Abu rayhon beruniy nom id ag I to sh k en t da vlat texn ika u n IV er site ti m. X. Aripova


D asturlash va loyihalash tillarining tavsiflanishi va



Yüklə 3,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/57
tarix27.09.2023
ölçüsü3,32 Mb.
#149843
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   57
Radioelektron apparatlarni loyihalash va modellashtirish asoslari

3.2. D asturlash va loyihalash tillarining tavsiflanishi va 
xususiyatlari
Dasturlash tillari - bu dastur ta ’minotini yaratish uchun 
foydalaniladigan algoritmik til vositalardan iboratdir. Hozirga kelib 
dasturlash tillari shunchalik ko‘payib ketdiki, bu o ‘z navbatida ALS 
yaratuvchisiga ma'lum qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. ALS 
larda asosan yuqori darajali Paskal, SI, Prolog, Beysik, Fortran, 
Modula-2, ADA kabi tillar va past bosqichli Assembler tillaridan 
foydalanildi.
Algoritmik tillarning afzalliklari bo‘lib, mashinaning turiga 
bog‘liq emasligi, ya’ni turli EHMlarga oson moslasha olishi, bu 
tillarda dasturlashning osonligi, ya’ni dastur ta ’minotini yaratishga 
kam vaqt sarf boMishligi hisoblanadi. Kamchiliklari bo‘lib esa, bu 
tillarda yozilgan dasturlarni translatsiya qilinganda, obyektli 
dasturlarning sifatlari birmuncha kamayadi, ular kam universiallikka 
ega bo'lib, ba'zi bir murakkab dasturlarni yozishda qiyinchi- 
liklarning yuzaga kelishi hisoblanadi. Bundan tashqari, mashina 
tiliga qaraganda algoritmik tilda ishlash foydalanuvchilarga qulay 
hisoblanadi. Natijada translyatorlardan foydalanish hisobiga ma­
shina vaqti ko'p sarf bo'ladi. Algol-60, Fortran tillari sonli analiz 
qilishga mo'ljallangan bo‘lib, bu tillarda tuzilgan xohlagan dasturni
49


mashina tiliga 
o4kazish 
mumkin 
bo lsada, 
yana qaytadan 
foydalanuvchi tiliga o'tkazishning imkoni bo im aydi, bu esa o ‘z 
navbatida yuqori bosqichdagi algoritmik tillarning imkoniyatlarini
cheklanganligini k o ‘rsatadi.
ALS larda dasturlash tillarini tanlash doimo bir xilda hal 
qilinavermaydi. Til protsessorlarini va monitorlarni dasturlash- 
tirishda Assembler, Paskal, ADA kabi tillardan foydalanish yaxshi 
natijalar beradi. Boshqa ko‘pgina amaliy dasturlar uchun esa 
Fortran, PL1 tillaridan foydalanish qulaydir.
Dasturlash tillarini va EHMning OSsi xususiyatlarini bilish ALS 
lami yaratuvchilar uchun amaliy dasturlar paketlarini tashkil qilish 
uchun zarur hisoblanadi. ALS lardan foydalanuvchi esa, ana shu 
dastur va uni yozish uchun ishlatiladigan til xossalari bilan 
mukammal tanish bo‘lgan injener hisoblanadi. U o ‘z navbatida 
kerakli dastur paketiga murojaat qila olishi, olingan natijalarni 
to ‘g‘ri-noto‘g‘riligini tahlil qila olishi kerak.
Beysik eng oddiy yuqori darajali til hisoblanadi, lekin bu tilda 
murakkab dasturlar sistemalarini yaratish mumkin, displey ekranida 
ishlash uchun qulay o ‘rnatilgan funksiyaga ega.
Amaliy va sistemali dasturchilar o ‘rtasida Paskal va Si tillari 
ancha ommaviy bo ‘lib, bu tillarda murakkab strukturali ma lumotlar 
bilan ishlash imkoniyatlari mavjud bo‘lib, til dasturlarni alohida 
qismlarini ajratuvchi vositaga ega. Si tili mashina apparaturalariga 
yaqinlashtirilgan til bo‘lib, ular quyi darajali tillarga kiradi.
Fortran yuqori darajali til hisoblanib, hozirda bu til yordamida 
ko‘pgina standart kutubxona elementlari dasturlari yaratilgan.
Sistemali dasturlashda yangi universial va sifatli qurol sifatida 
yangi MODULA-2 tili yaratilgan. Bu til katta dastur majmualarini 
yaratuvchi vositaga ega bo‘lib, apparaturalarning xususiyatlaridan 
samarali foydalanish imkoniyatiga ega hisoblanadi.
PL/1 tili katta EHMlar uchun ommaviy til hisoblanib, bu tilda 
ALS asosiy dastur modullari yaratiladi.
Prolog tilidan sun’iy intellekt sistemalarini yaratishda foyda­
laniladi va bu tilning asosida mantiqiy matematika apparati yotadi. 
Bu tilda ekspert sistemalari va bilimlar bazasi yaratiladi.
ALS lar DTini yaratishda, shu ta ’minotni yaratish uchun mos 
keladigan algoritmik til tanlash masalasi muhim hisoblanadi.
50


Kerakli algoritmik tillarni tanlash uchun quyidagilami e’tiborga 
olish talab qilinadi:
- yaratilayotgan dastuming m o‘ljal!anishi, ya’ni vaqtincha 
ishlatiladigan dasturmi yoki doimiy ishlatilishga m o‘ljallanganmi, 
undan tashqari boshqa tashkilotlarga berish, yangi versiyalami 
yaratish rejalashtirilganmi;
- hisoblash komponentlarining va muloqotli munosabatlami 
amalga oshirishda dastuming ishlash tezligi;
- dastuming kutilgan kattaligi, ya’ni dastumi to ‘laligicha bitta 
dastur qilib yaratish mumkinmi yoki uni o ‘zaro aloqa qiluvchi 
alohida dastur modullarga bo‘lib yaratiladimi, dastur ishlash davo­
mida xotiradan egallaydigan joyni minimallash talab qilinadimi;
- yaratilayotgan dastur boshqa algoritmik tilda yozilgan dasturlar 
matnlari bilan birgalikda ishlaydimi;
- dastumi boshqa turdagi EHMlarda ishlatish ko‘zda tutiladimi;
- dasturda ishlatiladigan asosiy m a’lumotlar turi, haqiqiy sonlar, 
qatorlar va boshqa turdagi strukturalami qo‘llash zaruriyati;
- standart kutubxona qism dasturidan foydalanish imkoniyati 
yoki maqsadga muvofiqligi.
Oddiy dasturlarni Beysik algoritmik tilida tashkil qilish qulay 
hisoblanadi. 
Agar 
o ‘zaro 
birgalikda 
bajariluvchi 
dastur 
modullaridan tuzilgan, katta amaliy sistemalar yaratish masalasi 
qo‘yilgan bo‘lsa, bunday masalalami hal qilish uchun instrumental 
tillar bo‘lib Paskal, SI, PL/1 tillari hisoblanadi.
REAlarini loyihalash jarayonida loyihalovchilar loyihalash tilla­
ridan 
foydalanadilar. 
Loyihalash tillari 
dasturlash 
tillaridan 
foydalanib yaratiladi.

Yüklə 3,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin