Inson va fuqaroning
huquq va
erkinliklari
Inson va fuqaroning huquq va erkinliklari - insonga bekamu koʻst yashash imkoniyatini
beruvchi va iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy sohalarda oʻz imkoniyat va talablarining
amalga oshirilishini taʼminlovchi huquqiy maqom. Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish
Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asosidir. OʻzR Konstitutsiyasida qayd
etilgan huquq va erkinliklar: qonunlarning mazmuni va qoʻllanilishiga hamda qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi hokimiyat faoliyatiga bevosita taʼsir koʻrsatadi; Oʻzbekistonning har
bir fuqarosiga, uning jinsi, irqi, millati, tili, diniy eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, maslagi, shaxsiy
va ijtimoiy ahvolidan qatʼi nazar, inson huquqlari va erkinliklari buzilmasligini, sud yoʻli bilan
himoya qilinishini ka-folatlaydi. Konstitutsiya barcha fuqarolarning qonun oldida tengligiga
asoslangan holda, oʻzgalarning huquqlariga hurmat bilan qarash tamoyillarini, oʻzgalarning
qonuniy manfaatlarini, huquq va erkinliklarini buzish hisobiga oʻz huquq va erkinliklarini
roʻyobga chiqarishga yoʻl qoʻyilmaslikka, ijtimoiy adolat va hamjihatlikni taʼminlashga
qaratilgan. OʻzRda I. va f. h. va e. amalga oshirilishiga davlat kafolat beradi. Oʻz navbatida
respublika hududida yashovchi shaxslar Konsti-tutsiyada taʼkidlangan huquq va erkinliklarga,
xalqaro huquq meʼyorlariga rioya etishi zarur. Umum eʼtirof qilgan mazkur xalqaro meʼyoriy
manbalar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquklari umumjahon deklaratsi-yasi, Bola
huquqlari toʻgʻrisida konvensiya va OʻzR qoʻshilgan yana bir qator xalqaro hujjatlardir.
[1]
Soʻnggi tahrir 4 oylar avval
92.63.204.16
tomonidan amalga oshirildi
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Inson_va
_fuqaroning_huquq_va_erkinliklari&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Inson_va_fuqaroning_huquq_
va_erkinliklari&oldid=2359091
"
dan olindi
Manbalar