Abu rayhon beruniy nom id ag I to sh k en t da vlat texn ika u n IV er site ti m. X. Aripova


-bo‘lim uchun savol va to p sh iriq lar



Yüklə 3,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/57
tarix27.09.2023
ölçüsü3,32 Mb.
#149843
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   57
Radioelektron apparatlarni loyihalash va modellashtirish asoslari

2-bo‘lim uchun savol va to p sh iriq lar
1 .ALS lar texnik ta ’minotining qanday asosiy guruhlarini 
bilasiz?
2.AIJ nima va ulaming qanday turlari mavjud?
3.Ishchi 
stansiyalarining afzalliklari va ulaming shaxsiy 
kompyuterlardan farqi nimada?
4.ISlarining arxitekturasini tushuntirib bering.
5.ALS laming yuqori tezlikda ishlaydigan texnik vositalarini 
tushuntirib bering.
6.Parallel ishlaydigan EHMlarda va siljuvchi nuqtali arif- 
metikaga ega ishchi stansiyalarida unumdorlik qanday baholanadi?
7.ALS lar texnik vositalari komplekslari tarkibiga qanday 
qurilmalar kiradi?
8.ALS lar tashqi qurilmalarining qanday guruhlari mavjud?
9.ALS lar tashqi qurilmalarining sinflanishini tushuntirib bering.
10. ALS laming grafikli chiqarish qurilmalarining qanday turlari 
mavjud?
11. ALS larda qanday grafquruvchilardan foydalaniladi?
12. Rastrli tamoyil bo‘yicha ishlaydigan grafquruvchilaming 
ishlash tamoyillarini tushuntirib bering.
13. Lazerli chop etish qurilmalarining qanday afzalliklari 
mavjud?
14. ALS lar terminal vositalari qanday funksiyalami bajaradi?
45


3-B O ‘L IM . A V T O M A TLA SH T IR IL G A N LO Y IH A LA SH  
S IS T E M A L A R I L IN G V IS T IK VA D ASTURIY T A ’M IN O TI
3.1 ALS la r lingvistik t a ’m inotining sinflarga bo‘linishi
ALS laming lingvistik ta ’minoti - bu ALS lardan foydalanish 
jarayonida, ularni yaratishda va ular bilan insonlar o ‘rtasidagi 
bog‘lanishlarni amalga oshirishda ishlatiladigan tillar to ‘plamidan 
iboratdir.
Axborot almashlash uchun qoilaniladigan muloqot vositalari, 
belgilar va amallar tizimi vositalari, hisoblash texnikasi sohasida 
tillar deyiladi. Oldin til vositalaridan faqatgina insonlaming o‘zaro 
muloqotlarida axborot almashlashda foydalanib kelingan b o isa, 
EHMlar yaratilishi bilan, insonlaming intellektual ijodlari jara­
yonida, ulaming EHMlari bilan bog‘lanishlarini amalga oshiruvchi 
vositaga ehtiyoj tug‘ildi. Natijada EHM bilan muloqotni amalga 
oshirishga m o‘ljallangan til vositalari yaratildi.
Dastlab EHMga inson tomonidan, hisoblash xarakteriga ega 
boMgan masalalami yechish algoritmlarini yozib kiritish va hosil 
bo ‘lgan natijalami chiqarib olish talab qilinardi. Dastlabki m a’lu­
motlar va natijalar sonlar massivlari shakliga ega bo‘lib, insonlarga 
tushunarli va mashinada tatbiq etish oson bo‘lganligi sababli, yangi 
til vositalar ishlab chiqarish zamriyati tug‘ilmagan edi. Hisoblash 
texnikasini rivojlanishi, ularda masalalami yechish uslub va 
algoritmlaming murakkablashib borishi, maxsus qoidalar to‘plamini 
va bajariladigan protseduralami qat’iy bir qiymatli qilib aniqlay- 
digan algoritmlami yaratishni taqozo etadi. Bu esa, o ‘z navbatida 
algoritmik tillar deb ataluvchi maxsus til vositalarini yaratishga olib 
keldi.
Dasturlovchilarga va muhandislarga algoritmik til tushunchasi 
yaxshi tanish. Algoritmik til - bu belgilar to ‘plami, ulami to ’g ‘ri 
tashkil qilish qoidalari va shu belgilar konstruksiyalarini to ‘g‘ri 
talqin qilib algoritmlar yaratish vositasidir.
46


