Sharqda G'azzoliyni bilganlari uchun buyuk faylasuf Dekartning nazariyasiga o'xshash gapni aytgan shaxs ham borligini eslab qo'yadilar. Ba'zi birlari jur'at qilib Dekart va G'azzoliyning shaklarini solishtirib ham qo'yadilar. Ammo bu boradagi xaqiqatni xech kim bilmaydi. Ushbu xaqiqat ila bu satrlarning kotibi ustoz Muhammad Sa'id Ramazon Butiyning «Shaxsiyotun istavqafatni» nomli kitoblaridan bildi. U kishi mazkur kitobning 99 - 100 betlarida quyidagilarni yozadilar: «So'ngra bu masalada barcha ikkilanish va noaniqlikka chek qo'yadigan vasiqa - xujjat yuzaga chiqdi. Uni ustoz Maxmud Biyju doktor Zakzukdan naql qildi. Unda aytilishicha, tunislik tadqiqotchi Usmon al-Kaok raxmatulloxi alayx Dekartning kutubxonasida «al-Munqiz minaz Zolal» kitobining tarjimasini topgan.
Imom G’azzoliy qoldirgan ijtimoiy-falsafiy meros.
Imom Muhammad G’azzoliyning asarlari sho‘rolar davrida falsafa fanida o‘qitilmay, ta’qiqlab kelindi. Tilga olinsa ham «yomon, reaktsion faylasuf» deb qoralandi.2 Mustaqqilligimizga erishganimizdan so’ng boshqa sharq mutafakkirlari kabi Imom G’azziliyning hayot yo’li va merosiga haqqoniy ilmiy jihatdan yondashishga yo’l ochildi
Imom G'azzoliy o’z davrida odamlar mashg'ul bo'lib turgan ilmlarni birma bir o'rganib chiqdilar. O'sha paytda odamlar asosan, ilmi kalom, botiniyya, falsafa va tasavvufga qiziqar edilar. Imom G'azoliy mazkur ilmlarni chuqur egallashga va ulardan qaysi birini tanlash maqsadga muvofiq ekanini aniqlashga kirishdilar
Imom G’azzoliy izlanishlarini dastlab ilmi kalomdan boshladilar. Imom G'azzoliy ilmi kalomni shu sohaning olimlari va ularning kitoblaridan yaxshilab o'rganib, bu ilm bo’yicha quyidagi risolalarni yozdilar:
Imom G’azzoliy izlanishlarini dastlab ilmi kalomdan boshladilar. Imom G'azzoliy ilmi kalomni shu sohaning olimlari va ularning kitoblaridan yaxshilab o'rganib, bu ilm bo’yicha quyidagi risolalarni yozdilar: