Konstitutsiyamizning yaratilishi tarixi



Yüklə 38,78 Kb.
səhifə1/5
tarix22.12.2023
ölçüsü38,78 Kb.
#190457
  1   2   3   4   5
Konstitutsiya tarixi


Konstitutsiyamizning yaratilishi tarixi
(Mustaqillik Qomusi sari o‘n huquqiy qadam)
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi tarixi haqida so‘z yuritishdan oldin “Konstitutsiya nima?” degan savolga javob berish maqsadga muvofiqdir.
Konstitutsiya (lotincha “Constitution” – tuzilish, tuzuk degani) – davlatning Asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab beradi.
“Konstitutsiya” atamasi Qadimgi Rimdayoq ma’lum bo‘lgan (imperator Konstitutsiyasi deb atalgan qonun). Amir Temur “Tuzuklar”i Sharq va Osiyo mamlakatlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega bo‘lgan. U shariat qonunlari bilan bir qatorda Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari taqdiriga kuchli ta’sir o‘tkazgan.
Avvalambor, konstitutsiyaviy davlatni qurishda uch ming yillik milliy davlatchilik tajribasiga tayanilgan. Bugungi O‘zbekiston qadimgi Xorazm va So‘g‘diyona, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar, Amir Temur va Temuriylar, o‘zbek xonliklari, ma’rifatparvar ajdodlarimiz, xalqimizning tarixiy an’analari va uning mustaqil davlat haqidagi ko‘p asrli orzusini mujassam etgan.
Qolaversa, manfaatlarimiz va intilishlarimizdan kelib chiqqan holda, Asosiy Qonunimiz Sharq va G‘arb, Janub va Shimolning 97 ta mamlakati to‘plagan ilg‘or konstitutsiyaviy tajribani hisobga olib yaratilgan.
Shu o‘rinda Suveren O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasini tayyorlash, muhokama etish, qabul qilish va uning amal qilishi yo‘lidagi 10 ta huquqiy qadamni bu boradagi eng muhim tarixiy voqealar sifatida sanab o‘tish lozim. Zotan, Konstitutsiyani yaratish tarixi – bu mustaqillik uchun kurashning uzviy tarkibiy qismidir.
Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi birinchi huquqiy qadam – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishidir.
Bu haqda gap borganda, avvalambor, 1989 yilning 21 oktabr kuni qizg‘in bahs va tortishuvlardan so‘ng siyosiy-ma’naviy hayotimizdagi unutilmas hodisa amalga oshirilgani – milliy qadriyatlarimizning asosiy ustunlaridan biri bo‘lgan ona tilimizga davlat tili maqomi berilgani istiqlol tarixining eng yorqin sahifalaridan birini tashkil etishini alohida ta’kidlash o‘rinlidir.
“O‘z ona tilini bilmagan odam o‘zining shajarasini, o‘zining ildizini bilmaydigan, kelajagi yo‘q odam, kishi tilini bilmaydigan uning dilini ham bilmaydi, deb juda to‘g‘ri aytishadi”. “Har qaysi millat, katta yo kichikligidan qat’iy nazar, o‘z ona tilini hurmat qiladi”.
Birinchi Prezidentimizning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarlarida mustaqillik arafasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasida qanday qizg‘in, ba’zida keskin va murosasiz bahslar bo‘lib o‘tgani alohida eslab o‘tilgani bejiz emas.
Shunday qilib dastavval, “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunda mustahkamlangan muhim huquqiy qoidalar endilikda Asosiy Qonunimizning 4-moddasida quyidagicha muhrlab qo‘yildi:
“O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi”.

Yüklə 38,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin