi. Bu yo’nalish hodislar oqibatini bilishdan ularning sababini anglash, aksidensiyaadan substansiyaga yetib borishni maqsad qilib qo’yadi. Bilishda aql va mantiq, ilmining maqomi beqiyosdir. Mutafakkur talqinida aqliy bilish ikki jihatga ega: birinchidan, u aniqlikdan uzoqlashish va undan umumiy tamon va jihatlarni ajratib olishni, ikkinchi tamondan esa, ushbu umumiylik ko’magida konkret jihatlarning mohiyatiga chuqurlashishni taqozo etadi..aql vositasida inson ilm-fanni yaratadi.
Forobiy o‘rta asrlar davrida birinchi bo‘lib fanlar tasnifini vujudga keltirdiki, u o‘sha vaqtdagi ilmiy bilimlarning ensiklopediyasi hisoblanar edi. Barcha fanlarni Forobiy besh guruhga bo‘ladi:
Forobiy o‘rta asrlar davrida birinchi bo‘lib fanlar tasnifini vujudga keltirdiki, u o‘sha vaqtdagi ilmiy bilimlarning ensiklopediyasi hisoblanar edi. Barcha fanlarni Forobiy besh guruhga bo‘ladi:
1. Etti bo‘limdan iborat til haqidagi fan.
2. Mantiq.
3. Etti mustaqil fanga bo‘linadigan riyoziyot, ya’ni arifmetika, geometriya, optika, yulduzlar haqidagi fan, musiqa haqidagi fan, og‘irliklar haqidagi fan va mexanika.
4. Tabiiy va ilohiy fanlar, yoki metafizika.
5. Shaharni boshqarish haqidagi fan (yoki siyosiy fan), huqukshunoslik va kalom.