Dasturlar va berilganlami yozish uchun algoritmik tilni 
dasturlash tillari deb yuritiladi. Algoritmik til matematik amallami 
va shu amallar bajarilishi kerak bo‘ladigan matematik obyektlami 
izohlovchi vositaga egadir. Hisoblash xarakteriga ega bo‘lgan 
matematik obyektlaming (sonlar, o ‘zgaruvchilar, massivlar) mate­
matik amallarini izohlash uchun algoritmik tillardan foydalaniladi. 
Kompyuterlar bilan foydalanuvchi muloqotini tashkil qilish uchun 
esa, boshqacha til vositasidan foydalanish talab etiladi. Bunday 
tillarga matematik tabiatga ega bo‘lmagan obyektlami izohlashga 
m o‘ljallangan axborotli-izlanishli til vositalarini keltirishimiz 
mumkin. Bu tillar turli axborotli-izlanishlar tizimlarni yaratilishi va 
rivojlanishi natijasida yaratiladi. Masalan, transportlarda bilet 
tarqatish va sotishni to ‘g‘ri taqsimlovchi qismtizimi, sklad xo‘jaligi 
m a’lumotlari qismtizimi va boshqalar.
ALS larda faqatgina hisoblash xarakteriga ega bo‘lgan masalalar 
yechilib qolmasdan, masalani hisoblash xarakteriga olib kelgunicha 
uni matematik shaklga keltirish, ya’ni matematik modelni yaratib, 
shu model ustida bajariladigan ishlar algoritmlarini yaratish kerak 
bo‘ladi. Injener-loyihalovchi matematik modelni va algoritmlami 
o ‘zi yaratgan hollarda, kompyuter bilan muloqot qilish masalasini, 
matematik tabiatli obyektga keltirishga va shu obyektda matematik 
amallar bajarishga harakat qiladi, ya’ni unga kompyuter bilan 
muloqot qilish uchun oddiy universal bo‘lgan algoritmik tillami 
bilish kifoya bo‘ladi.
Matematik modellarni q o id a yaratish va ulami universal 
algoritmik tillarda dasturlash ALS lar uchun xarakterli hisob- 
lanmaydi. K o‘pgina masalalami yechishda matematik modellar 
yaratish eng og‘ir jarayon hisoblanadi. Shuning uchun ALS larda 
foydalaniladigan til vositalarida birinchi navbatda, muhandislar 
tomonidan dastlabki m a’lumotlami berish uchun, loyihalash 
obyektini izohlovchi muhandisga loyihalashning shu bosqichni 
tasvirlash uchun qulay bo‘lgan vosita zarur hisoblanadi. Bunday 
shartni tushuntirishlar, cheklanishlar va shartlami k o ‘rsatish bilan 
umumlashtirilgan grafik shakldagi vositalar qoniqtirishi mumkin. 
0 ‘z navbatida axborotlami grafik shaklda tasvirlashda, loyihalash 
masalalarini yechishda konstruktorlik chizmalari va turli strukturali,
47


funksional, prinsipial sxemalar yaratish imkoniyatlari ham yara­
tiladi.
Dasturlash tillaridan asosan ALS lami dasturlarini yozishda 
foydalaniladi. ALS lami yaratuvchi mutaxassis dasturlar yaratish 
uchun algoritmik tillardan 
foydalanadi va loyihalash tillarini 
yaratadi. Loyihalash tili - bu ALS lardan foydalanuvchi bilan, EHM 
o ‘rtasida muloqotni amalga oshirishga va loyihalash masalalarini
berilganlami va natijalami izohlashga m o‘ljallangan til vositasidir.
Axborotlami tasvirlashning har xilligi, ALS larda ishlatiladigan 
tillaming turlicha bo‘lishini keltirib chiqaradi. ALS lardan bevosita 
foydalanuvchi shu tizimda masalani yechish uchun loyihalash 
obyektini izohlashni va yechilishi kerak b o ig a n masalalami 
izohlashni loyihalash tillarida amalga oshirishi kerak.
3.1-rasm. ALSlar lingvistik ta ’minoti sinflari. 
48


ALS lar lingvistik ta'minoti maxsus dastur ta'minotini yaratish 
uchun foydalaniladigan algoritmik tillarga, loyihalash jarayonida 
loyihalovchi va kompyuter bilan axborot almashish uchun mo'ljal- 
langan, muammoga yo‘na!tirilgan tillar hisoblangan loyihalash 
tillariga va boshqarish tillariga bo*linadi (3.1-rasm).
Loyihalash tillari kirish, chiqish, kuzatish va ichki ti 1 larga 
bo’linadi. Kirish tillari obyekt haqidagi axborotlami va loyihalash 
maqsadi haqida berilgan axborotlami kiritish uchun ishlatiladi. 
Chiqish 
tillari esa, ALS dasturlari bajarilgandan so‘ng olingan 
natijalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Kuzatish tillaridan loyihalash 
jarayonida muharrirlik ishlarini bajarish uchun foydalaniladi. Ichki 
tillar esa, turli dasturlardan foydalanilganda axborotlami EHM larda 
tasvirlashga mo'ljallangandir. Boshqarish tillari texnologik qurilma- 
larni va tashqi qurilmalarni boshqarish uchun mo'ljallangandir.

Yüklə 3,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin