Reja: Tizim tushunchasi va tizimli taxlilga doir zarurma’lumotlar



Yüklə 51,48 Kb.
səhifə1/8
tarix10.09.2023
ölçüsü51,48 Kb.
#142417
  1   2   3   4   5   6   7   8
Reja Tizim tushunchasi va tizimli taxlilga doir zarurma’lumotla-fayllar.org


Reja: Tizim tushunchasi va tizimli taxlilga doir zarurma’lumotlar

MA’RUZA №2


MODELLASHTIRISH, SINTEZ VA TAXLIL TUSHUNCHASI.
Reja:
Tizim tushunchasi va tizimli taxlilga doir zarurma’lumotlar.
Boshqarish nazariyasi asoslari fanida matematik modellashtirish masalalari. Statik va dinamik modellar. Regression modellar. Imitatsion modellar. Ko‘p o‘lchamli boshqaruv tizimlari
Datchiklar
Ijrochi elementlar
1.Tizim tushunchasi va tizimli taxlilga doir zarur ma’lumotlar.

Tizim tushunchasi, uning asosiy belgi va ko‘rsatkichlari. Zamonaviy ilmiy-texnik faoliyatning bosh xususiyatlaridan biri tadqiqot va loyihalash ob’ektlariga tizimlar sifatida yondoshishdir. Bu narsa ayniqsa boshqaruv ob’ektlarini tadqiq etish hamda avtomatik boshqaruv tizimlarini ishlab chiqish jarayonida yanada yaqqolroq namoyonbo‘ladi.

Tizimni o‘zaro bog‘langan va bir-biri bilan ta’sirlashuvchi elementlar majmui kabi ta’riflash mumkin. Tizimlarga misol sifatida alohida qism va detallardan tuzilgan texnik qurilma, xujayralar majmuasidan tashkil topgan tirik organizm, odamlar jamoasi, ishlab chikarish korxonasi, davlat va shunga o‘xshashlarni ko‘rsatish mumkin. Tizimning o‘zaro bog‘langan bir qator elementlaridan tuzilgan qismiga uning qism tizimlari(tizim osti) deb ataladi. Odatda tizim elementlari muayyan predmet sohasi ob’ektlari kabi aniqlanadi. Elementlarining tabiati bilan bog‘liq ravishda fizik, mexaniq,

ximik, biologik, iqtisodiy, kibernetik va boshqa tizimlarni farqlash mumkin.

Xossalar – tizimni ifodalash va uni boshqa tizimlar orasidan ajratib turuvchi sifatlar bo‘lib, ular qandaydir ko‘rsatkichlar (parametrlar) to‘plami bilan aniqlanadi. Istalgan tizimning muhim sifatiy belgisi shundaki, tizim unga kiruvchi elementlarning birortasida mavjud bo‘lmagan xossalarga ega bo‘ladi. Tizimning tuzilishi (strukturasi) – tizim elementlarining asosiy xossalarini belgilovchi barqaror o‘zaro ichki aloqalar majmuasidir.
Berilgan vaqt momentidagi tizimning holati hal qilinayotgan vazifa nuktai-nazaridan axamiyatli bo‘lgan tizim ko‘rsatkichlarining qiymatlar to‘plami bilan aniqlanadi. Tizimning dinamikasi(harakati, xulqi) – bu tizimning bir holatdan boshqasiga o‘tishi, undan uchinchisiga va h.k. dan iborat jarayondir.
Tizimning harakat tartibi(rejimi) quyidagilardan biri bo‘lishi mumkin:

doimiy, ya’ni tizim hamma vaqt aynan bir xil holatdabo‘ladi;

davriy, ya’ni tizim teng vaqt oraliqlarida aynan bir xil holatlardan o‘tadi;

o‘tish rejimi – tizimning vaqt bo‘yicha shunday ikkita davr oralig‘idagi harakatiki, bunda har bir davrda tizim doimiy yoki davriy rejimda bo‘ladi;
Tizim elementi uning boshqa elementlariga ta’sir etishi va ularning holatlarini o‘zgartirishi mumkin. Agar bir elementning boshqasiga ta’siridan iborat jarayonda ta’sir etuvchi element holati haqida ma’lumot berilsa, u holda elementga axborotli ta’sir amalga oshirilgan bo‘ladi va birinchi element ikkinchi elementga signal uzatayaptideyiladi.
Tizim elementlari tomonidan ishlab chiqiladigan signallar(ta’sirlar) tizimdan tashqariga uzatilishi mumkin, bu holda ular tizimning chiquvchi signallari(ta’sirlari) deyiladi. O‘z navbatida elementlarga tizim tashqarisidan signallar(ta’sirlar) kelishi ham mumkin, ular kiruvchi signallar(ta’sirlar) deyiladi.

Tizimning kirishi – kiruvchi ta’sirlar qo‘yiladigan yoki kiruvchi signallarni qabul qiladigan tizim elementlaridir.

Tizimning chiqishi deb chiqish ta’sirlarini amalga oshiruvchi yoki boshqa tashqi tizimga signallar uzatuvchi elementlarga aytiladi.
Berilgan tizim uchun boshqarish tushunchasi unga shunday kirish ta’siri yoki signal berilishini anglatadiki, buning natijasida tizim o‘zini talab etilgan tarzda tutadi. Tizimni boshqarish – tizim strukturasi yoki holatlari to‘plamini muayyan maqsad bilan o‘zgartirishgaqaratilgan ta’sirlar ko‘rsatilishi yoki signallar berilishi demakdir. Boshqarishdan ko‘zda tutilgan maqsad, odatda, tizimning mumkin bo‘lgan holatlari to‘plami yoki qandaydir ko‘rsatkichiga nisbatan muayyan cheklashlar sifatida beriladi. Boshqarish jarayoni uchun asosiy belgilardan biri – qaror qabul qilish funksiyasini amalga oshiruvchi tizimning zarurligidir.


Yüklə 51,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin